O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi.
O’zbekiston Respublikasining davlat shakli.
Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyaviy maqomi.
Davlat tuzilshi davlat shaklining muhim br turidir. Davlat tuzilishi shu davlat oldida turgan vazifalar va maqsadlar bilan belgilanadi. Davlat tuzilishiga uch narsa: birinchidan, muayyan davrda jamiyat va davlat oldida turgan iqtisodiy vazifalar va siyosiy maqsadlardir:
Ikkinchidan, davlatdagi millatlarning soni va o’zaro munosabatlari:
Uchinchidan, davlat hududining katta yoki kichikligi ta`sir etadi.
Davlat tuzilishi-davlatning ma`muriy-hududiy tuzilishi, uning bo’laklari, markaziy organlari, bu organlarning joylardagi mahalliy organlar blan o’zaro aloqalarining xususiyatlaridan iborat.
Milliy-davlat tuzilishi-davlatning tuzilishi, uning ma`muriy-hududiy bo’linishi, davlat bilan uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, davlat va uning tarkibiy qismlarining huquqiy holati, ularning vakolatlaridan iborat.
Har kanday davlat muayyan cheklangan hududda joylashadi. O’z hududini qo’riqlash uchun chegaralar o’rnatadi. Shu hududda uning fuqarolari istiqomat qiladi. Fuqarolar sonining ortib borishi va yer maydonining kengayishi natijasida davlat o’z hududini muayyan hududiy qismlarga bo’ladi. Ular okruglar, viloyatlar, o’lkalar, shtatlar, kantonlar, gubernyalar uyezdlar va hokazolar deb nomlanshi mumkin. Shu hududlarda mahalliy-hududiy hokimiyat idoralari tashkil etiladi. Natijada davlat hokimiyati va boshqalarning markaziy va mahalliy idoralari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash ehtiyoji tug’iladi. Bu davlat tuzilishining zarurligini keltirib chiqaradigan birinchi sababdir.
Ikkinchi sabab u yoki bu davlat aholisining ko’p millatliligidir. Har bir xalq, millat o’z an`analariga, davlatchilik tarixiy tajribasiga, madaniy, til va boshqa ma`naviy ehtiyojlarga ega. Shu kabi omillarni ham davlat tizimida nazarda tutish lozim buladi.
Uchinchi sabab, sub`yektiv va hatto, tasodifiy omillarga bog’liqdir. Bunday omillar mustamlakachilik ta`siri, siyosiy manfaatlar va ko’pincha boshqa holatlardan iborat bo’lishi mumkin.
Davlat tuzilishi oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) bo’lishi mumkin. Davlat tuzilishi shakli bevosita rasmiy hokimiyat bilangina emas, balki davlatning yana bir muhim xususiyati bo’lmish aholining hududiy uyushishi bilan ham bog’liqdir.
Davlat o’z ichki tuzilishiga, uning ayrim qismlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga, davlat hududi ayrim qismlarining huquqiy mavqeiga ko’ra oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.
Unitar davlat ayrim davlatlardan iborat emas, u yaxlit bo’lib, ma`muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, gubernyalar, grafliklar va shu singarilarga) bo’linadi.
Federativ davlatlar o’zlarining qonun chiqaruvchi organlariga, o’z hukumatlariga va sud organlariga ega bo’lgan bir necha davlatlardan tarkib topadi.
Davlatning bir qadar sustroq ittifoqi Konfederatsiyadir. U muayyan maqsadlarga-mudofaa uchun, umumiy xo’jalik muamolarini hal qilish va hokazolar uchun tuziladi.
Shunday qilib, davlat tuzilishi shakli deganda, davlat hokimiyatining ma`muriy-hududy uyushuvi, davlat va uni tashkil etgan hududlarning, ayrim qismlarining, markaziy va mahalliy idoralar orasidagi munosabatlarning tabiati tushuniladi.
Unitar (fransuzcha «unitaire»-«yagona» degani) davlat-oddiy va yaxlit davlatdir. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma`muriy-hududiy bo’linishiga ega. Birok ushbu hududiy qismlar davlat mustaqilligi alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy davlat idoralari va qonunchilikning yagona tizimi mavjud bo’ladi.
Hozirgi zamonda aksariyat ko’pchilik davlatlar tuzilishi bo’yicha unitar davlatlaridir. Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar bo’lmaydi. Unitar davlatlar ichidagi ma`muriy-hududiy bo’linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyatining kuchi davlatning butun hududiga o’z ta`sirini ko’rsatadi.
Shunday qilib, unitar davlat-shu davlatning ma`muriy-hududiy qismlar (viloyatlar, tumanlar, grafliklar, gubernyalar va shu kabilarga bo’linib, yagona tizimdagi hokimiyat va boshqaruv organlariga, Konstitutsiyaga fuqarolikka, muayyan hududga, davlat chegarasiga va o’z qonunchiligiga ega bo’lgan davlatdir.)
Federativ davlat (lotincha «feodus»-«ittifoq» degani)-murakkab davlat bo’lib, uning sub`yektlari davlat mustaqilligiga ega bo’ladi.
Kishilik jamiyatining rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyot, yangi iqtisodiy muammolar va boshqa omillarning paydo bo’lishi natijasida yaqinlashuv (integratsiya) jarayonlari boshlanadi. Bular esa murakkab davlatlarning barpo etlishiga olib keladi.
Ittifoq federatsiyasining hududi undagi sub`yektlar hududlari majmuidan iborat. Har bir federatsiya o’z sub`yektlarining fuqarolari majmuidan iborat. Har bir federatsiya sub`yektlarining fuqarolari ayni paytda butun mamlakatning ham fuqarolari hisoblanadilar. Bunday davlat yagona federal qurolli kuchlar, moliya, soliq va pul tizimlariga ega bo’ladi. Federal idoralar yagona tashqi siyosatni amalga oshiradilar. Federatsiya sub`yektlari ham o’zlarining qo’shinlariga ega bo’lishi mumkin.
Federal davlatda davlat hokimiyatining umumfederal (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud ) idoralari mavjud bo’lib, ularning qarorlari federatsiya sub`yektlari uchun uning vakolati doirasida majburiydir. Oliy federal idoralar qatorida federatsiya a`zolarining, sub`yektlarining ham oliy davlat idoralari mavjud bo’ladi. Federatsiyada davlat apparati ikki darajada bo’ladi: birinchisi, federal (ittifoq) davlat organlari; ikkinchisi, shtat, kanton, o’lka kabi davlat organlari.
Federatsiyaning o’ziga xos belgilaridan biri ikki fuqarolik bo’lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o’zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya sub`yekti fuqarosi ekanligini bildiradi.
Federativ davlatda federatsiya sub`ektlarining o’z huquqiy tizimlarini tuzishlari, o’z Konstitutsiyalariga ega bo’lishlaridan qat`i nazar, yagona federativ huquqiy tizim amal qiladi. Federatsiya sub`ektlarining Konstitutsiya va qonunlari federal Konstitutsiya va qonunlarga to’la muvofik kelishi, ularga zid bo’lmasligi lozim.
Federatsiya sub`yekti Konstitutsiyada ko’rsatilgan o’z sud idoralari va boshka huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga ega bo’lishi kerak. Oliy sud Federatsiya sub`yektlari sudlarining qarorlari ustidan shikoyatlarni ko’rib chiqmaydi yoki maxsus ko’rsatilgan holatlardagina qarab chiqishi mumkin.
1994 yilda dunyoda 21 ta federativ davlat mavjud edi. Jumladan, AQSH, Avstraliya, Rossiya, Germaniya, Braziliya, Shveytcariya, Avstriya, Pokiston, Hindiston, Malayziya federativ davlatlardir. Odatda Federatsiya shartnoma asosida yoki Konstitutsiya qabul qilish yo’li bilan paydo bo’ladi.
Davlat tuzilishi murakkab shaklining yangi bir turi –bu konfederativ davlatdir. Konfederatsiya davlatlarning muayyan ittifoqi bo’lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy maqsadlar uchun shartnoma yoki bitim asosida tuziladi. Konfederatsiya odatda muvaqqat bo’ladi. Keyinchalik Konfederatsiyalar yo Federatsiyalarga birlashadilar. (AKSH, Shveytsariya) yoki tarqab ketadilar (Avstriya-Vengriya).
Konfederatsiya a`zosi bo’lgan davlatlar hokimiyatni mustaqil amalga oshiradilar, o’z Konstitutsiyalariga ega bo’ladilar. Shu bois Konfederatsiya darajasida qabul qilingan hujjatlar mazkur davlatga kiradigan davlatlarning oliy idoralari tomonidan ma`qullanishi lozim.
Konfederatsiya a`zolari davlat mustaqilligini saqlab qolib, ma`lum bir vazifalarni bajarish maqsadida birlashadilar.
Konfederatsiyaning umumiy hududi, yagona fuqaroligi va Konstitutsiyasi bo’lmaydi. Shuning uchun ham Konfederatsiya mustaqil davlat hisoblanmaydi, u ma`lum ma`noda vaqtinchalik ittifoqdir.
Har bir davlat o’zining muayyan ma`muri-hududiy tuzilishiga ega bo’ladi.
Unitar davlatga tarkibida ma`muriy-hududiy birliklar, shuningdek, suveren davlat huquqiga ega bo’lgan milliy-hududiy tuzilmasi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVI bobi O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishiga bag’ishlangan. Mazkur bobning 68-moddasi «O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat» degan Konstitutsiyaviy normani mustahkamlab qo’ygan.
O’zbekiston Respublikasining hozirgi ma`muriy-hududiy bo’linishi mamlakatning ishlab chiqarish kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa voitalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat O’zbekiston Respublikasi ma`muriy-hududiy tizimidagi yukori bo’g’indir va eng yirik bo’linma sifatida alohida o’rin tutadi. Hududiy tizimning qolgan bo’g’inlari tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki bo’g’inlari bo’lib, shu tariqa u muhim tashkiliy funksiyani bajaradi.
Viloyat yirik ma`muriy-hududiy bo’linma sifatida barqaror bo’lmog’i lozim. Uning tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashuvi yoki bo’linishi iqtisodiy jihatdan asoslashtirilishi lozim, bu mazkur ma`muriy-hududiy birlikda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarining kompleks rivojlanishiga olib kelmog’i lozim va bu viloyat barcha tarkibiy bo’g’inlarining mavjud iqtisodiy va madaniy aloqalariga tayanmog’i shart.
Tuman-qishloq joylaridagi iqtisodiy, xo’jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita rahbarlik qilishning muhim bo’g’ini. O’zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan, yangi tabiiy resurslarni o’zlashtirish hamda aholi sonining o’sishi bilan ma`muriy-hududiy bo’linmalarning chegarasidagi o’zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo’g’inlari xisobiga ro’y beradi.
O’zbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika itoatidagi, viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi va tuman itoatidagi shaharlarga bo’linadi.
Respublika itoatidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, ma`muriy markaz bo’lgan shaharlar kiradi.
Viloyatga itoat etuvchi shaharlar soni hozir 51 ta bo’lib, ular 1967 yillardagidan 24 ta ko’pdir.
Viloyat itoatidagi shaharlarni tumanlar maqomiga tenglashtirish o’zining maqsadga muvofiqligini isbotladi. Viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi itoatidagi shaharlar toifasiga muhim sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan, aholisi 30 ming kishidan kam bo’lmagan iqtisodiy, madaniy markaz bo’lgan shaharlar kiradi.
Tuman itoatidan shaharlar toifasiga sanoat korxonalari, kommunal xo’jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari mavjud bo’lgan hamda aholisi 7 ming kishidan kam bo’lmagan va uning uchdan ikki qismini ishchi, xizmatchilar va ularning ularning oila a’zolari tashkil etgan shaharchalar va boshqa aholi manzillari kiritiladi.
Qishloq, ovul, shaharcha-respublika ma`muriy-hududiy tizimdagi eng quyi bo’g’indir.
Viloyatlarni tuzish, tugatish yoki ularning chegarasini o’zgartirish tegishli viloyat vakillik idoralarining tavsiyasi asosida Vazirlar Mahkamasi taklifiga ko’ra Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman ma`muriy-hududiy bo’linishdagi muhim bo’g’indir, shuning uchun uni tuzish yoki tugatish Oliy Majlis tomonidan yiriklashtirilayotgan (tugatilayotgan) tuman, shahardagi tuman Kengashlarining, viloyatlar, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, Qoraqalpog’istonda Respublika Juqorg’i Kengesining tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi kiritadigan taklifga ko’ra amalga oshiriladi.
Shaharlarni Respublika itoatidagi shaharlar toifasiga kiritish tegishli shahar va viloyat xalq deputatlari Kengashi tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi kiritadigan taklifga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharlarni viloyat itoatidagi shaharlar toifasiga kiritish yoki ularni qayta tu’zish tegishli shahar, tuman va viloyat xalq deputatlari Kengashi tavsiyasi asosida Vazirlar Mahkamasi kiritadigan taklifga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi jihatidan unitar respublikadir. Lekin O’zbekistonda davlat tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari bor. Chunki O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog’iston Respublikasi mustaqildir. Shunga qaramay, O’zbekiston federativ shakldagi davlat deyishga asos yo’q. Chunki federativ davlat tuzilishida Federatsiyaga kiruvchi har bir sub`yektning o’z davlat organlari bilan bir qatorda umumfederativ davlat organlari bo’lishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O’zbekiston bilan Qoraqalpog’iston Respublikasining bunday umumiy federativ organlari yo’q. Shunga asoslanib, O’zbekiston Respublikasini, davlat tuzilishi bo’yicha, federativ davlatning ba`zi bir belgilari, xususiyatlariga ega bo’lgan unitar davlat deb hisoblash mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobi Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyaviy-huquqiy maqolini belgilab bergan. Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining suvereniteti O’zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasini o’zi tasdiqlaydi. O’zining ma`muriy-hududiy tuzilish masalalarini o’zi mustaqil hal etadi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruvi tizilimini o’zi belgilaydi. Qoraqalpog’istonda davlat tili-qoraqalpoq tilidir.
1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida O’zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik o’rnatilganligi munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasining har bir fuqarosi O’zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi deyilgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida unda tumanlar, shaharlar tashkil qilish va ularni tugatish, shuningdek, ularning Karimov I.A. O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: “O’ chegaralarini o’zgartirish Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi tomonidan amalga oshriladi, deyilgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasining O’zbekiston bilan tutash hududlar chegarasini o’zgartirish zarurati kelib chiqsa, u holda bu masala O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal qilinadi.
Adabiyotlar: