101
Gapning mazmuniy xususiyatlari
Daminova Faridahon Bahriddin qizi
Guliston davlat Universiteti 1-kurs magistranti
Annotatsiya:Ushbu maqolada gap,uning tuzilishi va mazmuniy xususiyatlari haqida so'z
boradi.Har bir gap anglatadigan fikrni, shu gapdan kuzatilgan maqsadni so‘zlovchi va
tinglovchi bir xil tushunadi. So‘zlovchining so‘zda tutgan maqsadiga, emotsionalikka qarab.
Gapning tuzilishi ham shunga mos shaklda bo‘ladi. Masalan, so‘rashni bildiradigan
gaplarning tarkibida kim, qaysi kabi olmoshlar ishtirok etadi: Kim keldi? Bu – so‘roq
gapning shunga moslangan tipik shakllaridan biri. Demak. gap qurilishining so‘zlovchi
tomonidan ko‘zda tutilgan maqsadga (darak, so‘roq, buyruq mazmunlariga),
emotsionallikka mos keladigan tipik shakllari bor.
Kalit so'zlar:gap,semantik ma'no,mazmun,akseptik,struktura,gap mazmuniy xususiyatlari.
Hozirgi kunda semantika deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilsa ham, ammo
sintaktik semantika maqomi masalasida bir xillik yo’q.N. Y. Shvedovning fikricha, sintaktik
semantikaning asosiy vazifasi shakliy- sintaktik modellarning xususiy ma’nolarini
aniqlashdan iborat bo’lishi kerak. Bunga ko’ra, gap tuzilishi sxemasining umumlashtirilgan
ma’nosi va ularning o’rtasidagi munosabat gap sintaktik tuzilishining asosi bo’lib xizmat
qiladi. N. Y. Shvedovaning konsefsiyasiga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi deganda,
tipiklantirilgan ma’no elementlarning mavhimlashgan holda til sistemasida aks etgan
mazmuni tushuniladi. U gap mazmuni ekstralistik omillarsiz sof til materiallariga tayangan
holda o’rganishga harakat qiladi. Tilning har qanday sath birliklari, jumladan, gapning
tuzilish sxemalari ham undagi kategoriya konkret ma’nolar munosabatidan xosil bo’lgan
mazmuniy o’ziga xoslikka ega bo’ladi.
9
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari asosan normativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga
sasoslanadilar. Bunga muvofiq gapning mazmuniy tuzilishi, tuzilish sxemalar chegarasida
emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish sxema va mazmuniy tuzilishlar bir-birini
9
A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi", 1992.
102
kesishmaydigan paralel qatorlarga teriladi. Bunday qarash. O. I. Maskalskaya ishlarida
namoyon bo’ladi.Shunday qilib har qanday gapning mazmuniy tuzilishi murakkab, ko’p
qirrali harakterga ega bo’lib, unda eng kamida uch uzv: 1)propozitiv, 2)modal,
3)komunikativ uzvlar ishtirok etadi. Gapning mazmuniy tuzilishini tashkil etgan yuqoridagi
uzvlardan eng asosiy ob’ektiv birlikdagi ayrim vaziyat yoki voqealarni aks etiruvchi
propozitiv tuzilishidir.Har bir gap anglatadigan fikrni, shu gapdan kuzatilgan maqsadni
so‘zlovchi va tinglovchi bir xil tushunadi. So‘zlovchining so‘zda tutgan maqsadiga,
emotsionalikka qarab. Gapning tuzilishi ham shunga mos shaklda bo‘ladi. Masalan,
so‘rashni bildiradigan gaplarning tarkibida kim, qaysi kabi olmoshlar ishtirok etadi: Kim
keldi? Bu – so‘roq gapning shunga moslangan tipik shakllaridan biri.
10
Demak. gap
qurilishining so‘zlovchi tomonidan ko‘zda tutilgan maqsadga (darak, so‘roq, buyruq
mazmunlariga), emotsionallikka mos keladigan tipik shakllari bor. Lekin, birinchidan, bir
turning tipik shakli nutqda boshqa tur uchun qo‘llanishi ham mumkin (masalan, so‘roq
gapning muayyan o‘rinlarda darak yoki buyruq mazmunini berish uchun qo‘llanishi),
ikkinchidan, gap nutq ichida, situatsiyaga qarab turlicha tushunilishi mumkin. Masalan, Kim
gapirdi? gapi ishlatilish o‘rniga, intonatsiyaga qarab, “Gapirgan odam kim?” mazmuniga
ham, “Hech kim gapirgani yo‘q-ku” mazmunida ham qo‘llana oladi.Yuqoridagilardan
shunday xulosa chiqadi: gap shakliy - grammatika intonatsion jihatlaridan ham, mundarija
jihatidan ham tugallikka ega. Ammo uning fikriy tugalligi nisbiydir. Gap nutq ichida
yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo‘lish orqali yana ham
oydinlashadi.Predikativlik gapning grammatik ma’nosi. U gapning shakllar tizimidagi
qismlarga ajralmaydigan grammatik ma’nodir. Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl,
tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar yig‘indisidan iborat.
Grammatik ma’noga va uni ifodalovchi shakllar tizimiga ega bo‘lgan har qanday eng kichik
sintaktik birlik gap hisoblanadi.Sintaktik qurilmaning o‘zgaruvchan unsurlari orqali
ifodalanadigan, modusga kiruvchi ma’no sintaktik qurilmaning grammatik ma’nosi, ana shu
ma’nolar va uni ifodalovchi shakllar tizimi gapning grammatik kategoriyalari sanaladi.
10
A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi",
1992.
103
Gapning grammatik kategoriyalari ham grammatik ma’no (so‘roq, buyruq, darak, inkor va
boshqa) va grammatik shakl birligidan iborat. Predikativlik bir butunlik sifatida bir necha
uzvlardan tashkil topadi va bu uzvlarning har qaysisi, o‘z navbatida, kichik kategoriyalarni
hosil qiladi.
11
1. Gapning grammatik shaxs kategoriyasi.
2. Gapning grammatik zamon kategoriyasi.
3. Gapning grammatik tasdiq-inkor kategoriyasi.
4. Gapning modal kategoriyasi.
Modallik gapning asosiy belgisi, gap mazmunining eng muhim qismidir. Modallik ostida
gapning sub’ekt bilan bog‘lik bo‘lgan turli ma’nolari tushuniladi. Shunga ko‘ra, bu
ma’nolarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) ob’ektiv va 2) sub’ektiv modallik.
12
Ob’ektiv
modallik bilish akti yo‘naltirilgan ma’lum bir vaziyatdagi mavjud ob’ektiv aloqalar
xarakterini aks ettiradi (mumkinlik, haqiqiylik, zaruriylik). Sub’ektiv modallik gapda
ifodalangan ob’ektiv mazmunga so‘zlovchining munosabaptini ifodalaydi va modusga
kiradi. Sub’ektiv modallik kirish so‘z vazifasida kelgan maxsus modal so‘z yoki modal
vazifasidagi boshqa so‘zlar yordamida ifodalanadi. Sub’ektiv modallik orqali, o‘z
navbatida, so‘zlovchining o‘z fikriga turli munosabatlari namoyon bo‘ladi: ishonch, tasdiq,
gumon, achinish va boshqalar. Obe’ktiv modallik gapni shakllantiruvchi zaruriy belgilardan
biri hisoblansa, sub’ektiv modallik ob’ektiv modallik ustiga qo‘yiluvchi qo‘shimcha
modallikdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. A. Zunnunov va boshq. Adabiyot o'qitish metodikasi. — Т.: „O'qituvchi41, 1992.
2. A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi. — Т.: 2003.
3. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi", 1992.
4. ziyo.uz
5. aim.uz
11
ziyo.uz
12
aim.uz
Dostları ilə paylaş: |