11 – laboratoriya ishi
Mavzu: MTda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish.
Ishning maqsadi: Maydoniy tranzistorda yasalgan tok generatorini ishlash xossalarini o‘rganish. MTni yuklama rezistori sifatida qo‘llanilishini o‘rganish.
1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish:
Bu ishni bajarishda stok toki zanjiridagi qarshilik qiymatining uzatish xarakteristikasi ko‘rinishiga ta’sirini o‘rganib chiqing. Kvazi chiziqli yuklama sifatida turli maydoniy tranzistorlar qo‘llanilganda uzatish xarakteristikalar turlicha bo‘lishiga ahamiyat bering.
Mantiqiy signallar sathlarini aniqlashda kalitning uzatish xarakteristikasi UCHIQ=f(UKIR) dan foydalanilishiga e’tibor bering. (6.1- rasm)
11.1 – rasm. Kalitning uzatish xarakteristikasi
Mantiqiy nol U0 hamda mantiqiy bir U1 sathlar uzatish xarakteristikasi va uning ko‘zguli aksi (punktir chiziq) kesishgan nuqtalardan aniqlanadi.
ΛU = U1 – U0 mantiqiy signallarning sathlar farqi deb ataladi.
2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
2.1. MT da yasalgan kalit uzatish xarakteristikasiga yuklama qarshiligining ta’sirini UCHIQ=f(UKIR) tadqiq etish.
n- turdagikanali induksiyalangan MDYA tranzistorda bajarilgan kalit sxemasi 6.2- rasmda keltirilgan. Sxema E2 = 9V manbadan ta’minlanadi. Kirish kuchlanishi UKIR roslanuvchi E1 kuchlanish manbaidan beriladi. CHiqish kuchlanishi UCHIQ va iste’mol qilinayotgan tokni o‘lchash uchun raqamli voltmetr va ampermetrlardan foydalaning. VT1 sifatida K176LP1 mikrosxemadagi n-kanalli tranzistorlarning birini oling. Ishlash qulay bo‘lishi uchun ilovada keltirilgan mikrosxema prinsipial sxemasini chizib oling va elektrodlari raqamlarini belgilab oling.
Dostları ilə paylaş: |