10-sinf Toshkent shahar Yunusobod tumani 288-maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Turdiyeva Dilfuza Qodirovna Maqsad



Yüklə 6,32 Mb.
tarix24.07.2023
ölçüsü6,32 Mb.
#137250
12.10.5 2021-04-06 12 30 25

Kimyo


1-laboratoriya ishi. Organik birikmalarning namunalari bilan tanishish va qiyoslash. Organik birikmalar tarkibida vodorod, uglerod va xlor borligini aniqlash.
10-sinf
Toshkent shahar
Yunusobod tumani
288-maktabning kimyo
fani o‘qituvchisi
Turdiyeva Dilfuza Qodirovna
Maqsad:
Organik birikmalar va anorganik birikmalarni qiyoslab, fizik xossalarni o‘rganish. Organik birikmalar tarkibida uglerod, vodorod va xlor elementlarini borligini amaliy tajribada bajarib, o‘rganish.
Jihozlar:
Quruq yoqilg‘i
Kuydirish qoshiqchalari
Shpatel
Laboratoriya shtativi
Chinni kosacha
Probirkalar shtativi bilan
Reaktivlar:
Parafin
Sirka kislota
Etil spirti
Saxaroza
Mis (II) oksid
Kraxmal
Mis kuporosi
Kalsiy gidroksid
Ishning bajarish tartibi:
1. Plastik taglikda berilgan organik birikmalar na’munalari bilan tanishish
etil spirti
saxaroza
parafin
sirka kislota
Organik birikmalarni noorganik birikmalar
bilan qiyoslash

Organik moddalar

Noorganik moddalar

Murakkab molekulyar tuzilishga ega

Nisbatan oddiy molekulyar tuzilishga ega

Suyuqlanish va parchalanish harorati nisbatan past

Juda kop hollarda yuqori suyuqlanish va parchalanish haroratiga ega

Odatda yuqori molekulyar massaga ega

Odatda quyi molekulyar massaga ega

Organik birikmalarni noorganik birikmalar
bilan qiyoslash

Organik moddalar

Noorganik moddalar

Molekulasi tarkibida uglerod va vodorod atomi mavjud

Molekulasi tarkibida uglerod va vodorod atomi saqlamasligi mumkin

Odatda tabiiy kelib chiqishga ega

Har doim ham tabiiy kelib chiqishga ega emas

Organik birikmalarni noorganik birikmalar bilan qiyoslash



Organik moddalar

Noorganik moddalar

Qutbsiz yoki qutbli kovalent bog tabiatiga ega

Qutbli kovalent yoki ion bog tabiatiga ega

Molekulyar kristall panjara turiga ega

Kristall tuzilishga ega

Uglerod-uglerod bog hosil qilish xususiyatiga ega

Bir xil atomlar ortasida bog hosil bolmaydi

Organik birikmalarni noorganik birikmalar bilan qiyoslash



Organik moddalar

Noorganik moddalar

Biosferaning asosiy qismini tashkil etadi

Olik tabiatning asosiy qismini tashkil etadi: atmosfera, litosfera, gidrosfera

18 mln turdagi birikmalari taqdim etilgan

100 ming turdagi birikmalari taqdim etilgan

Organik birikmalar tarkibida uglerod va
vodorodni aniqlash
Quruq probirkaga 1 gr mis (II) oksid CuO va0,5 gr organik modda (parafin) aralashtirib solinadi va probirka gaz o‘tkazuvchi nayli trubka bilan biriktirilib, ikkinchi uchi boshqa probirkadagi
taxminan 4—5 ml keladigan ohak suvi aralashmasiga botiriladi.
Organik birikmalar tarkibida uglerod va
vodorodni aniqlash
Birinchi probirka gorizontal holda ushlanib, spirt lampasida qizdiriladi. Qizdirish natijasida parafin mis (II) oksidi bilan oksidlanishi natijasida, CO2 gazi ajralib chiqa boshlaydi va ohak suvini loyqalantiradi. Bu reaksiya parafin tarkibida C borligini ko‘rsatadi.
Organik birikmalar tarkibida uglerod va
vodorodni aniqlash
Parafindagi vodorod hisobiga esa 1-probirka devorlarida suv tomchilari hosil bo‘ladi. Bu reaksiya kraxmalda vodorod borligini bildiradi.
Galogen borligini tez aniqlash uchun F. Beylshteyn usulidan foydalaniladi. Mis to‘rining uchi spirt alangasida mis (II) oksidning qora dog‘i bilan qoplanib qolguncha qizdiriladi.
Organik birikmalar tarkibida xlorni aniqlash
So‘ngra sim sovitiladi, uchi analiz qilinayotgan moddaga botiriladi va yana spirt alangasiga tutiladi. Agar birikmada galogen (xlor) bo‘lsa, alanga chiroyli yashil rangda yonadi.
Organik birikmalar tarkibida xlorni aniqlash
Mustaqil bajarish uchun topshiriq
Amaliyotda ko‘rgan tajribalarni bajarish tartibida ketma-ket xulosalab, jadvalni to‘ldiring, organik va anorganik birikmalarning asosiy farqlarini yozing va quyidagi savollarga javob bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq
Savollar:
  • Namuna tarkibida vodorod atomi mavjudligini qanday isbotladingiz.
  • Oxakli suvni loyqalanishi qaysi elementning mavjudligidan dalolat beradi? Reaksiya tenglamasini keltiring.
  • Qaysi element hisobiga alanga yashil rangga bo‘yaladi?
  • Tetraxlormetan strukturasini yozing.

Yüklə 6,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin