102-mmt s Ibragimova farangiz «moliya» fanidan mustaqil ishi



Yüklə 11,73 Kb.
səhifə3/3
tarix05.12.2023
ölçüsü11,73 Kb.
#172622
1   2   3
102-MMT s IBRAGIMOVA FARANGIZ

– ko‘char va ko‘chmas mulkka qo‘yilgan pul mablag‘lari. Odatda, uy xo‘jaligi o‘zining xo‘jalik faoliyatini bo‘sh joydan boshlamaydi, ya’ni birlamchi asosan me’ros bo‘yicha, ba’zida hadya natijasida o‘tuvchi avvalgi boylikka ega bo‘ladi. Bu boylik turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Eng avvalo, ko‘chmas mulk, naqd pullar ko‘rinishidi, ayrim hollarda esa – qimmatli qog‘ozlar. Birlamchi resurslardan tashqari uy xo‘jaliklari moliyaviy resurslarining manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin: a) uy xo‘jaligining tasarruf etadigan daromadi; b) iste’mol krediti; v) ijtimoiy transfertlar; g) boshqa resurslar (misol uchun, bu lotereyalardan yutuqlar, shaxsiy zayomlarni boshqa jismoniy shaxslarga sotishdan daromadlar bo‘lishi mumkin). Daromadlar uy xo‘jaliklarining iste’mol tovarlari va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, to‘plash va jamg‘arishga hamda majburiy to‘lovlarga, ya’ni xarajatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

  • ПАВЕЛ БЕЗРУКОВ
  • Президент
  • ТАТЬЯНА СЕЛЕЗНЕВА
  • Директор по производству
  • ВИТАЛИЙ ТОПОРОВ

маркетингу

Uy xo‘jaliklarining daromadlarini turli mezonlar bo‘yicha ajratish mumkin. Eng avvalo, daromadlarni pul ko‘rinishidagi va natural ko‘rinishdagilarga bo‘lish mumkin. Natural ko‘rinishdagi daromadlarga shaxsiy tomorqalardan va xo‘jaliklardan olingan mahsulotlar, shuningdek qishloq xo‘jalik korxonalaridan natural haq ko‘rinida olinadigan mahsulotlar kiradi. Agar, uy xo‘jaligi mahsulotlarning bir qismini bozorda sotish maqsadida ishlab chiqaradigan yoki yetishtiradigan bo‘lsa, u holda sotishdan olingan tushumni pul daromadlari, deb hisoblash lozim. Uy xo‘jaliklarining pul daromadlarini ularni kelish manbalari bo‘yicha bo‘lish mumkin. Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari uchta manbadan olinishi mumkin:1) yollanma xodim sifatida ishlayotgan oila a’zolarining ish haqlari, mukofotlari, ish haqlariga qo‘shimchalar, xizmat safari xarajatlari mablag‘lari, ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy xarakterdagi to‘lovlar; 2) tadbirkorlik faoliyatidan, korxonalar foydasida ishtirok etishdan, shaxsiy mulk (ko‘chmas mulk) bilan operatsiyalardan va kredit-moliyaviy operatsiyalardan olinadigan daromadlar; 3) davlat pensiyalari, nafaqalari, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar.


Uy xo‘jaliklarining majburiy to‘lovlari uning real daromadlarini qisqartiradi. Bunday xarajatlarga soliqlar va boshqa davlat majburiy to‘lovlarini to‘lash hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Mazkur modda bo‘yicha uy xo‘jaliklari qanchalik pul mablag‘larini ko‘p sarflasalar, shunchalik oz pul mablag‘larini joriy iste’mol va jamg‘arishga yo‘naltirishi mumkin. Tovarlar sotib olish va xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha iste’mol xarajatlari shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Tovarlar sotib olish va xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarning miqdori chakana narhlarga, oilaning konkret narsalarga ehtiyojiga, ularning pul daromadlarini hajmiga va oila tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalariga bog‘liq.
Uy xo‘jaliklarining iste’mol uchun qiladigan xarajatlarini joriy xarajatlar va kapital xarajatlarga ajratish maqsadga muvofiq.
Iste’mol xarajatlari va soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng qoladigan pul daromadlarining bir qismi pul jamg‘armalari va omonatlarining manbai hisoblanadi.
Yüklə 11,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin