Dastlabki hisoblashlar 1. 13.4 – rasm, a ko‘rsatilgan elektr zanjirining xarakteristikasi 13.1 – rasm, b ko‘rinishda bo‘lib, bu zanjir U = 4sin(ωt) kuchlanish manbaiga ulanganda tokning vaqt byoyicha o‘zgarish egri chizig’ini quring.
1. Davriy nosinusoidal tokni uchinchi garmonikagacha Fure qatoriga yoying va grafigini quring.
Ishni bajarish tartibi 1. 13.4 – rasmda keltirilgan elektr zanjir sxemasini yig’ing.
2. Ossillografni kuchlanish va tok o‘zgarishlarini olishga tayyorlang.
13.4 – rasm. Nosinusoidal tokni tadqiq etish elektr zanjiri sxemasi
3. Sxemani manbaga ulang va K1 kalit ulangan holat uchun kuchlanish va tok egri chiziqlarini ossillograf ekranidan chizib oling. Bunda tok va kuchlanish orasidagi faza siljish burchagiga e’tibor bering.
4. 3 - bandni nosinusoidal kuchlanish ulangan (K1 kalit uzilgan) holat uchun qaytaring. Ossillografga berilayotgan kuchlanish rezistordagi kuchlanish tushuvi bo‘lganligi sababli uning shakli zanjirdan o‘tuvchi tokning shakli bilian bir xil bo‘ladi. Zanjirning kirish qismalarida kuchlanishni o‘zgartirib, har xil tok shakllarini o‘zaro solishtiring. Bunda quyidagi holatlar uchun tok va kuchlanishlar shakllarini kalkaga chizib oling:
a) K3 kalit uzilgan, K2 va K4kalitlar esa ulangan;
b) K4 kalit uzilgan, K2 va K3kalitlar ulangan;
v) K2, K3, K4 kalitlar ulangan.
5. Grafik usul yordamida nosinusoidal o‘zgaruvchan kuchlanish va toklar egri chiziqlarini Furye qatorining 5-garmonikasigacha yoying. Grafik usulda aniqlangan 1-, 2- va 5- garmonikalar yig’indisidan hosil bo‘lgan natijaviy egri chiziqni ossillografdan olingan nosinusoidal tok (
yoki kuchlanish) egri chizig’i bilan taqqoslang va xulosa chiqaring. 6. Amplituda, shakl va buzilish koeffitsiyentlarini aniqlang.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Qanday EYuK, tok va kuchlanishlar nosinusoidal deb ataladi?
2. Nosinusoidal tokni hosil qilish usullarini aytib bering.
3. Egri chiziqning shakl koeffitsiyenti nima?
4. Amplituda koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz?
5. Qanday funksiya o‘zgarmas tashkil etuvchiga ega bo‘lmaydi?
6. Ikki yarim davrli to‘g’rilagich chiqish kuchlanishi shaklini chizing va uning garmonik tashkil etuvchilarini izohlang?
7. Nosinusoidal tok, kuchlanish va EYuKlar ta’sir etuvchi qiymatlari qanday aniqlanadi?
8. Elektr zanjirlariga yuqori garmonikalar qanday ta’sir etadi?