Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish beruvchi) bilan ishga yollangan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir. Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir:
mulkdorlar(aksiyadorlar);
boshqaruvchilar (menejerlar);
korxona personali (jismoniy shaxslar).
Mulkdorlar (aksiyadorlar) — birkishiyokiaksiyalarningtegishliqismigaegaguruhbo’lishimumkin. Ularningasosiymaqsadifoyda (dividend) olishdaniborat. Mulkdorlarkorxonanio’zimustaqilboshqarishiyokiboshqarishhuquqiniyollaganboshqaruvchi, (menejer)gaberishimumkin. Boshqaruvchilar (menejerlar) — ular kompaniya, uning tarkibiy bo’linmasiga rahbarlik qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan berilgan maqomga bog’liqdir. Menejerlar yuqori, o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari toifalariga gbo’linadi. Yuqori bo’g’in boshqaruvchisi (Tor management) — bu toifa rahbarlariga kompaniya va firmalar prezidentlari, boshqa ijrochi direktorlar, ularning o’rinbosarlari, boshqaruv organlari a’zolari kiradi. O’rta bo’g’in rahbarlari — (Middle management) korxona mustaqil boshqarma va bo’limlari rahbarlari hisoblanadi. Quyi bo’g’in rahbarlari (Loves management) — guruhlar, brigada rahbarlari, ustalardan iboratdir. Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o’z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga bo’linadi. Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz ishchilarga bo’linadi. Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq: —asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar; —yordamchi (bevosita ishlab chiqarishda band bo’lmagan) ishchilargabo’linadi. Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, mavsumiy xodimlarga ajratiladi. Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro bo’ysunuvchi tarkibidir. Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiradi. Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir. Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi. Shtatlar tuzilmasida bo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati. mansab maoshlari va ish haqi miqdori aks etadi.
12-variant
Personalni boshqarish tizimining asosiy vazifalari.
Boshqaruv vazifalari atrof-muhit omillari bilan bir qatorda personalni boshqarishning muayyan chegaralarini tashkil etadi. Personal bilan hamkorlik xodimlarni izlash va ularni korxonadagi ish joylariga taqsimlashdan boshlanadi. Bu ko’pgina tashqi va ichki ijtimoiy, ma’naviy, texnik-texnologik, iqtisodiy omillar bilan bog’liqdir: - mehnat munosabatlarining huquqiy shartlari va me’yorlari; - korxona va uning sheriklarining ijtimoiy tarkibi; - ishlab chiqarishni tashkil etish va uning texnologiyasi; - logistika; - xo’jalik faoliyati tamoyillari, ishchanlik faolligi konsepsiyasi, tadbirkorlikka munosabat; - korxona bo’linmalarining tadbirkorlik faoliyati, ular mustaqilligining darajasi; - korxonani boshqarishning tashkiliy tuzilmasi. Mehnat jarayoniningsamaradorligi turli sharoitlarga bog’liq holda uning qatnashchilari faolligi bilan belgilanadi. Bu sharoitlarni bilish xodimlar ishchanlik faolligiga ta’sir o’tkazish imkonini beradi.
Xodimlarni boshqarishda mehnat munosabatlari etikasi