4. Hisobot mazmuni: 1) o’lchash sxemalari;
2) olingan bog’liqliklar jadvallari va grafiklari;
3) o’lchash va hisob natijalarining tahlili.
5. Nazorat savollari. 1. BT UE ulanish sxemada ishlash printsipi, emitter va kollektor p-n o’tishlar, baza sohasi ahamiyati haqida gapirib bering.
2. Emitter toki tashkil etuvchilari nomini ayting va ularning yo’nalishlarini p-n-p hamda n-p-n turli BT uchun ko’rsating.
3. Baza toki tashkil etuvchilari nomini ayting va ularning yo’nalishlarini p-n-p hamda n-p-n turli BT uchun ko’rsating.
3. IKB0 va IKE0 qanday toklar ? Ular qaysi zaryad tashuvchilar harakati bilan hosil bo’ladi ?
4. UE sxemada ulangan BT chiqish xarakteristikalar oilasida aktiv, berk va to’yinish sohalarini ko’rsating.
5. Ideal BT elektr modeli sxemasini chizing va uning parametrlari fizik mohiyatini tushuntiring.
6. BT invers ish rejimi deb nimaga aytiladi ?
7. Nima uchun UE sxemada ishlayotgan BT baza elektrodidagi kuchlanishni uning kollektoridagi kuchlanishdan avval uzish mumkin emas ?