102- guruh Xorijiy til yo’nalishi


O‘zingizni nazorat qiling!



Yüklə 41,03 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü41,03 Kb.
#204566
1   2   3   4
Muomila madaniyati

O‘zingizni nazorat qiling! Ziddiyat jarayoni ko‘pincha tomonlar qalbida va fikrida mavjud bo‘lgan barcha negativ holat va qarashlarni yuzaga olib chiqadi. Shu bois, har ikkala tomon ham qarama-qarshi tomonni hamma nuqsonlarda ayblash, o‘zini esa himoya qilish bosqichidan o‘tadi. Qarama-qarshilik kuchaygan paytda har doim ham boshqalar bizga aytayotgan ba’zi “achchiq”, “adolatli”, shu bilan birga, boshqa bir “bo‘hton”, “yolg‘on”, “amalda bo‘lmagan” so‘zlar bizlarga yoqavermaydi. Ko‘pchilik bunday holatdan “tutoqib” ketadi. Ammo agar siz “yarashish”, “kelishish” pozitsiyasida turgan bo‘lsangiz, tabiiy ravishda ba’zi kompromisslarga borishga to‘g‘ri keladi. Shu bois, har ikkala tomon ham o‘z emotsiyalari qatorida o‘zi ishlatayotgan so‘zlari, amallari, fikrlarini, tana zabonini nazoratda ushlashi talab etiladi. O‘zingizni nazorat qila olsangizgina, o‘zga insonni nazorat qilish uchun vaziyat yaratiladi. Boshqa odam o‘z so‘zini tugatmagunchacha, uning so‘zini bo‘lmay eshiting. Agar bu odamdan jahlingiz chiqayotgan bo‘lsa, «men – tasdiqlar” tizimini qo‘llang. Bu usul sizning his tuyg‘ularingizni birovga yetkazishga imkon beradi. Jahlga jahl bilan javob qaytarish konfliktni kuchurlashtirib yuborishini doimo esda tuting. Agressiyaga qarshi agressiya bilan javob qaytarmang. O‘zingizni nazorat qiling, bu esa opponentingiz fikrlari va amallarini nazorat qilish, uni to‘g‘ri xulosalarga yo‘naltirish, opponentingizga ta’sir o‘tkazish uchun imkon yaratadi. Keyinroq, ya’ni siz jahldan tushganda, suhbatni davom ettirishni so‘rang.
10. Birovning nafsoniyatiga tegmang! Har inson o‘zicha bir olam hisoblanadi. Har bir inson, uning ilmi, bilimi, madaniyati, shaxsiyati va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar o‘ziga ma’lum bir ijobiy daraja bilan munosabat bildirishga bolalikdan o‘rgangan bo‘ladi. Shu bois, insonning o‘ziga nisbatan qadrli va e’zozli munosabatda bo‘lishi tabiiy hol hisoblanadi. Masalan, konkret inson, xotin va yoki kelin sifatida sizning talablaringizni aniq bir vaziyatda qoniqtirmayotgan bo‘lishi mumkin, ammo aynan mana shu inson qiz, farzand, ona, mutaxassis sifatida o‘z oilasi va jamoasining juda katta hurmatiga loyiq bo‘lishi ham mumkin. Yoki aynan mana shu konkret inson, ota va er sifatida o‘z xotinida ba’zi e’tirozlarni uyg‘otishi mumkin, ammo mana shu erkak o‘z ish joyida, o‘z oilasi va yaqinlari o‘rtasida juda katta hurmat bilan tilga olinishi mumkin. YA’ni, siz “yomon” deb o‘ylayotgan yaqin odamingiz, u er, xotin, aka, uka, qarindosh, hamkasaba, ota-ona, boshliq sifatida sizning talablaringizga javob bera olmagani, hech zamonda mazkur insonni batamom “yomon otliq” qilib qo‘yish uchun asos bo‘la olmaydi. Inson xarakteri turli vaziyatlarda o‘zini turlicha namoyon qiladi. Balki “ayb” o‘zingizdadir, talablaringiz haddan ziyod ortiqdir, ularni bajarib bo‘lmas, balki “gap” opponentingizda emas, balki o‘zingizning xarakteringizda yashiringandir. Balki “janjallarni” o‘zingiz keltirib chiqarayotgandirsiz. Bu haqida samimiy o‘ylab ko‘rish, vaziyatga xolis baho berish lozim. Har holda, sizning opponentingiz sizga qanchalik yaqin yoki uzoq bo‘lishiga qaramay, insonning nafsoniyatiga tegadigan piching, qochirim, kesatik, dag‘al, qo‘pol so‘zlarni ishlatib bo‘lmaydi. Insonning nafsoniyatiga tegadigan gaplarni ziddiyatda mutlaqo ishlatib bo‘lmaydi. Nafsoniyatga tegadigan so‘zlarni ishlatish hali biror bir ziddiyatni yechimga olib kelmaganligini esingizda tuting. Har bir insonning shaxsiyatiga tegadigan gaplar muomala va suhbatni qiyinlashtiradi, orani buzadi, tomonlarni bir biridan ayiradi, dillarni og‘ritadi, alamlarni vujudga keltiradi. Ammo, agar siz yuqorida ko‘rib chiqilgan «Adolatparvarlik mezon»lariga amal qilsangiz iliq va samimiy suhbat uchun imkon yaratiladi.
Yüklə 41,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin