11 – Amaliy mashg’ulot Mavzu : Agregatlashtirishning texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Nazariy qism



Yüklə 9,93 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.12.2023
ölçüsü9,93 Kb.
#182170
11 - Amaliy mashg\'ulot.



11 – Amaliy mashg’ulot 
Mavzu : Agregatlashtirishning texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash. 
Nazariy qism . 
Keng ravishda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan jarayonlarni joriy qilish 
bilan texnik taraqqiyotni tezlashtirish ko‘pincha maxsulot ko‘lab ishlab 
chiqarilganda mumkin bo‘ladi. Maxsulot mikdorini ko‘paytirishga esa obʼektlarni 
unifikatsiyasi va standartizatsiyasi hisobiga erishilishi mumkin. 
Unifikatsiya, yani masulotlarni shakli, normalari va xilo‘lchamlari bo‘yicha 
birxillikka keltirish, maxsulotlar partiyasi mikdorini oshirishning kuchli omilidir.
Bir xil vazifali obʼektlar turlarini, xillarini va o‘lchamlari turlarini unifikatsiya 
yordamida ratsional ravishda kisqartirish maxsulotlarni konstruktiv variantlarini 
ishlash xususiyatlarini o‘rganish va taќlil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi 
mumkin (masalan muftalar, variatorlar , podshipniklar va x). Turli variantlarni 
takkoslash natijasida bir sonli maxsulotlarni bir yoki bir nechta turi ishlab chiqilib 
bu maxsulotlar uchun o‘lchamlar qatori kiritiladi, masalan sanoat talablarini to‘liq 
kondiraoladigan podshipniklar diametrlarining qatori. Ko‘plab ishlab 
chiqariladigan maxsulotlarni unifikatsiyasi (boltlar, podshipniklar), odatda 
standartlarni ishlab chiqish va baʼzan maxsuslashgan ishlab chiqarishni tashkil qilish 
bilan yakunlandi. 
Unifikatsiya natijasida kelib chiqadigan maxsulotlarni ishlatish doi-rasini 
cheklanishi agregatlashtirishhisobiga to‘g‘rilanishi mumkin. Agregat-lashtirish - bu 
turli kombinatsiyalarda yig‘ish mumkin bo‘lgan unifikatsiyalashgan standart 
agregatlardan ( avtonom uzellardan) mashina va priborlar yaratish prinsipi. 
Unifikatsiya va agregatlashtirishni tadbik qilish natijasida asos-lanmagan darajadagi 
original va kimmatbaxo maxsulotlarni ishlab chiqishdan sinovlardan o‘tgan 
unifikatsiyalashtirilgan agregatalar asosida kurilgan maxsulotlarni ishlab 
chiqarishga o‘tish mumkin. Oqibatda yangi texnikani loyiќalash va ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yish muddatlari 4 - 6 yildan 1,5 - 2 yilgacha, tannarxi esa 25-
30% qisqaradi. 
Agregatlashtirish maxsulotlarni ekspluatatsiyasini soddalashtiradi, metall sarfini va 
taʼmirlash sarfini kamaytiradi. Xozirgi vaqtda agregatlashtirish prinsipi metall 
kesish dastgoxlari va avtomatik qatorlar yaratilishida keng qo‘llaniladi. 
Agregatlashtirishni qo‘llashni yakkol misoli - bu universal yig‘ma moslamalar 
tizimi. 
Unifikatsiya 
va 
agregatlashtirish 
ishlab 
chiqarishlarni 
maxsuslashtirish 
imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunda ishlab chiqarilgan maxsulotlar nomenk-
laturasini kisqartirish va partiyalar xajmini oshirishhisobiga texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. 

Yüklə 9,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin