102-mmt s Ibragimova farangiz «moliya» fanidan mustaqil ishi



Yüklə 11,73 Kb.
səhifə2/3
tarix05.12.2023
ölçüsü11,73 Kb.
#172622
1   2   3
102-MMT s IBRAGIMOVA FARANGIZ

Uy xo‘jaligining tashqi moliyaviy munosabatlar tizimi murakkabdir. Uy xo‘jaliklari quyidagi moliyaviy munosabatlarga kirishishlari mumkin: - boshqa uy xo‘jaliklari bilan, birgalikdagi pul jamg‘armalarini shakllantirish bo‘yicha (ularga uy xo‘jaliklari ham qatnashishi mumkin bo‘lgan qzaro ayirboshlash munosabatlari kirmaydi); - moddiy ishlab chiqarishning yoki xizmat ko‘rsatishning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi va uy xo‘jaligi qatnashchilariga nisbatan ish beruvchi sifatida namoyon bo‘luvchi korxonalar bilan, yaratilgan yalpi ichki mahsulotning bir qismini qiymat ko‘rinishida taqsimlanishi bo‘yicha; - tijorat banklari bilan, iste’mol kreditlarini olish, ularni so‘ndirish bo‘yicha; vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga joylashtirish bo‘yicha; - sug‘urta tashkilotlari bilan, turli xildagi sug‘urta fondlarini shakllantirish va ishlatish bo‘yicha; - davlat bilan, budjet va budjetdan tashqari fondlarni tashkil qilish va ishlatish bo‘yicha. Yuqorida sanab o‘tilgan munosabatlar “uy xo‘jaliklari moliyasi” kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tashkil etadi. 

 Shundan kelib chiqib, uy xo‘jaliklari moliyasi – bu pul mablag‘lari jamg‘armalarini shakllantirish va ishlatish bo‘yicha uy xo‘jaligi va uning alohida qatnashchilari o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati jarayonida kirishuvchi munosabatlari yig‘indisi. Uy xo‘jaliklari moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi.Uy xo‘jaliklari moliyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Taqsimlash; 2. Tartibga solish; 3. Nazorat; 4. Investitsiya. Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasini bajarish bilan ishchi kuchining – ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida uni takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy resurslar bilan ta’minlaydi. Aynan uy xo‘jaliklari moliyasining mana shu funksiyasi orqali har bir insonni hayot faoliyatini olib borish uchun zarur resurslar bilan ta’minlanishi amalga oshiriladi.

2. Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari va daromadlari Uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari, avvalo, pul jamg‘armalarini ishlatilishiga nisbatan qabul qilinadi. Moddiy tarkibi nuqtai nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi – bu ular tomonidan yaratilgan maqsadli pul jamg‘armalari yig‘indisi, boshqacha so‘z bilan – bu uy xo‘jaligi tasarruf etayotgan moliyaviy resurslarining umumiy hajmi. Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi:joriy xarajatlarga, ya’ni oziq-ovqat mahsulotlarini, nisbatan qisqa vaqt davri davomida ishlatilinadigan nooziq-ovqat tovarlarini (oyoq kiyimi, kiyim-kechak va sh.k.) sotib olish, davriy iste’mol qilinadigan xizmatlar uchun to‘lovlar va b.; – kapital xarajatlarga mo‘ljallangan pul mablag‘lari; – etarlicha uzoq muddat davri davomida ishlatilinadigan nooziq-ovqat tovarlarini olish (mebel, uy-joy, transport vositalari va sh.k.), uy xo‘jaligi qatnashchilari tomonidan yetarlicha kam iste’mol qilinadigan xizmatlar uchun to‘lovlar (ta’lim, tibbiy operatsiyalar, sayyohlik yo‘llanmalari); – pul jamg‘armalari (omonatlari);


Yüklə 11,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin