5-topshiriq savollari



Yüklə 63,47 Kb.
səhifə1/7
tarix26.01.2023
ölçüsü63,47 Kb.
#80904
  1   2   3   4   5   6   7

5-topshiriq savollari.
1. O`zbekistonning davlat mustaqilligining e`lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. 1991-yil 29-dekabrdagi referendum va umumxalq tomonidan O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining ma`qullanishi.
2. I.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi. Siyosiy islohotlar.
3. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari. Ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi. O`zbekiston parlamenti. Ikki palatali parlament.
4. Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqaruv organlari. Millatlararo tinchlik va totuvlik. Axborot tizimini erkinlashtirish.
5. Taraqqiyotning “O`zbek modeli”. Xususiylashtirish. Iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy o`zgarishlar. Agrar islohotlar. Iqtisodiy barqarorlikning ta`minlanishi. Kuchli ijtimoiy siyosat.
6. Ma`naviy qadriyatlarning tiklanishi. “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Ilm-fanning rivojlanishi. Madaniyat va san`at. Jismoniy tarbiya va sport.
7. BMT, YEXHT bilan hamkorlikning yo`lga qo`yilishi. Shanxay xamkorlik tashkiloti va O`zbekiston. O`zbekiston va MDH.
8. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirilishi.
9. 2017-2021 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi.


1. XX asrning 80-yillari oxirida ―O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti‖da yaqqol o`zgarishlar ko‗zga tashlana boshladi. Odamlar xilma xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniga ega bo`la boshladilar. O`zbek xalqining dilidagi g‘oya-mustaqillik g‘oyasi edi, xalq mana shu g‘oyani ko`tarib chiqdi Mustaqillik uchun harakatda yangi to`lqin boshlandi. Tarix taqozosi bilan elim, yurtim deb yonib yashab o‗tgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovdek fidoyi insonning O`zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga 1989 yilda saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berishiga olib keldi, adolat tiklandi. O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov xalq xoxish-irodasini bajarib, o`zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi 1989 yil 28 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o`zbek tili to`la amal qilishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo`ldi 1990-yillarning boshlariga kelib O`zbekistonda xalqning mustaqillika erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo`lib qoldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, ―Zo`rovonlikka asoslangan, ma‗muriy-buyruq bozlikka xos bo`lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladi mi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdagi respublikalar suvereniteti ta‗minlanadimi degan masala dolzarb bo`lib qoldi Ikkinchi tomondan, o`shadavrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to`g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tabora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi. 1990 yil boshida O`zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko`tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, millatlar aro va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko`maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o`tishni bildirar edi. Alohida shuni ta‗kidlash kerakki, o`sha kezlari keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabxalarda ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish,fuqarolar huquqlarini ximoya qiluvchi barcha muassasalarini nazorat qilish masalalari ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi. Shu ob‗ektiv holatni xisobga olib, 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi O`zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta‗sis etish to`g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O`zbekistonning Prezidenti etib saylash to`g‘risida qaror qabul qildi. O`zbekistonda Prezident lavozimining ta‗sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo`yilgan dadil kadamlaridan ikkinchisi edi. O`zbekistonning mustaqillika erishishda qo`yilgan navbatdagi muhim qadam 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qo`yildi. Sessiyada O`zbekistonning ―Mustaqillik Deklaratsiyasi‖ qabul qilindi va uning kirish qismida qo`yidagicha yozib qo`yildi: ―O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o`zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‗analari, har bir millatning taqdirini o`zi belgilash huquqini ta‗minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O`zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas‗uliyatni chuqur xis etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‗lon qiladi,‖. Sessiya qabul qilgan bu ―Mustaqillik Deklaratsiyasi‖ xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan boshlab respublikada O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O`zbekiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari dadil qadam quyaverdi. 1991 yil 17 martda umumxalq referendumi o`tkazildi. Referendumda O`zbekiston xalqining mutloq ko`pchiligi O`zbekistonni mustaqil respublika sifatida qo`rish xoxishi borligi namoyon bo`ldi. O`zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. Xususan, 1991 yil 15 fevralida O`zbekiston Oliy Kengashi ―O`zbekistonning davlat ramzlari to`g‘risida‖ maxsus qaror qabul qildi. O`zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jixatidan sobik Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi.
Jumladan, 1991 yil 22 iyulida O`zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining ―O`zbekiston hududida joylashgan Ittifoqqa bo‗ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarni O`zbekistonning huquqiy tobeligiga o`tkazish‖ to`g‘risidagi qarori, O`zbekistonning milliy suvurenititeti uchun tashlangan qadamlar dalilidir. 80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib sobik SSSR ning ijtimoiy-siyosiy holatida inqirozli holat tobora kuchaydi. Bu holat ayniqsa, ko`pchilikrespublikalarning ittifoq tarkibidan chiqish, o`z-o`zini belgilash, huquqini berish, Markazning siyosiy-iqtisodiy, harbiy va tashqi siyosiy sohalardagi rolini qayta ko`rish kabi talablarning xaqli ravishda qo`yilishida aksini topdi. lekin, markaziy rahbariyat xalqlar va ittifoqchi respublikalar siyosiy rahbariyatining chinakam mustaqillikka intilishi bilan hisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltiqbo`yi respublikalarning ittifoq tarkibidan chiqib ketish, O`zbekistonda, keyinchalik esa boshqa respublikalarda ham prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va bu respublikalar tomonidan suverenitet to`g‘risidagi Deklaratsiyalarning qabul qiliniishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko`rsatganligida ham ko`rish mumkin. Lekin, ba‗ribir harakatga kelgan inqiroziy holatni endi to`xtatib bo`lmas edi. Shu sababdan ham, davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan partiyadavlati rahbariyati 1990 yilning kuzida ittifoq markazi va respublikalar o`rtasidagi munosabatlarni yangi holatga o`tkazish maqsadida mo`zokara jarayonini boshlashga majbur bo`ldi. Chunki, SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yo`lini topa olmay qolgan edi. o`shayillar ittifoq bo`yicha prezidentlik lavozimini egallab turgan M.Gorbachev mamlakatni tanazuldan olib chiqish yo`lidaboshini qaysi eshiklarga urmadi. Ghx jadallashtirish kontseptsiyasini uylab topdi, goh fan-texnika taraqqiyoti deb butun mamlakatni alg‘ov-dalg‘ob qildi Undan natija chiqmagach, agrosanoat kompleksining qayta qurish rejalarini ishlab chiqdi. Shundan so`ng kadrlar siyosati masalasini ko`tardi. U o`zini qayokka urmasin, harakatlari samarasiz bo`laverdi. Bora-bora, eng muhimi-inson omili ekanligini tushundi, Biroq endi kech bo`lib qolgan, g‘isht qolipdan ko`chgan edi. 1990 yil oxirlariga kelib Boltiqbo`yi mamlakatlari mustaqillik to`g‘risidagi talabalrni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga kundalang qilib qo`yganlaridan so`ng Prezident M. Gorbachev bir guruhi deputatlar va rahbarlar bilan vaziyatni urganish, aniqrog‘i, tazyiq qilish, ta‗sirini o`tkazish maqsadida Boltiqbo`yiga bordi. Guruhi tarkibida O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov ham bor edi. U yerda I.Karimov haqiqat bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda katta qat‗iyat va favqulodda jur‗at bilan munosabatini bildirdi: Komissiya ishini yakunlamasdanoq Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo`llab-quvvatlovchi guruhni ham tashlab, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo`yi xalqlarinining talablari qonuniy ekanligi, mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy haqiqat, inson haq-huquqlarinining tanttanasi ekanligini oshkora namoyon qildi Haqiqatdan ham, ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma‗naviy taraqqiyot to`g‘risida gap bo`lishi ham mumkin emas edi. 1991 yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning yyechimini topish o`ta mushkul bo`lib qoldi Shu vaziyatdan foydalanib 19-21 avgust kunlari Moskvada davlat tuntarishi qilishga o`rinib ko`rildi. Favqullodda holat davlat qo`mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zo`ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi. Ana shunday og‘ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O`zbekiston rahbariyati korxona va xo`jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da‗vat qildilar. Ayniqsa, Birinchi Prezident Islom Karimovning bo`layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning xalqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat o`rtasida sog‘lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi. Hindiston safaridan qaytgan O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bo`lgan uchrashuvda qat‗iyatlik bilan O`zbekiston nuqtai nazarini ma‗lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo`lgan har qanday ko`rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda O`zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O`zbekiston SSR Prezidenti xo`zuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo`shma majlisi bo`ldi Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O`zbekistonning mustaqillikka erishish yo`li o`zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O`zbekiston Mustaqillik Deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish yo`lidaboraveradi, deb ko`rsatildi. o`shakuni O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O`zbekistonning mustaqilligiga erishish yo`li qat‗iy ekanligini yana bir bor alohida o`qtirdi. Shunday og‘ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to`g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O`zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O`zbekiston davlat mustaqilligi to`g‘risida qonun loyixasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qoror qildi 1991 yilning 31 avgustida O`zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashqari oltinchi sessiyasi ―O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e‗lon qilish to`g‘risida‖ qaror qabul qildi, tegishli Bayonot bilan chiqdi va ―O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to`g‘risida‖gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal bo`lgan bu hujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi:u o`ztakdirini o`zi hal qiladigan bo`ldi; O`z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch qudratning to`la huquqli egasiga aylandi; buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar an‗analarning davomchisi, porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo`ldi; ―O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e‗lon qilish to`g‘risida‖gi qarorda ―1 sentyabr‗ O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e‗lon qilinsin‖, - deb qat‗iy belgilab qo`yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‗yobga chiqdi uzoq yillar davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo haritasida yana bitta mustaqil davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi O`zbekiston tarixida yangi davr milliy istiqlol davri boshlandi. O`zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, xalqimiz uchun taqdirini o`zi belgilash, o`zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi. O`zbekiston musttaqilligi mamlakat xalqi tomonidan zo`r quvonch va mamnuniyat bilan kutib olindi.
1991 yil 29 dekabrda o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasining referendumi yakunlaridan ham yaqqol ko`rib olish mumkin. Umumxalq referendumida 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro`yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. O`zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e‗lon qilinishini yoqlab 9 million 718 ming 155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Demak, O`zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma‗qullandi. O`sha, 1991 yilning 29 dekabrida xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so`ng mustaqillik ramzi sifatida birinchi marta umumxalq xoxish-irodasi bilan mustaqil O`zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. O`zbekiston Prezidenti saylovi O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sesiyasida qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g‘risida‖gi qonun asosida o`tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u birinchi marta muqobillik asosida o`tdi, ya‗ni Oliy lavozimga ikki nomzod - O`zbekiston XDP va O`zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I.A.Karimov va ―Erk‖ Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solix ) nomzodi qo`yildi. Saylovlar yakuniga ko`ra 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi I.Karimov nomzodini 1million 220 ming saylovchi ( 12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asoslanib Islom Abdug‘anievich Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi, vazifasini bajarishga kirishar ekan, I.Karimov O`zbekiston Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bo`lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi 1995 yil 26 martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha o`zaytirildi. O`zbekiston Respublikasining oliy Majlisi tarixan qisqa vaqt ichida jamiyatda tubdan o`zgarishlar, huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish, turmushda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilganligi va ana shu keng miqyosli islohotlarni o`zluksiz davom ettirish maqsadida Birinchi Prezident I.A.Karimov vakolatini o`zaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o`tkazishga qaror qilgan edi. o`tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy - ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. 2000 yil 9 yanvarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yana bir unitilmas tarixiy voqea bo`lib o`tdi. 11 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000 yil 9 yanvar kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bagishlandi. Majlisda qayd etilganidek 2000 yil 9 yanvari mustaqil O`zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo`lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta‗sir ko`rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi O`zbekiston fuqarolarining aksariyati hozirga davlat boshlig‘ining rahbarligi ostida va tashabbusiga ko`ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoy-iqtisodiy o`zgarishlar qo`llab-quvvatlangan holda Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bo`lib o`tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o`tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular xoxish-irodasiga binoan, o`zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz bu hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bo`lishi uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining yanada erkinlashtirliishiga zamin hozirladi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov Komissiyasi okrug saylov komiissiyalaridan kelgan bayonnomalar asosida 9 yanvarda bo`lib o`tgan saylovda ro`yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etganligini, bu esa ro`yxatga olingan saylovchilarning umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etishini ma‗lum qildi Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan I.Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylochi ovoz berdi. O`zbekiston Respublikasining ―O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g‘risida‖gi Qonunining 35-moddasiga muvofik, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘anievich Karimovning O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to`g‘risida qaror qabul qildi. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda O`zbekiston Oliy Kengashi ―O`zbekistonning davlat ramzlari to`g‘risida‖ maxsus qaror qabul qildi O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach jahon xalqaro talablar va me‗yorlar doirasida qiyofasini ko`rsatmog‘i, buning uchun esa jahon butun imkoniyatlarini, o`zigaxos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo`lmog‘i lozim edi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo`lib o`tgan VIII sessiyasi ‖O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to`g‘risida‖ qonun qabul qildi O`zbekiston Respublikasining davlat bayrg‘gi va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo`lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo`lgan eng yaxshi an‗analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo`lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi o`zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog‘i yurtimizning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir. 1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida ―O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to`g‘risida‖ Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma‗noga ega. O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992 yil dekabrda bo`lib o`tgan XI sessiyasi tomonidan O`zbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo`ldi Shu sessiyada ―O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g‘risida‖gi Qonun ham qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi. O`zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so`m muomalaga kiritildi. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to`g‘risida Birinchi Prezident I.Karimov: - ―Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir!‖ – degan edi.


2. 1991 yil 29 dekabrda o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasining referendumi yakunlaridan ham yaqqol ko`rib olish mumkin. Umumxalq referendumida 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro`yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. O`zbekiston Respublikasining mustaqil davlat deb e‗lon qilinishini yoqlab 9 million 718 ming 155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Demak, O`zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma‗qullandi. O`sha, 1991 yilning 29 dekabrida xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so`ng mustaqillik ramzi sifatida birinchi marta umumxalq xoxish-irodasi bilan mustaqil O`zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. O`zbekiston Prezidenti saylovi O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sesiyasida qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g‘risida‖gi qonun asosida o`tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u birinchi marta muqobillik asosida o`tdi, ya‗ni Oliy lavozimga ikki nomzod - O`zbekiston XDP va O`zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I.A.Karimov va ―Erk‖ Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solix ) nomzodi qo`yildi. Saylovlar yakuniga ko`ra 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi I.Karimov nomzodini 1million 220 ming saylovchi ( 12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asoslanib Islom Abdug‘anievich Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi, vazifasini bajarishga kirishar ekan, I.Karimov O`zbekiston Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bo`lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi 1995 yil 26 martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha o`zaytirildi. O`zbekiston Respublikasining oliy Majlisi tarixan qisqa vaqt ichida jamiyatda tubdan o`zgarishlar, huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish, turmushda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilganligi va ana shu keng miqyosli islohotlarni o`zluksiz davom ettirish maqsadida Birinchi Prezident I.A.Karimov vakolatini o`zaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o`tkazishga qaror qilgan edi. o`tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy - ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. 2000 yil 9 yanvarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yana bir unitilmas tarixiy voqea bo`lib o`tdi. 11 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000 yil 9 yanvar kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Prezidenti saylovi natijalariga bagishlandi. Majlisda qayd etilganidek 2000 yil 9 yanvari mustaqil O`zbekistonimiz tarixida asrlar tutashgan paytda sodir bo`lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga jiddiy ta‗sir ko`rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi O`zbekiston fuqarolarining aksariyati hozirga davlat boshlig‘ining rahbarligi ostida va tashabbusiga ko`ra amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoy-iqtisodiy o`zgarishlar qo`llab-quvvatlangan holda Islom Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bo`lib o`tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o`tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular xoxish-irodasiga binoan, o`zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz bu hol jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bo`lishi uchun katta turtki berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining yanada erkinlashtirliishiga zamin hozirladi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov Komissiyasi okrug saylov komiissiyalaridan kelgan bayonnomalar asosida 9 yanvarda bo`lib o`tgan saylovda ro`yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etganligini, bu esa ro`yxatga olingan saylovchilarning umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etishini ma‗lum qildi Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan I.Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,17 foiz saylochi ovoz berdi. O`zbekiston Respublikasining ―O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g‘risida‖gi Qonunining 35-moddasiga muvofik, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘anievich Karimovning O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to`g‘risida qaror qabul qildi. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda O`zbekiston Oliy Kengashi ―O`zbekistonning davlat ramzlari to`g‘risida‖ maxsus qaror qabul qildi O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach jahon xalqaro talablar va me‗yorlar doirasida qiyofasini ko`rsatmog‘i, buning uchun esa jahon butun imkoniyatlarini, o`zigaxos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo`lmog‘i lozim edi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo`lib o`tgan VIII sessiyasi ‖O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to`g‘risida‖ qonun qabul qildi O`zbekiston Respublikasining davlat bayrg‘gi va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo`lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo`lgan eng yaxshi an‗analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo`lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi o`zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog‘i yurtimizning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir. 1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida ―O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to`g‘risida‖ Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma‗noga ega. O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992 yil dekabrda bo`lib o`tgan XI sessiyasi tomonidan O`zbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo`ldi Shu sessiyada ―O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g‘risida‖gi Qonun ham qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi. O`zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so`m muomalaga kiritildi. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to`g‘risida Birinchi Prezident I.Karimov: - ―Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir!‖ – degan edi.

3. Birinchi Prezident I.Karimov jahon ―O`zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo`li‖ nomli kitobida ―...Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarning tuzilmasini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo`yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish mumkin‖, - deb takidlagan edi. Ma‗lumki, 1990 yilda O`zbekistonning yangi tarkibdagi Oliy Kengashi O`zbekistonning mustaqilligini ta‗minlashga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo`lidan bordi va uni qadamma-qadam shakllantirishni boshlangan edi. Xususan, Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor Prezident sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini, O`zbekistonning davlat mustaqilligi asoslari to`g‘risida konstitutsiyaviy qonunni va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. O`zbekiston Konstitutsiyasining XVIII bobi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirishga bag‘ishlangan va uning 76-moddasida: ―O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatini amalga oshiradi‖, - deb mustahkamlab qo`yilgan. 1994 yil 25 dekabrda Oliy Majlisga saylovlar o`tkazildi va unga 250 deputat saylandi. 1995 yil fevralida bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasinig Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Birinchi Prezident I.Karimov ―O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari‖ to`g‘risida keng qamrovli ma‗ruza qildi, Birinchi Prezident ma‗ruzasida: - ―Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishining jahondagi eng demokratik tizimlaridan biri tashkil etildi. O`zbekiston Parlamenti-Oliy Majlis ilk marta ko`ppartiyaviylik asosida saylandi‖, - dedi. Insoniyat tarixidan ma‗lumki, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv o`shadavlat Konstitutsiyasida ko`zda tutilgandek, uning tub maqsadlariga mos bo`lishi kerak.. Buni O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi ijtimoiy hayot ham taqozo qila boshladi. O`zbekistonda prezidentlik instituti o`rnatilgan dastlabki davrda Vazirlar Kengashi ijroiya hokimiyati sifatidagi huquqiy maqomini va vakolatlarini saqlab qolgan edi. Respublikada demokratik jamiyat qurish borasida boshqaruv idoralari tabora takomilashib bordi. Xususan, yangi jamiyat qurish borasida tajribalar ortishi bilan Prezidentlik boshqaruvi ham rivoj topib bordi. Bu borada 1990-1992 yillarda amalga oshirilgan ishlarni misol qilish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasida: ―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti O`zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Maxkamasining Raisi hisoblanadi‖, deb qayd qilinadi. Konstitutsiyada ko`zda tutilganidek O`zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati Prezidentlik hokimiyati va Vazirlar Maxkamasidan iborat Respublika Prezidenti qoshida ijro etuvchi hokimiyat devoni tuzilgan bo`lib, unga Prezident rahbarlik qiladi. Vazirlar Maxkamasi Prezident tomonidan tuziladi va Respublika Parlamenti tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Maxkamasiga Prezident Raislik qiladi. Jahon davlatchiligi tarixi jamiyatning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishi kabi inqilobiy o`zgarishlar jarayonini ko`pko`rgan. Ana shunday murakkab sharoitda turli davlatlar turlicha yo`l to`tishgan. Biroq tajriba shuni ko`rsatadiki, tub burilish paytida kuchli ijro hokimiyatini vujudga keltirish, boshqaruv tizginini bir kishi qo`lida mahkam to`tishi zarur ekan, Aniqroq qilib fan tili bilan aytganda, davlat rahbari ayni paytda ijro hokimiyatining rahbari ham bo`lmog‘i lozim. Ba‗zilar kuchli ijroiya hokimiyati diktatura va zo`ravonlikni keltirib chiqaradi, tashabbuslarni bo`g‘ib tashlaydi, erkin fikr va ijodiy g‘ayratni sundiradi, deyishadi. Birinchi Prezident I.Karimov esa kuchli ijroiya hokimiyatini jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlar, yangicha tafakkur, tashabbus va islohchilik faoliyatini o`tmish illatlaridan, boqimandalik, sustkashlik va tekinxo`rlik kasalligidan asrash, qonunning to`la quvvat bilan ishlashini ta‗minlash zaruriyati deb tushunadi. Birinchi Prezident I.Karimov tasavvurida kuchli ijroya hokimiyati, eng avvalo qonunlar va boshqa aktlarning to`la ijro etilishini ta‗minlash, ikkinchidan, boshqaruv organining o`zi ham amaldagi qonunlarga bo‗ysunib, ular doirasida faoliyat ko`rsatishi demakdir. Birinchi Prezident Islom Karimovning Prezidentlik lavozimidagi faoliyatni sinchkovlik bilan kuzatib, ―Agar ogoh sen...‖ kitobida taniqli jurnalist, siyosatshunos olim Narzulla Jo`raev keltirgan xulosalar kitobxonni befarq qoldirmaydi. ―Ayrim muholiflarimiz, - deb qayd qiladi, muallif asarida, - Birinchi Prezident Islom Karimovni yakka hokimlikda, boshqaruv organlarining asosiy bug‘inlarini vakolatiga olganlikda ayblashadi. Darhaqiqat u Respublika Prezidenti va ayni paytda mamlakat Vazirlar Maxkamasining ham raisi. Ana shu nuqtai nazardan muholiflar mamlakatda Parlamentar-Respublika boshqaruvi joriy etilishi tarafdori bulishmoqda. Biroq bu bir yoqlama gap va tarixiy tajribani bilmaslik oqibati. Ularning fikricha boshqaruvning Prezidentlik-Respublika shakli totalitar tuzumiga olib kelar emish‖. Boshqaruvning Prezidentlik Respublika usuli nima? Prezidentlik - Respublika boshqaruvida, eng muhimi hokimiyat bo`linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya‗ni, qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati bir-biriga dahlsiz holda ish olib boradi. PrezidentlikRespublika boshqaruvida ijro hokimiyati Prezident qo`lida bo`ladi. Bu usul imkoniyatlarini dunyo tan olgan. O`z-o`zidan savol tug‘iladi: Nima uchun Birinchi Prezident Islom Karimov boshqaruvning aynan shu yo`lini tanladi? Bu masalaning ikki tomoni bor: Birinchidan, azaldan Sharqda davlat qanchalik demokratiyaga keng imkoniyat yaratib bergan bo`lmasin, kuchli hokimiyat mavjud bo`lgan. Eng ulug‘ va adolatpesha davlat boshlig‘ining bir qo`lida qilich, ikkinchisida ma‗rifat bo`lgan. Qilich hamma vaqt ham ishga solinmagan, u tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Aks holda, har qanday hokimiyat anarxiyaga aylanib ketishi mumkin. Ikkinchidan, boshqaruvning Parlamentar - Respublika usulida Prezident Parlament yig‘ilishida uning a‗zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik - Respublika boshqaruvida esa umumxalq saylovi yo`li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda Prezident vakolatini Parlamentning sanoqli a‗zolaridan emas, keng xalq ommasidan oladi. O`zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda sud hokimiyatini shakllantirsh muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mamlakatda mustaqillik yillarida sud islohotlarini izchillik bilan o`tkazishga alohida e‗tibor berildi. Oliy Majlisning 1995 yil fevralda bo`lib o`tgan birinchi, 1995 yil dekabrda bo`lgan IV va 1996 yil avgustda bo`lgan VI sessiyalarida sud hokimiyati uchinchi, mustaqil hokimiyat tarmog‘i ekanligi, odil sudlov tizimini shakllantirish va demokratiyalashtirish lozimligi ko`rsatildi. Oliy Majlisning VI sessiyasida Birinchi Prezident Islom Karimov ―Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatining uchinchi, mustaqil va qaram bo`lmagan tarmog‘i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish-huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim yo`nalishidir... Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini ximoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatdan ham mustaqil bo`lib qolishi lozim‖, - dedi. O`zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O`zbekiston Resublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, shu muddatga saylanadigan viloyat sudlari, tuman, shahar xo`jalik sudlaridan iborat. 1996 yildan boshlab sud islohotlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Oliy majlisning 1996 yil 26 dekabrda bo`lgan VII sessiyasida Jinoyat kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodekslariga jiddiy o`zgarishlar kiritildi. Sud hokimiyati Konstitutsiya va xalq tomonidan sudga berilgan jinoyat, fuqoralik va ma‗muriy hamda xo`jalik ishlari bo`yicha huquq va adolat, qonun ustivorligi tamoyiliga amal qilish, topshirilgan ish uchun javobgarlik asosida odil sudlovni amalga oshirish imkonini beruvchi vakolatlar majmuidir. O`zbekiston mustaqilligi yillarida hokimiyat organlari tubdan isloh qilindi. Bu tizim tarkibiga viloyat, tuman, shaharcha, shaharlar tarkibidagi tuman, shahar, qishloq, posyolka doirasidagi hokimiyat muassasalari majmui kiradi. Milliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chiqqan holda va ―O`zbekiston Respublikasi hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to`g‘risida‖gi Qonunga mavofiq viloyat, shahar va tumanlarda hokim lavozimi ta‗sis etildi. Viloyat, tuman, shahar hokimi hududning oliy mansabdor shaxsi sifatida tegishli hudud ijroiya hokimiyatini boshqaradigan bo`ldi. O`zbekistonda o`zini-o`zi boshqarish organlarini tashkil etishga katta e‗tibor berildi. O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z-o`zini boqarish organlarini to`zish tartiblari belgilab berilgan. Konstitutsiyaning 105-moddasida shaharlardagi mahallalarda hamda shaharcha, qishloq va 1 Jo‗raev N. Agar ogoh sen ... Portretga chizgilar. siyosiy esse. - T.,: ― Yozuvchi‖, 1998, 48-bet. ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o`zini-o`zi boshqarish organlari hisoblanadi, deb belgilab qo`yilgan.fuqarolarning yig‘inlarida ikki yarim yil muddatga mahalla raisi ( oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylanadi. Markaziy Osiyo mintaqasi va musulmon sharqida davlat qurilishi va boshqaruv tajribasi o`zigaxos xususiyatlarga va o`ziga xos an‗analarga ega. Sharqda qadimdan ijtimoiy-siyosiy hayotda mahallalarning roli salmoqli bo`lgan. Mahalla azaldan Markaziy Osiyodagi shaharlar ichidagi, hududiy birlik bo`lib, u bizga o`tmish dan meros bo`lib qolgan. Mahalla; - o`z-o`zini boshqarishning asosiy bug‘ini. U aholining ijtimoiy masalalarini xal etishda muhim rol o`ynaydi. Mahallachilik uzoq an‗analarga va xalqimiz tarixiga, uning boy ma‗naviy-axloqiy udumlariga bog‘liq bo`lgan o`lkan hayot maktabidir. Mamlakatimizda Mahallalarni tashkil etishga homiylik qilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika ―Mahalla‖ xayriya jamg‘armasini tashkil etish to`g‘risidagi 1992 yil 12 sentyabrdagi hamda mamlakat ―Mahalla‖ xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to`g‘risidagi 1992 yil 8 Oktyabrdagi farmonlari katta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`ldi.

4. O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin umumbashariy jahon sivilizatsiyasining katta yo‗liga tushib oldi. Turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xox Amerika yoki Germaniyada bo`lsin, xox Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo`lsin, baribir umumiy qonunlar bo`yicha rivojlanib borgan holda har biri jahon o`zigaxos xususiyatlariga ham ega bo`lgan. Bu xususiyatlar xo`jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqlimi, milliy rasm-rusumlari, an‗analari va milliy harakteri orqali belgilanadi. O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tishning yo`li ishlab chiqildi Bu yo`lning asosiy qoidalari Birinchi Prezident I.Karimovning ―O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`zigaxos yo`li‖ nomli asarida, respublika parlamentida qilgan ma‗ruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo`lga , birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, respublikaning xo`jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, yakka hokimlik tizimidan meros bo`lib qolgan muammolar hisobga olindi. Bizga sobiq Ittifoqdan murt, zaif, bir yoqlama rivojlangan, paxta yakka hokimligi va boy mineral-xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot meros bo`lib qolgan edi. Iqtisodiy rivojlanishning xom ashyoviy yo`nalishini, xom ashyoni oddiy-sodda qayta ishlash quvvatlarining ibtidoiy darajasini ishlab chiqarishning chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskuna va butluvchi qismlarga butkul qaramligini hisobga olsak, bu og‘ir merosning noqobil jihatlari yanada yorqin namoyon bo`ladi. Bu og‘ir merosning yana bir xususiyati - respublikaning yoqilg‘i va g‘alla masalasida markazga qaramligida, un, shakar, gusht, sut mahsulotlari kabi eng muhim oziq-ovqat mollarining, boshqa xalq iste‗moli tovarlarining, tayyor mahsulotlarning chetdan olib kelishlarida yaqqol ko`rinadi. Mamlakatimizdan katta miqdordagi yetishtirilgan paxta xosilining aksariyat hajmi moddiy boylik suv-tekinga tashib ketilar edi. Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida o`ta haridorgir bo`lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O`zbekiston xazinasiga tushmas edi. Bunday vaziyat respublikada o`tkir ijtimoiy, ekologik muammolar hal etilmayotgan, nufo`zi jadal sur‗atda o`sib borayotgan, aholi turmush darajasi jihatidan sobiq SSSRda eng oxirgi o`rinlardan birida turgan paytda ro`y berayotgani ayniqsa, achinarli edi. Masalan, 1990 yilda Rossiya va Ukrainada 30 foiz aholining daromadi tirikchilik o`tkazish uchun zarur bo`lgan eng qo`yi darajadan kam bo`lgan bo`lsa, O`zbekistonda aholining 70 foizi shunday ahvolda yashardi. Shunday ulkan salohiyatga ega bo`lgan mamlakatni kamsitadigan og‘ir axvolga solib qo`yib, u qonuniy xaqli ravishda o`zigaqarashli bo`lgan mablag‘ni markazdan dotatsiya sifatida so`rab, aytishi mumkin-ki, yolvorib olishga majbur bo`lgan edi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda ana shunday vaziyat inobatga olindi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`lini belgilashda mamlakatimizning tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlari, xususiyatlari, an‗analari va manfaatlari hisobga olindi. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, davlatchiligini qo`lgakiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qaerda yengil va osonlikcha bo`lmagan. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat taraqqiyot yo`lini izlaydi. Yangi jamiyat barpo etishda andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o`rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e‗tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etadi. Dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yo`lining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya modellari va boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning tajribasi ham shuni ko`rsatadi. Ikkinchi jahon urushdan keyin Yevropa mamlakatlari va Yaponiya xalq xo`ligini qayta tiklash ham buning amaliy namunasidir. O`zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to`plangan va respublika sharoitiga tadbiq qilsa bo`ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan samarali foydalandi. Gap biron bir modelni, Hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham ko`r-ko`rona ko`chirib olish to`g‘risida borayotgani yo`q. Aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo`ljallangan bo`lsa, o`shamamlakatning o`ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi.


5. Jahon va o`zimizning amaliyotimizdan olingan umumiy tajribani rad etmagan holda O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`lini tanlab olish qat‗iy pozitsiyasida turdi. Bu yo`lni Birinchi Prezident I.Karimov - 1993 yildayoq quyidagicha ta‗riflagan edi: ―O`zbekiston uchun o`zi tanlab olgan yo`l ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko`pdarajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir. Ayni mana shunday yo`l O`zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an‗analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma‗naviy, axloqiy kamol topishini ta‗minlashi mumkin‖. Birinchi Prezident I.Karimov mamlakatning dastlabki yillaridagi rivojlanish jarayonlarini chuqr tahlil qilib, O`zbekistonda milliy davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o`zagi sifatida quyidagi beshta asosiy tamoyilni o`rtaga qo`ydi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafko`raga bo`ysundirilishi ham mumkin emas. Buning ma‗nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafko`radan holi qilish kerak; Ikkinchidan, o`tish davrida davlat bosh islohotchi bo`lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi, o`zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchilliik bilan o`tkazishi shart; Uchinchidan, qonunlarga rioya 4 Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafko`ra. t.1.- T., ―O`zbekiston‖, 1996, 290-bet. etish ustuvor bo`lishi lozim. Buning ma‗nosi shuki, demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz, hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim; To`rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat o`tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy ximoyalash yuzasidan oldindan ta‗sirchan choralar ko`rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo`lidagi eng dolzarb vazifa bo`lib keldi va bundan keyin ham shunday bo`lib qoladi ; Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tishda ob‗ektiv iqtisodiy qonunlar talabalari hisobga olingan holda, yaqin o`tmishimizdagi ―inqilobiy sakrash‖larsiz ya‗ni evolyutsion yo`l bilan puxta o`ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Ana shu muhim qoidalar O`zbekistonning mustaqil rivojlanishi va taraqqiyot yiliga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o`tish davrining negizini tashkil etdi, qolaversa, dunyo ham jamiyatida ―o`zbek modeli‖ nomini oldi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va demografik vaziyat aholini ijtimoiy jihatdan qo`llabquvvatlashni, tashkiliy tuzilma islohotlarini asta-sekinlik bilan o`tkazishga asoslangan vazmin, g‘oyat puxta o`ylangan shu besh tamoyilga asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizishni taqozo qildi Shuning uchun ham, iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida, eng avvalo, bozorga xos yangilanishlarning huquqiy negizi barpo etildi. Ishlab chiqarish sur‗atining, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo`l qo`yilmadi, to`lov holati yaxshilandi, ishlab chiqarish ustuvor tarmoqlarini takomillashtirishga e‗tibor berildi. Bu davrda mulk, korxonalar, ishbilarmonlik, tashqi iqtiisodiy faoliyat, banklar va bank faoliyati, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xo`jalik jamiyatlari va birlashmalari to`g‘risida qonunlar qabul qilindi. Islohotlarning huquqiy asosini shakllantirish jarayonini ta‗minlovchi bir qancha Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari chiqdi. Birinchi Prezident I.Karimov ishlab chiqqan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tish haqidagi tamoyillari vaqt o`tgani sayin jahon hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko`rsatdi. Binobarin bo`lar yetakchi tamoyillar sifatida tan olindi. Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo`lini va harakterini belgilab berdi. O`zbekistonning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tishi bir tomondan, avvaldan meros bo`lib qolgan barcha ijobiy tajribalarni chuqur o`zlashtirish imkonini hamda ikkinchi tomondan, esa, isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq ajratib berdi. Bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishga sharoit yaratdi. 1995 yilda Birinchi Prezident I. Karimovning ―O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida‖ nomli kitobi nashrdan chiqdi Ushbu kitobda iqtisodiyotni tubdan isloh qilish tamoyillari va jamiyat taraqqiyotining boshqa omillari yanada chuqurroq, nazariy, ilmiy va hayotiy jihatdan asosli qilib bayon etilgan. Xususan, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tishning O`zbekiston uchun afzalliklariga alohida to‗xtalgan. Jumladan, ―bir bosqich tamomlangandan keyingina zarur shartsharoitlarni yaratib, yangi bosqichga o`tish mumkin, - dedi Birinchi Prezident I.Karimov. Har bir bosqichda tafakkurimizni o`stirib, erishgan real natijalar bilan odamlarni yangi tuzumning afzalligiga ishontiribgina islohatlarni oxirigacha amalga oshira olamiz. Iqtisodiy strukturasi rivojlangan, samarali ijtimoiy munosabatlarga ega bo`lgan jamiyatni ko`ra olamiz. Hozir biz kerakli yondoshuvlarni, zarur ish maromini topdik, muayyan foydali tajriba orttirdik. Dastlabki yakunlarni chiqarish , navbatdagi bosqichning vazifalari va ustivor yo`nalishlarini belgilash zarur‖. Shuni hisobga olgan Birinchi Prezident I.Karimov kitobining ikkinchi qismida mamlakatni iqtisodiy riivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar-xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, ijtimoiy kafolatlari kuchli bo`lgan demokratik davlatni shakllantirish qabilarni belgilab berdi. Keyinchalik, aniqrog‘i 1997 yilda nashr etilgan ―O`zbekiston XXI asr bo`sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ―nomli ilmiy-nazariy asarida I.Karimov islohatlarning‖ o`zbek modeliga xos yangi tamoyillarni ishlab chiqdi va mavjud jarayonlarni yanada chuqurlashtirish yo`llarini ko`rsatib 5 Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. T., ―O`zbekiston‖, 1998, 49-bet berdi. Shunday qilib, Birinchi Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yangi jamiyatga mos siyosiy va iqtisodiy islohotlar o`tkazish yo`llarini oqilona ko`rsatdi. Ayni paytda u jamiyatning bozor iqtisodiyot munosabatlarga o`tish tamoyillarini ishlab chiqdi, uni izchil amalga oshirish chora-tadbirlarini ko`rdi. Iqtisodiy islohotlar tarkibida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yetakchi o`rinda turadi. Shu sababli ham mustaqillikning birinchi yilidayok, ya‗ni 1991 yil 18 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida ―Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g‘risida‖gi qonun qabul qilingan edi. Unga ko`ra xususiylashtirish va mulkchilik shakllarini o`zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi belgilandi. Dasturga asosan dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, sanoat, xizmat ko`rsatish korxonalarini hamda qishloq xo`jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini ichiga oldi. Bu ―kichik xususiylashtirish‖ deb nom oldi. Bu jarayon 1994 yilda yakunlandi. Natijada 1992-1994 yilllarda 54 mingga yaqin korxona va ob‗ekt davlatlar tasarrufidan chiqarildi. 1994 yilda mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo`lmagan sektorida ishlab chiqarildi, bu sektorda o`shayili 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo`lgan. Bir million kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i, har uch kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o`qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilar kvartiralarining bepul egalari bo`lishdi. Haqiqatdan ham istiqlolning uchinchi yili mustaqil tarakiyot yo`lini tutish, jamiyatni tubdan o`zgartirishi, bir holatdan ikkinchi holatga keskin burib yuborish davri bo`ldi Birinchi Prezident I.Karimovning 1994 yil 21 yanvarda qabul qilgan ―Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora tadbirlari to`g‘risida‖gi va 1994 yil 16 martdagi ―Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo`nalishlari to`g‘risida‖gi tarixiy Farmonlari butun mamlakat taraqqiyotida muhim bosqich bo`ldi. Bu hujjatlar dunyo jamoatchiligi diqqatini ham o`ziga tortdi. Xususan, 1994 yil 21 yanvardagi Farmon e‗lon qilingandan bir xafta o`tar-o`tmas, Birinchi Prezident I.Karimov Xel‗sinki Kengashga bordi. Kengashda Birinchi Prezident I.Karimov mamlakat iqtisodiy imkoniyatlari xususida gapirar ekan, dunyoning eng obruli davlat arboblari, siyosatchilari, iqtisodchilari, muxbirlar Farmoniga yuksak baho berdilar. Ana shu Farmon asosida mamlakat xalq xo`ligini isloh qilinishning yangi tadbirlari ishlab chiqildi va shu bois xususiylashtirishning o`zigaxos mexanizmi yaratildi. Jumladan, 1992 yilda tashkil etilgan Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo`mitasi 1994 yilda Davlat mulkini boshqarish tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash Davlat qo`mitasiga aylantirildi, uning raisi mamlakat bosh vazirining o`inbosari etib tayinlandi. Mazkur qo`mita zimmasiga bir qator muhim vazifalar: ko`pukladli iqtisodiyotni shakllantirishda yagona siyosatni amalga oshirish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash: mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish; xususiy biznesning rivojlanishiga yordam ko`rsatish va boshqalar yuklatildi. Xususiylashtirish ishining hayotga tabora chuqurroq kirib borgan sayin mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning maqomini o`zgartirish zarurati tug‘ildi. Buni vaqtida munosib baholagan Birinchi Prezident I.Karimov Davlat mulkini xususiylashtirish Davlat qo`mitasining viloyatlardagi bo`linmalari rahbarlari maqomini viloyat hokimlarining o`rinbosarlari maqomiga tenglashtirib qo`ydi. Bu o`z-o`zidan xususiylashtirish ishining davlat siyosati darajasiga ko`tarilgani, shu soha rahbarlari mas‗uliyatining oshirilganligini, ularga ko`proq imkoniyat yaratib berilganligini ko`rsatdi. 1994 yildagi Prezident Farmonlari asosida xususiylashtirish jarayoni yana ham yangi pog‘onaga ko`tarildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi e‗lon qilindi. Bu dasturlarga asosan xalq xo`ligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994 yil 29 martda tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq shu yilning o`zida 5127 ob‗ekt xususiylashtirildi. 1995 yil xalq xo`ligida ommaviy xususiylashtirish yili bo`ldi Yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshladi. Shu yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg‘i energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta transport, 68 ta uy-joy - kommunal xo`ligi, 229 ta qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq ob‗ektlar xususiylashtirildi. iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi xissadorlik jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi. 1998 yil 1 aprelga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Agar 1993 yilda jami korxonalarning 33,4 foizdan ortig‘i davlatga tegishli bo`lmagan korxona bo`lsa, 1994 yilda bu ko`rsatgich 57,7 foizga, 1998 yilda esa 88,2 foizga yetdi. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida mamlakatimizda ko`p ukladli iqtisodiyot va o`rta mulkdorlar sinfi vujudga keldi. 1997 yil boshida xususiy va kichik korxonalar soni 100 mingdan oshib ketdi. Dunyo hamjamiyati tomonidan mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti asoslariga o`tish borasida olib borilayotgan islohotlar o`zigaxos ―o`zbek modeli‖ nomli bilan atalmoqda. Yangi jamiyat qurishning bu modeli bugungi kunda xorijlik olimlar va siyosatchilarni qiziqtirmoqda. Bu yo`l hamdustlik davlatlari orasida rivojlangan eng maqbul, eng samarali yo`l deb tan olindi. Bundan 5-6 yil avval, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatiga shubha bilan qaragan siyosatchilar, iqtisodchi olimlar ham bugun bizning tajribamizni o`rganmoqdalar, bilan qaragan siyosatchilar, iqtisodchi olimlar ham bugun bizning tajribamizni o`rganmoqdalar, ayrim jihatlarini o`zlarida tadbiq qilmoqdalar. O`zbekistondagi islohotlar jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqqan Finlandiyalik iqtisodchi olim Yarmo Eronen shunday dedi: ―Sobiq ittifoq respublikalari ichida bizni ko`proq O`zbekiston tajribasi qiziqtiradi. Chunki qisqa vaqt ichida ― o`zbek modeli‖ o`zini oqladi. Birinchi bo`lib sizlarda o`sish boshlandi. Sizlarga qo`shni davlatlarda bo`lganimda, ularda ayniqsa,, qishloq xo`ligi ishlab chiqarishi butunlay izdan chiqqanini ko`rdim. Ekin maydonlari 50 % ga kamayib ketibdi. Xosildorlik esa undan ham ko`proqka tushib ketgan. Chorvachilikda tuyoq soni keskin kamaygan. O`zbekistonda esa umuman boshqacha manzara. Qishloq xo`ligi o`tish davrining eng og‘ir yillarida ham bir maromda rivojlandi. Bu esa tanlangan yo`lning to`g‘ri ekanligidan dalolat beradi. Albatta, bosib o`tilgan yo`lda turli muammolarga ham duch kelindi. Lekin, eng muhimi, islohotlarning umumiy strategiyasida sobit turgan holda taqtikada yo`l-yo`lakay to`zatishlar kiritib borilmoqda. vaqtida qonunlarning qabul qilinishi, zarur bo`lganda zudlik bilan kerakli to`zatishlarning kiritilishi, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi orqali islohotlarning huquqiy asoslari takomillashtirib borilishi qo`lgakiritilgan yuto`qlarga asos bo`lmoqda. Rossiyaning nufuzli ―Vopros ekonomiki‖ jurnalining ta‗kidlashicha, hamdo`stlik davlatlarining aksariyatida sanoatdagi salbiy jarayonlarni to`xtatishga erishilmadi, aksincha, ular yana chuqurlashib, tarmoq o`rtasidagi nomutanosiblik oshdi. faqat O`zbekistonda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish eng kam miqdorda kamaygan holda, jiddiy tarkibiy o`zgarishlar sodir bo`lganligi e‗tirof etildi. Haqiqatdan ham sanoat tarmoqlari tarkibini statistik raqamlar orqali taxlil qilinsa, Istiqlol yillarida o`zgarishlar kanchalik ulugvor ekanligi namoyon bo`ladi. Ayniqsa,, uni sobiq ittifoq davridagi sanoat tuzilmasi bilan solishtirganda, qisqa vaqt ichida strukturaviy siyosatning amaliy natijalari, bunyodkorlik ishlarining salobati yorqinroq gavdalanadi. Eski sanoat tizimida yengil sanoatning, aniqrog‘i paxta tozalash sanoatining mavqei juda yuqori edi. Aksariyat mintaqalar sanoatida uning salmog‘i 70-80 foizni tashkil qilgan bo`lsa-da, katta xom ashyo resurslariga ega bo`lgan hududlarda yakuniy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilmagan edi. O`zbekistondagi og‘ir sanoat korxonalarining hammasi sobiq markazga bo`yso`nganligi, ularning aksariyatida xom-ashyo, aholi talab va extiyojlariga aloqasi yo`q, mahsulotlar chiqarishi, texnologik jihatdan mamlakatimiz hududidagi boshqa sanoat korxonalari bilan bog‘liq bo`lmagan. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tarkibida xalq iste‗mol mollarining ulushi atigi 37,1 foizni tashkil qilganligi bois o`zimizga kerakli iste‗mol tovarlarining aksariyat qismi chetdan keltirilar edi. Bunday og‘ir vaziyatda sanoatni qaytadan tiklash bo`yicha zarur chora tadbirlar ko`rilmaganida, ishlab chiqarishning keskin tushub ketishi, sanoatda band aholining 300-400 ming nafari ishsiz qolishi mumkin edi. Islohotlarning dastlabki bosqichidanoq yoqilg‘i-energetika majmuasining yuqori sur‗atlari bilan rivojlanishini ta‗minlash, neft‗ va tabiiy gaz ishlab chiqarish hamda ularni qayta ishlash hajmlarini oshirib borish hisobiga mamlakatimizning energetika mustaqilligiga erishish vazifasi qo`yildi. CHunki O`zbekiston hududida neft‗ sanoatiga asos solinganiga bir asrdan oshganligiga qaramasdan, biz o`zimizning neft va neft mahsulotlariga bo`lgan talabimizni ta‗minlay olmay kelar edik. 80- yillarda Respublikamizda har yili chetdan 6 million tonna atrofida neft‗ mahsulotlari tashib kelingan. Mustaqillik yillarining dastlabki yillarida mamlakatimizda valyuta tushumining asosiy manbai hisoblangan paxta tolasining 600 ming tonnasi Rossiyaga yoqilg‘i mahsulotlarga ayriboshlashga majbur bo`lindi. Mamlakat, xalq taqdirini O`zbekiston o`zi hal qilish huquqini olgandan keyingi 4-5 yillar ichida yuz yillar davomida ro‗yobga chiqmagan orzular amalga oshirildi. 1998 yilda 1991 yilga nisbatan neft qazib olish 2,7 barobar oshdi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushurildi, bu nafaqat mamlakatimiz neft mastaqilligini ta‗minlab qolmasdan, balki xorijga yoqilg‘i mahsulotlarini sotish imkonini tug‘dirdi. 1998 yilda eksport qilingan mahsulotlarning 7,9 foizini elektr energiya manbalari tashkil qildi O`zbekiston noyob yoqilg‘i-energetika zahirasiga ega: ya‗ni 2 trillion kubometr gaz, 160 dan ortiq neft konlari mavjud. Bu zahiralar neft gaz va gaz kondensati bo`yicha O`zbekiston ehtiyojini to`la qondiribgina qolmay, shu bilan birga energiya manbalarini chet el bozoriga ham chiqarishga imkon berdi. O`zbekistonning neft-gaz potentsiali asosini Qashqadaryo viloyati tashkil etadi. Bugungi kunda respublika bo`yicha qazib olinayotgan tabiiy gazning 88 foizi, neftning 92 foizi Qashqadaryo viloyati xissasiga to`g‘ri keladi. Hozirgacha topilgan neft zahiralarning 70 foizi va gaz zahiralarning 70 foizi shu mintaqada joylashgan bo`lib, bo`lardan eng yirik gaz va gaz kondensati zahiralari Sho`rtandadir. Barpo etilayotgan Sho`rtan gaz-kimyo majmui mamlakat xalq xo`ligida, umuman, iqtisodiy salohiyatimizning yuksalishida muhim ahamiyatga ega. ―Sho`rtan-gaz-kimyo‖ majmuasi qurilishi 1998 yil boshlarida boshlangan bo`lib, 2000 yil oxirida foydalanishga topshirilishi ko`zda tutilgan. Kompleksning quvvati: bir yilda 4,5 mlrd kubometr xom-ashyo gazni qayta ishlab, bundan 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz, 103 ming tonna gaz kondensati va 4,5 mlrd kubometr toza ( tovar ) gaz ishlab chiqarishdan iboratdir. Korxona qurilishiga AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli kompaniyalari jalb etilgan bo`lib, 650 million AQSh dollari miqdoridagi sarmoya sarflanishi mo`ljallangan. Bu o`lkan sanoat korxonasi to`la quvvat bilan ishlay boshlagach, nafaqat polietilen xom-ashyosi va plenka, ayni vaqtda eksportbop va raqobotbardosh uy-ro`zgor buyumlari, gaz va suv quvurlari, texnik uskunalar kabi xalq xo`ligi extiyojlari uchun zarur mahsulotlarni ham O`zbekistonda tayyorlash imkoniyati sodir bo`ladi.


6. Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‗naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma‗naviyat zug‘umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma‗naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma‗naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg‘oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta‗kidlaganidek: ―Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, avvalombor, halqimiz ma‗naviy saviyasi, g‘ururi va fahri nechog‘lik yuksak bo`lishiga bog‘liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma‗naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik‖. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g‘oyat o`lkan bebaho ma‗naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‗naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‗naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. ―Ma‗naviyat va ma‗rifat‖ jamoatchilik markazi, ―Ta‗lim markazi‖, ―O`zbekkino‖, ―O`zbeknavo‖, ―O`zbekraqs‖, ―O`zbekteatr‖, ―O`zbekmuzey‖, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san‗at markazi, Milliy madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma‗rifiy tashkilotlar va ko`plab jamg‘armalarning tuzilishi respublika ma‗naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo`ldi Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‗tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining ―O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g‘risida‖gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‗naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg‘o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‗naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug‘vor an‗analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G‘ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg‘oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog‘liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg‘ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma‗naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‗naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda ―Alpomish‖ dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi. 2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‗ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‗tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‗zbek shoiri G‗afur G‗ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‗iga G‗afur G‗ulom nomi berildi va bog‗da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr — Buxoro va G‗ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‗ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi. 2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosim bo‗ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‗ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‗rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‗tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o‗tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‗ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‗ishlangan tantanali marosim o‗tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‗ishlangan «O‗zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‗tkazildi. Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an‗analariga monand holda shakllantirishga katta e‗tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida ―Navro`z‖, ―Ramazon hayit‖, ―Qurbon hayit‖lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan ―Mustaqillik kuni‖, ―Konstitutsiya kuni‖ va ―Murabbiylar kuni‖ bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr tabiiy raviishda ―Til bayrami‖ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‗naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‗morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta‗mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‗moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, ―Buyuk ipak yo`li‖ni tiklash borasidagi amaliy ishlar. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g‘ri yo`lga qo`yishga alohida e‗tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‗naviy olamning mazmunini tashkil etadi. ―Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`kotamiz‖. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‗mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta‗minlamoqda. Qur‗oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta‗limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog‘liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‗tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg‘ularini ximoya qilish; 2) diniy e‗tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‗qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan bo`zg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‗tirof etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma‗naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish. Lekin shuni ham e‗tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g‘arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg‘unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ―haqiqiy‖ va ―soxta‖ dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‗zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‗rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‗tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasimasalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg‘usini kamol toptirish: Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta‗minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy tazyiqlarning oldini olish, ta‗bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug‘vor g‘oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish. Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning ilmiynazariy asoslarini yaratish, mafko`raviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini ko`rsatdi. Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki yillik emas, balki millat butun umri davrida hal qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib borishni taqozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va ―Fidokor‖ gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000 y, iyun) endi milliy mafko`raning asosiy kontseptsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan amaliyotga o`tish kerakligiga alohida e‗tibor berildi. Milliy mafkura eng avvalo millatning yaqin va uzoq davriga mo`ljallangan maqsadini amalga oshirishda inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining g‘oyaviy mazmuni bo`lgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy-falsafiy nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan g‘oyaviy asoslardan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz milliy mafko`ramiz, ikki asosiga, birinchi navbatda, xalqimizning azaliy an‗analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so`zbilan aytganda, milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yuto`qlardan oziqlangan, ularni o`zigaqamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo`lidaxizmat qilmog‘i darkorligini ta‗kidladi. Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g‘ururning o`sishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura faqat o`zbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga munosib obru-e‗tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma‗lumki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida o`rnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g‘oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni ximoya qilishga ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafko`ramiz. yaratilishining boshlang‘ich davrini shohidi bo`lyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi o`zgarib, milliy iftixor tuyg‘usi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin ish inson mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g‘oya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. Mafko`raviy ishlarni amalda oshirishda ta‗limtarbiya masaslalari, ommaviy axborot vositalari, ―Mahalla‖, ―Kamolot‖, ―Oila‖ kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma‗naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta‗lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar, qo`llanmalar mazmun-mohiyati milliy g‘oya ruhi bilan sug‘orilsa uning ta‗sir doirasi kengayib boradi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta‗limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir qator o`quv yurtlarning maqomi, dasturlari va ta‗lim uslublari butunlay o`zgartirildi. Zamonaviy, shu paytgacha bo`lmagan eng zarur ixtisosliklar bo`yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshidagii harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Ichki ishlar akademiyasi, Bank moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog‘-konchilik instituti kabi o`nlab yangi o`quv muassasalari tashkil etildi. Abiturient va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etildi. Ilg‘or mamlakatlarning tajribalari asosida yangi tipdagi litsey va gimnaziyalar ochildi. O`zbekistonda gimnaziyadan tortib akademiyagacha bo`lgan zamonaviy, yangi ta‗lim tizimi vujudga keltirildi. 1997 yil ta‗lim tizimida katta burilish yuz berdi. Oliy Majlisning IX sessiyasi ―Ta‗lim to`g‘risida‖gi qonun va u asosida ―Kadrlar tayyorlash dasturi‖ni qabul qildi. Bo`lar mamlakatimiz ravnaqi va kelajagini belgilab beruvchi hujjatlar bo`lib, milliy tiklanishning ma‗naviy asosini tashkil qiladi. ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ga milliy g‘oyaning bir qismi deb qaraladi. Chunonchi kadrlar tayyorlash milliy modeliga asos solindi. Shaxs davlat va jamiyat, shuningdek fan va ishlab chiqarish o`rtasida uzviybog‘liklik bo`lishiga imkon tug‘ildi. Bu hujjatlar asosida O`zbekistonda 9 yillik umum ta‗limdan so`ng, 3 yillik akademik litsey yoki kasb-xunar kollejlarida ixtiyoriy-majburiy ta‗lim joriy etildi. Ta‗lim islohotlari bosqichmabosqich amalga oshirildi: 1 bosqich - 1997-2000 yillarni ichiga olib, unda ta‗limning huquqiy-me‗yoriy, ilmiy-metodik, moddiy shart-sharoitlari yaratilmoqda. Hozirgi kunga kelib o`zluksiz ta‗limning tamomila yangi huquqiy-me‗yoriy negizi yaratildi, islohotlarning samaradorligini aniqlash maqsadida monitoring tizimi joriy qilindi, davlat ta‗lim standartlari ishlab chiqildi, dastur va darsliklarning yangi avlodi ishlab chiqilmoqda, pedagogik kadrlarni,ta‗lim muassasalarni atstattsiya va akkreditatsiyadan o`tkazish asoslari ishlab chiqildi va h.k . 2 bosqichda-2001-2005 yillarda milliy dasturni to`liq amalga oshirish ko`zda tutilmoqda. 3 bosqichda - 2005 yilda undan keyingi yillarda to`plangan tajribalar asosida ta‗lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish ko`zda tutilgan edi. Yosh avlodni tarbiyalash masalasi ustivor yo`nalish sifatida davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, davlatimiz ichki iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uni dastavval moddiy jihatdan qo`llab quvvatlash maqsadida tadbirlar ishlab chiqildi. Ta‗lim tizimiga qilinayotgan sarf-harajatlar darajasi bo`yicha O`zbekiston jahonning yetuk mamlakatlariga yaqinlashib bormoqda. Davlat tomonidan 1998 yilda ta‗lim sohasiga yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizi miqdorida mablag‘ ajratilgan bo`lsa, 1999 yilda-8,1 foiz mablag‘ sarflandi. Bu esa faqatgina ikki yil mobaynida turli viloyatlarda 250 ta yangi tizimdagi akademik litsey va kasb-xunar kollejlarini tashkil etishga imkon berdi. Xususan Qashqadaryoda ham 1 ta akademik litsey va 9 ta kasb-xunar kolleji barpo etildi. Yoshlar hayoti bilan bog‘liq muammolarga ham alohida e‗tibor berilmoqda. Ularning intellektual salohiyatini oshirish, ma‗naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy ximoyalar, iste‗dodli va iqtidorlilarni rag‘batlantirish maqsadida bir qancha jamg‘armalar tashkil etildi. 1997 yilda tashkil etilgan ―Umid‖ jamg‘armasining asosiy vazifasi iste‗dodli yoshlarni tanlash va ularni chet ellardagi nufuzli o`quv yurtlarida ta‗lim oldirish. Xorijiy mamlakatlarga o`qish uchun nomzodlarni tanlashda dunyodagi mashhur tashkilotlar, jumladan, Aksels, Ayreks, Britaniya Kengashi, Daad, Tasis ishtirok etadilar. 1997-1999 yillarda ―Umid‖ jamg‘armasi orqali 700 nafardan ortiqroq talaba yoshlar xorijga o`qishga jo`natildi.SHu jumladan 30 nafar Qashqadaryolik yoshlar ham. Ta‗lim sohasini malakali professor va o`qituvchilar bilan taminlash borasida 1997 yilda tashkil etilgan ―Ustoz‖ jamg‘armasi ham katta xissa qo`shmoqda ―Ustoz‖ jamg‘armasi faoliyatini faqatgina bir yo`nalish, ya‗ni chet ellardagi yetakchi o`quv yurtlarida o`qituvchilarning malakasini oshirish bo`yicha qilingan tadbirlar natijasida 1998 yilda 71 nafar o`qituvchi xorijda malakasini oshirgan. 980 nafari Vatanimizda chet ellik mutaxasislar ishtirokida malaklarini oshirdilar. ― Ustoz ― grantiga sazovor bo`lgan 185 kishi AQSh va Isroilda malaka oshirib keldilar. Shubxasiz, ta‗lim sohasidagi bugungi kunlarda qilinayotgan tadbirlar mazkur tizimning samaradorligini oshirish, kelajakda mamlakatni yuksak malakali mutaxasislar bilan ta‗minlash imkonini beradi. Mustaqillik yillarida xalq ta'limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora – tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o‗quv yurtlari tashkil etilib, bilimlarning yangi tarmoqlari bo‗yicha kadrlar tayyorlash yo‗lga qo‗yildi. 2004 yil 21 may – O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004 – 2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‗g‗risida»gi farmoni e'lon qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‗tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‗la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta'lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi bosqich (1997 – 2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida Ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy – uslubiy, moliyaviy – moddiy shart – sharoitlar yaratish vazifalari ro‗yobga chiqariladi. Ikkinchi bosqich (2001 – 2005 yillar)da Milliy dastur to‗liq ro‗yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da to‗plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. Mamlakatimizning me'moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‗yxatiga kiritilgan. 2500 ta me'moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey – qo‗riqxonalarida butun dunyodagi eng nodir tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar, monumental san'at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e'tirof etilgan. Ma'lumotlarga ko‗ra, 2000 yil boshlarida O‗zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi jami muzeylar 1.350 ming eksponantlarga ega bo‗lgan. Hozirda ularning soni yana boyitib borilmoqda. 2001 yilda respublika teatr san'atida muhim tarixiy voqyea sodir bo‗ldi. Hamza nomidagi O‗zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi. O‗zbekiston hukumati «O‘zDAEWOOavto» qo‗shma korxonasiga butlovchi qismlar tayyorlovchi korxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 30 mayda qabul qilingan «Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O‗zbekiston – Koreya qo‗shma korxonalarini tashkil etish to‗g‗risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Qarorga muvofiq «O‘zDAEWOOavto» uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqildi va qurilish ishlari boshlandi. 1996 – 2006 yillarda lak – bo‗yoqlar, avtomobil o‗rindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilg‗i baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi «O‘z – Dong Ko», «Yan Ko», «O‘z – Sem Yun Ko», «O‘z – Dong Von Ko», «O‘z – Tong Xong Ko», «O‘z – Karam Ko», «elektromash», «Meridian» kabi 75 ta yangi qo‗shma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi. 1999 yil oktyabrda Janubiy Koreyadagi yirik «eksimbank» bilan «O‘zDAEWOOavto» zavodini moliyaviy jihatdan qo‗llab – quvvatlash bo‗yicha bitim tuzildi va «DAEWOOMotors» kompaniyasi bilan hamkorlikda «O‘zDAEWOOavto» zavodida «Matiz» va «Neksiya – 2» rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi. «O‘zDAEWOOavto» zavodiga 2000 yil yanvarda «ISO - 9001» sertifikati berildi. 2001 yil avgustda «O‘zDAEWOOavto» zavodida yangi liniya barpo etilib, xalqaro andozalarga to‗la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilg‗or dizayn va texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan «Matiz» rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. 2003 yilda yana bir liniya barpo etilib, «Lasetti» avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004 yilda 70070 dona avtomobil ishlab chiqarildi. 2007 yil oktyabr oyida «O‘zDAEWOO» avto negizida «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «GM O‘zbekiston» qo‗shma korxonasi tashkil etildi. Natijada Asakada dunyoda mashhur «Shevrale» avtomobillari — «Captiva», «Epika», «Takuma» rusumli engil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. 2010 yilda «Shevrale» avtomobili – «Spark» rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. O‗zbekistonda 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari aniq maqsadni ko‗zlab va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishning barqaror yuqori sur'atlariga erishilganligi qayd etildi. 2014 yil yakunlari bo‗yicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 8,3 foizga, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi hajmi – 6,9 foizga, kapital qurilish hajmi – 10,9 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi – 14,3 foizga o‗sdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‗shilgan qiymatli tayyor tovarlar tashkil etdi. Inflyasiya darajasi 6,1 foizni tashkil etdi, bu prognozdagidan ancha pastdir. Davlat byudjeti, soliq yuki 20,5 foizdan 20,0 foizgacha kamaygani va foydadan olinadigan soliq stavkasi 9 foizdan 8 foizgacha pasaygani holda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro etildi. Bank tizimini qayta isloh qilish va mustahkamlash 2014 yilda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasini 12 foizdan 10 foizgacha pasaytirish va tijorat banklarining kreditlari bo‗yicha foiz stavkasini tegishlicha kamaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 2015 yilda yalpi ichki mahsulotning o‗sish sur'atlari barqaror ravishda 8 foizdan yuqori bo‗lib kelmoqda, makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar mutanosibligi, davlat byudjeti va to‗lov balansining barqaror ravishda profitsit bilan bajarilishi, eksport va oltin-valyuta zaxiralarining o‗sishi ta'minlanmoqda. 2015 yilda iqtisodiyotimizga qariyb 16 milliard dollar qiymatidagi investitsiya kiritildi va bu asosiy fondlar umumiy hajmining salkam 23,3 foizini tashkil etadi. O‗tgan 5 yil davomida iqtisodiyotimizga jami bo‗lib qariyb 67 milliard dollar investitsiya yo‗naltirildi, buning 21 foizdan ortig‗i xorijiy investitsiyalardir. Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib bo‗lmas darajada o‗zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda. Bugun biz O‗zbekistonimizda barpo etilayotgan eng zamonaviy, ulkan va noyob sanoat ob'ektlari bilan har tomonlama faxrlanishga haqlimiz. Ayniqsa, Surg‗il koni negizida qiymati 4 milliard dollardan ziyod bo‗lgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi kabi ob'ektlarning foydalanishga topshirilayotgani, «Jeneral motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilayotgani, «MAN» kompaniyasi ishtirokida Samarqand viloyatida yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan yangi kompleks tashkil etilgani, shuningdek, Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyasi bilan birgalikda avtobuslar ishlab chiqarilayotgani, «Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi» mas'uliyati cheklangan jamiyati bazasida «Damas» va «Orlando» yengil avtomobillari ishlab chiqarish o‗zlashtirilganini alohida ta'kidlash o‗rinlidir. 2015 yilni yurtimizda Keksalarni e'zozlash yili, deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan keksalarimizni moddiy qo‗llab-quvvatlash maqsadida 2015 yilning o‗zida 2 million 750 ming nafar otaxon va onaxonlarimizning pensiya miqdori 20 foizdan ziyod ko‗paytirilib, ularga davlat byudjeti hisobidan 12 trillion 888 milliard so‗m pensiya to‗landi. 2015 yilda Investitsiya dasturi asosida 141 ta tibbiyot muassasasida qariyb 495 milliard so‗m hajmidagi rekonstruksiya va ta'mirlash ishlari amalga oshirilgani, ularni zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun xorijiy moliya institutlarining 25 million dollarlik mablag‗lari jalb etilgani ayni shu maqsadga xizmat qiladi. Shular qatorida ―Turon‖, ―Havotog‗ gulshani‖, ―Chimyon‖, ―Sitorai Mohi Xosa‖, ―Kosonsoy‖, ―Nuroniy‖, ―Tovoqsoy‖, ―Taxiatosh‖, ―Marjon suvi‖ sanatoriylarida, shuningdek, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi ―Saxovat‖ uylarida qariyb 40 milliard so‗mlik qurilish, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‗zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e'tiborga loyiq. 2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‗zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko‗p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‗i xorijiy investitsiyalar bo‗lib, shuning 73 foizi to‗g‗ridan-to‗g‗ri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‗naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‗lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob'ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi. 2015 yilda amalga oshirgan keng ko‗lamli, uzoqni ko‗zlagan islohotlarni hayotga tatbiq etish erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferensiyalar yo‗lini ochib berish, investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarining hajmini oshirish va joriy etish iqtisodiyotimizning barqaror o‗sish sur'atlarini va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta'minlash bo‗yicha o‗z ijobiy ta'sirini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‗lamiz. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflyasiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya'ni prognoz ko‗rsatkichlari doirasida bo‗ldi. Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‗lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‗ra, O‗zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o‗sish prognozlari bo‗yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi. Bundan tashqari, 2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi tashkiloti (FAO)ga a'zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‗lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e'tirof etildi. 2016 yilda qishloq joylarda 1 million 800 ming kvadrat metrdan ziyod hajmdagi 13 mingta uy-joy barpo etish, uzunligi 900 kilometr ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, 325 kilometr yo‗l qurish mo‗ljallangan bo‗lib, 2016 yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya qilish va tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar qiymatidagi investitsiyalar yo‗naltirish, ularning o‗sish sur'atini 109,3 foizga yetkazish belgilangan. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig‗ini xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi. 2016 yil Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan ―Sog‗lom ona va bola yili‖ deb e'lon qilingan edi. Bu borada Davlat dasturi tasdiqlanib, ko‗plab tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, joriy yilda qabul qilingan ―Yoshlarga oid davlat siyosati to‗g‗risida‖gi Qonun ushbu sohaning asosiy yo‗nalishlari bo‗lgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy choratadbirlarni aniq belgilab berdi. Dasturda belgilangan tadbirlar bo‗yicha 9 millionga yaqin farzand ko‗rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‗rikdan o‗tkazilib, sog‗lomlashtirildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo‗yicha nuqsoni bo‗lgan 350 nafardan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so‗m mablag‗ sarflandi. Yurtimizda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qiz bolalar o‗rtasida sportni ommalashtirish borasidagi ishlarning davomi sifatida umumta'lim maktablarida 220 dan ziyod sport zallari barpo etildi. Yosh oilalar, tadbirkor ayollar, kollej bitiruvchilari, oilaviy biznes va hunarmandlikni qo‗llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan yil davomida 2 trillion so‗mdan ortiq kreditlar ajratildi. Albatta, ―Sog‗lom ona va bola yili‖ Davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ishlarimiz haqida yana uzoq gapirish mumkin. Lekin, muxtasar qilib aytadigan bo‗lsak, ana shu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 7 trillion 480 milliard so‗m va 190 million dollardan ziyod mablag‗ sarflandi. 2017 yilni yurtimizda ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖ deb e'lon qilindi. shu munosabat bilan 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etildi. Shu bilan birga, har bir tuman va shaharda ―Xalq qabulxonalari‖ni tashkil etish va ularning to‗laqonli faoliyat ko‗rsatishini ta'minlandi. Muxtasar aytganda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‗lish, og‗irini yengil qilish — aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Yana bir ustuvor vazifa — yangi 2017 yildan boshlab qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‗yicha arzon va qulay uyjoylar qurish dasturiga amalda tadbiq etila boshlandi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida ma‗naviyat va madaniyatning yuksalishi, boyishi o`zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlantirishga yordam bermoqda. Boz ustiga, ma‗naviy o`zgarishlar millatni yagona bayroq ostida birlashtirishga xizmat qilishi bilan bugun jahonda e‗tirof etilayotgan o`zbek xalqining taraqqiyot sari yetaklovchi muhim haraktlantiruvchi kuchlardan biriga aylanmoqda.

7. Jahon amaliyotidan ma‘lumki har bir mustaqil davlat, ayniqsa mustaqil taraqqiyot yo‗liga kirgan mamlakatlar, hech qachon uz qobigiga o‗ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo‗lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga ko‗shilish orqali o‗z takdirini belgilagan. Shuning uchun ham Uzbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‗lishi bilanoq ja-hon hamjamiyatiga qo‗shilish yo‗lini tutdi. Bu borada mamla-katda olib borilgan amaliy ishlarni tasavvur qilishdan ol-din XXI asr arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va xalqaro vaziyatga qisqagina nazar tashlash lozim. Ma‘lumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema -SSSR va AQSH yetakchi bo‗lgan bir-biriga g‗oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyoning xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o‗zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. 1991-yilda Sovet Ittifoqi tarqalib ketgach. yangi – g‘oyat murakkab va qaltis bir davr yuzaga keldi. Uning asosiy belgi-lari quyidagilardan iborat edi. Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvo-zanat buzildi. Jahonda siyosiy-iqtisodiy bo‗linish ro‗y berdi. Kuchlar markazi ilgari ikki joyda bo‗lsa, endilikda o‗z taqdirini o‗zi belgilash orqali ichki imkoniyatlarni ishga solish, har kim o‗z aravasini o‗zi tortish zarurati tugildi. Ikkinchidan, jahonda mulkiy tengsizlik kuchaydi. Ya‘ni sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mam-lakatlar o‗rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaya boshladi. Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko‗rina-di. Ya‘ni, tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakat-larning asosiy boyligi hisoblanadi. Lekin sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o‗z qo‗llariga olishga intila boshladilar. To‗rtinchidan, jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot odamlar dunyoqarashining o‗zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta‘siri sezildi. Davlatlar va xalqlar o‗rtasida o‗zaro birlashishga intilishni kuchaytirgan, ayni vaqtda milliy xususiyat-lar, an‘analar va ma‘naviy merosni saklab qolish orqshsh mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarur bo‗ldi. Turli davlatlararo va xukumatga daxli bo‗lmagan xalqaro tashkilotlarning ahamiyati oshib, dunyo yangi tizimga o‗tishi davrida ularning faoliyatini qayta qurish va isloh etish ehtiyoji tug‗ildi. Bu o‗z navbatida nega shunday qilish kerak, degan haqli savolni tug‗diradi. Buning javobi oddiy: ko‗pchilik xalqaro tashkilotlarning faoliyatlari asosan davlatlarning o‗zaro mu-rosasini ta‘minlashga qaratilgan edi, xolos. Bugungi ahvol xalqaro tashkilotlardan eng yirik muammo-larga ahamiyat berishni, jarayonlar ichiga kirib borishni, ta‘-sir doirasini kengaytirishni, hech bo‗lmaganda, hammaga baro-bar odilona va xolisona munosabatda bo‗lishni talab etadi. Beshinchidan, rivojlanishning hozirgi bosqichida har qan-day mamlakatning nufuzi, avvalo, uning eng yangi texnologiyalarni qabul qilish va foydalanish qobiliyatiga qarab belgilanadigan bo‗ldi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilinsa, O‗zbekis-tondagi o‗tish davri boshqa yosh mustaqil mamlakatlarga nisba-tan samaraliroq bo‗ldi. Natijada O‗zbekiston jahon iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tezroq kirib bordi va o‗z salohiyatini aniq-ravshan ko‗rsata oldi. O‗zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egal-lashi uchun asosiy shartsharoitlar buuning jugrofiy-siyosiy jihatdan qulay mintaqada ekanligidir. Ma‘lumki, O‘zbekiston jug‘rofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. Ya‘ni u Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil energetika omillari markazida joylashgan. XXI asr bo‗sag‗asida dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari tub-dan o‗zgardi, inson va insoniyat, odam va olam taqdiriga daxl-dorlik hissi tobora kuchaydi. XX asrning so‗nggi o‗n yilligi har qanday zo‗ravonliklar, tazyiqlar va g‗oyaviy xurujlarni aql-idrok va ochikdan-ochiq munosabatlar orqali hal etish sari dadil qadam qo‗yilgan davr bo‗ldi. O‗zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o‗z maqei va nufuzini mustahkamlash bilan birga dunyo ahlini jahon siyosatini isloh qilishga da‘vat etgan davlatlaridan biri bo‗lib maydonga chiqdi. Geografik-siyosiy o‗rni jihatdan O‗zbekiston Markaziy Osiyoning qoq o‗rtasida joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqarorlikni ta‘minlash, o‗zaro hamkorlik va birodarlikni chuqurlashtirish uchun tayanch nuqta bo‗lib xizmat qildi. Musta-qillikning qisqa davrida u o‗zining siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy qudratini to‗la-to‗kis ko‗rsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga qodir bo‗lgan kuchli davlat sifatida o‗zini namoyon etdi. Birgina bu emas: O‗zbekiston Osiyo va Yevropa qit‘achari o‗rtasida munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlim-ni mo‗tadillashtiruvchi G‗arbu Sharq o‗rtasidagi azaliy raqo-batni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaraaar va muzokaralar orqali uygunlashtirishga da‘vat etgan yagona davlat bo‗lib maydonga chiqsi. Darqaqiqat, bugun O‗zbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‗iziston va Qozogiston muam-molari bilan birga Rossiya va umuman Yevropa mamlakatlari munosabatlarini ma‘lum bir o‗zanga solishga da‘vat qilayotgan, uni o‗zining amaliy faoliyati bilan yaxshilik sari burayotgan davlatdir. O‗zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov dunyo muammolarini hal qilishning eng insonparvar, eng adolatparvar tamoyillarini o‗rtaga tashlar ekan, u mintaqaviy mojarolar va qo‗shni mamlakatlarni o‗zaro kelishmovchilik muammolaridan tortib butun yer shari va insoniyat taqdiriga daxldor bo‗lgan juda ulkan masalalarni o‗rtaga tashlamoqda. Bu ayniqsa, xalqaro terrorizm va narkobiznes, diniy aqidaparastlik va ekstremizm bilan bog‗liq bo‗lgan muammolardir. Ayni ana shu muammolar bugun dunyo axli hayotiga taxdid solayotgan eng og‗ir fojia ekan-ligini, u bilan murosa qilib bo‗lmasligini, bu illatlarni barbod qilishda juda katta qat‘iyat, siyosiy iroda va ichki qudrat kerakligini O‗zbekiston o‗z timsolida ko‗rsatdi. Islom Karimovning «O‗zbekiston XXI asr bo‗sagasida» nomli kitobida va O‗zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining birinchi chaqiriq XIV-sessiyasida qilgan «O‗zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma‘ruzasida xuddi ana shu muammolarni keskin qilib qo‗ydi. Xalqaro terrorizm va narkobiznesning o‗zaro uzviyligi, bir-biriga bog‗liqligi, uning tarqalishiga ba‘zan diniy niqoblardan foy-dalanilayotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekst-remizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chu-qur taqyail etilgan. O‗zbekiston rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi ming yillikdagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o‗nlab mamlakatlarida tarjima qilib bosilganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu kitobda ko‗tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, jahon jamoatchiligining katta qiziqish bilan unga qarayetgan-ligi fikrimizning dalilidir. O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuklar-dan muhimi, uning jahon hamjamiyatidan munosib o‗rin olganidir. 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI-sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da O‗zbekistonning tashqi siyosatdagi yo‗li aniq qyushb belgilangan edi. Jumladan unda: «Xalqaro hamjamiyatning to‗la huquqli a‘zosi bo‗lgan O‗zbe-kiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadla-ri mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‗z hududini qurol-yaroglardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‗in qurollarini yo‗qotish, suveren davlatlar o‗rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‗l qo‗ymaslkkdan iborat» - deb qayd qilindi. Oradan ma‘lum muddat o‗tgandan so‗ng 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‗zbekiston Konstitutsiyasida bu yo‗l yana bir bor ta‘kidlanib davlatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari qonun bilan mustahkamlab qo‗yildi. «O‗zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‗la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tinchligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va me‘yorlariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‗stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin», – deyiladi O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida. Mamlakat tashqi siyosatiga doir bunday qoidalar I.A.Karimovning nutq, maqola va risolalarida yanada oydinlashtirildi. U o‗zining «O‗zbekistonning o‗z istiqlol va o‗zini ta‘minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, jumladan paxta tolasi yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta. Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshli meva-sabzavot maqsulotlarini ishlab chiqarishga qamda ularni qayta ishlan-gan holda yetkazib berishga qodir. To‗rtinchidan, davlatimiz nafaqat o‗zini-o‗zi ta‘minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo‗lmish muhim tarmoqdarga ega. O‗zbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoklari, deylik, mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor. Beshinchidan, O‗zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‗rni bor. Yurtimiz ma‘naviy merosga boy. U oldin-dan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham turli ma‘naviy va siyosiy jarayonlarga kuchli ta‘sir o‗tkazib kelgan. Shu jihatlarni hisobga olsak, O‗zbekiston o‗zining barcha ko‗rsatkichlari bo‗yicha jahondagi madaniy, ilmiy texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin. Albatta, bu yo‗lda qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular quyidagilar: Birinchidan, agar jug‘rofiy-strategik tarafdan olib qarasak, Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj top-gani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini ko‗ramiz. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan bogliq ekologik falokat ta‘siri seziladi. Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e‘tibor-ni taqozo etadi. Bu yerda atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta‘sir etish istaklari borligini ham hisobga olmasdan bo‗lmaydi. To‗rtinchidan, musulmon dunyosidagi ba‘zi mamlakatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari ham ayni bizning xotirjam bo‗lishimizga yo‗l bermaydi. Qolaversa, atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimo-iy va boshqa muammolar ichida qolgan «uchinchi dunyo» davlatla-ri ham mavjud. Jumladan beqarorlik va xavf-xatarning bugungi kundagi o‗chog‗i - Afgoniston bilan Tojikiston davlatlari ham shu mintaqada. Bayon etilgan bu muammolarni kuchaytirib va ma‘lum darajada ko‗p ishlarni ijobiy hal qilishga to‗siq bo‗lib turgan yana bir masala bor. SHo‗ro tizimidan qolgan meros – bu shu mintaqada Turkiston atalmish yagona zaminda yashayotgan millat va elatlarni sun‘iy ravishda bo‗lib tashlash va shundan foydalanib, o‗z siyosatini o‗tkazish, ularga hukmronlik qilish asoratlari hali-beri yo‗qolmagan. Terrorizm va narkobiznesning o‗zaro uzviyligi, bir-biriga bog‗liqligi, uning tarqalishiga ba‘zan diniy niqoblardan foydalanilayotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekst-remizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chu-qur tahlil etilgan. O‗zbekiston rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi ming yillik-dagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o‗nlab mamlakatlarida tarjima qilib bo-silganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu kitobda ko‗tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, ja-hon jamoatchiligining katta qiziqish bilan unga qarayetganligi fikrimizning dalilidir. O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuklar-dan muhimi, uning jahon hamjamiyatidan munosib o‗rin olga-nidir. 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI-sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da O‗zbekistonning tashqi siyosatdagi yo‗li aniq qyushb belgilangan edi. Jumladan unda: «Xalqaro hamjamiyatning to‗la huquqli a‘zosi bo‗lgan O‗zbe-kiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadla-ri mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‗z hududini qurol-yaroglardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‗qotish, suveren davlatlar o‗rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‗l qo‗ymaslkkdan iborat» - deb qayd qilindi.

8. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar uchun StrategEast Amerika markazi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Markazning Britaniya parlamentidagi taqdimotida e'lon qilingan.
Prezident Mirziyoyev iqtisodiyotni liberallashtirish va O‘zbekistondagi investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha ishlari uchun StrategEast Award mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, Mirziyoyevning chegaraoldi ziddiyatlarini bartaraf etish va qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi qayd etildi.
StrategEast Westernization Award mukofoti har yili sobiq sovet ittifoqi davlatlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotini rivojlantirishga qo‘shilgan hissa uchun beriladi.
O‘tgan yili AQShning StrategEast strategik markazi sobiq sovet ittifoqi davlatlarining g‘arblashuv darajasi bo‘yicha reytingni tuzdi. Tadqiqot mualliflari Rossiyadan tashqari 14 mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy sohalarni baholashdi.
Tadqiqot mualliflari jamiyat siyosiy rivojlanishning g‘arb modellari, huquqiy faoliyat va hayot tarzini qabul qiladigan o‘zgarishlarni g‘arblashuv deb atagan.
Reyting tuzuvchilari fikricha, Boltiqbo‘yi davlatlari eng g‘arblashgan sanaladi. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston eng «g‘arblashmagan» deb topildi.


Yüklə 63,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin