Nazorat savollari.
1. YUklama sifatida qarshilik ulangan kalit parametrlarining yuklamadagi qarshilik qiymatiga bog‘liqligini tushuntiring.
2. Nima sababli KMDYA tranzistorlarda yasalgan kalit statik holatlarda manbadan quvvat iste’mol qilmaydi ?
12-laboratoriya ishi
Mavzu: MTda yasalgan barqaror tok generatorini xarakteristikasini tadqiq etish.
Ishni bajarishdan maqsad: MTda yasalgan barqaror tok generatorini xarakteristikasini olishni o‘rganish va uning ishlashini tahlil qilish.
Sxemaning tavsifi
Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning chiqish xarakteristikasi baza toki o‘zgarmas bo‘lganda kollektor-emitter kuchlanishi va kollektor toki orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi:
IK= f(UKE), IB=const
Tranzistorning chiqish xarakteristikasini olish uchun sxema 12.1-rasmda keltirilgan.
Arrasimon kuchlanish (U=10V, f=1Gs) GEN generatordan cheklovchi rezistor orqali tranzistorning kollektoriga beriladi.
12.1-rasm. Tranzistorning chiqish xarakteristikasini olish uchun sxema
Ossillografning A kanaliga baza tokiga proporsional bo‘lgan kuchlanish, V kanaliga esa kollektor tokiga proporsional bo‘lgan kuchlanish beriladi. SHunday qilib, tranzistorning chiqish xarakteristikalarini bevosita ossillografning ekranida kuzatishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |