Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot
Hisobotda quyidagilar keltiriladi.
1. Ishni bajarishdan maqsad.
2. Tajribalarni o‘tkazishda foydalanilgan sxemalar.
3. Olingan natijalar jadval va grafiklar ko‘rinishida.
4. Olingan natijalarning tahlili.
5. Bajarilgan ish bo‘yicha xulosalar
13 – laboratoriya ishi
Mavzu: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish.
Ishni bajarishdan maqsad: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish usullarini o’rganish
Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurish uchun sxema 13.1-rasmda keltirilgan. Tranzistorning kirish xarakteristikasi kolektor-emitter kuchlanishining ma’lum qiymatlarida baza-emitter kuchlanishi va baza toki orasidagi bog‘lanish sifatida olinadi, ya’ni
IB= f(UBE), UKE=const.
13.1-rasm. Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurish uchun sxema
1.Sxemada funksional generator GEN, qarshiligi 10 kOm bo‘lgan rezistor, ampermetr, voltmetr,tranzistor, probel klavishasi bilan boshqariluvchi kalit SS va ikkita o‘zgarmas kuchlanish manbasi mavjud.
SS kalit yordamida tranzistorning kolektor-emitter kuchlanishi 0V dan 12V ga yoki aksincha o‘zgartiriladi. Tranzistorning bazasiga rezistor orqali beriladigan kuchlanish GEN generatorning Offset parametrini o‘zgartirish yo‘li bilan 0V dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartiriladi. Ampermetr baza tokini, voltmetr esa baza-emitter kuchlanishini o‘lchash uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |