Turli hil haroratlarda q, ko‘rsatgichning qiymatlari. 4.1.2- jadval
Ko‘rsatgichlar
Binolarni isitishda tashqi havoning isitish hisobli harorati, S0
0
-10
-20
-30
-40
qkj/soat·m2 yaxlit ko‘rsatgich
335
461
544
628
670
Issiq suv sarfining o‘rtachaa me'yoriy ko‘rsatkichi qis, qiymatlari 4.1.3-jadval
Ko‘rsatgichlar
Isitish davrida har bir odamga sutkada sarflanayotgan issiklik suvining sarflanish me'yori (l/odam,sut) «a»
80
90
100
110
120
130
Q is kj/soat·odam yaxlit ko‘rsatgich
1050
1150
1260
1360
1470
1570
4.2. Istemolchilarga sarflanayotgan gazning tartibi
SHahar gaz ta'minotida gazlarning sarflanishi bir hil emasdir. Aholi turmushiga, kommunal maishiy korxonalarga, sanoat korxonalarga gazning sarflanish turlicha bo‘ladi. Gazning sarflanish oylar, kunlar va soatlar davomida o‘zgarib turadi.
Istemolchilarga gaz sarflanishining vaktga bog‘ligini hisobga olib, ularni quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin.
Oylar buyicha yil davomida notekis sarflanish.
Sutka davomida yoki kunlar bo‘yicha xafta davomida gazning notekis sarflanishi.
Soatlar bo‘yicha sutka davomida gazning notekis sarflanishi.
SHaharda gazning sarflanish tartibi, shahardagi alohida istemolchilarda gazning sarflanish tartibiga va ularning umumiy salmog‘iga bog‘likdir. Alohida istemolchilarga gazning notekis sarflanish esa juda ko‘p faktorlarga bog‘likdir, bo‘lar quyidagilar: iqlim sharoitiga ishlab chiqarish korxonalar va tashkilotlarning ish tartibiga; aholining turmush tarziga, milliy urf odatlarga; gaz uskunalarining turlariga va h.k.z. bog‘likdir. Gaz sarfining notekis sarflanishi to‘liq o‘rganish juda katta tajribalarga tayanib kerakli ma'lumotlar to‘plashni talab etadi.
Istemolchilarga gazning notekis taqsimlanishi gaz ta'minoti sistemalaridan foydalanishda juda katta iqtisodiy qiyinchiliklar to‘g‘diradi. Gaz sarfining istemolchilariga ko‘p miqdorda (maksimal) va kam miqdorda (minimal) sarflanishi magistral gaz tarmoqlarining quvvatidan to‘g‘ri foydalanishda qiyinchiliklar kelib chiqadi, bu esa uz vaktida qo‘shimcha mablag‘ sarflanishga olib keladi, ya'ni er osti gaz saqlagich omborxonalar, gazgolder stansiyalari va h.k.z. lar qo‘rilishini talab etadi.
Oylar buyicha yil davomida va mavsumiy gazning sarflanish tartibi. Iste'molchilarga sarflanayotgan gazning yillik sarflanish grafigini tuzishning axamiyati shahar gaz ta'minoti sistemalarida juda kattadir. Yillik gaz sarfi grafiginig tuzilish, gaz qazib chiqarishni rejalashtirish va gaz sarfining notekis taqsimlanishini ta'minlash uchun asos bo‘la oladi. Gaz sarfi notekis taqsimlanishni ta'minlash, gaz ta'minoti sistemalarining ishonchli ishlashini ta'minlaydi va gaz ta'minoti sistemalarining iqtisodiy tejamkorligi oshib boradi. Yillik gaz sarfi grafigini tuzish, gaz ta'minoti sistemalaridan to‘g‘ri foydalanish uchun ham ahamiyati juda kattadir. Oylar bo‘yicha gaz sarfi miqdorini bilish, istemolchilar uchun kerakli bo‘lgan gaz sarfi miqdorini boshqarishni osonlashtiradi va gaz tarmoqlarini ta'mirlash va qayta ta'mirlash ishlarini reja asosida bajarilishini amalga oshirish mumkin.
Istemolchilarga sarflanayotgan gazning yillik grafigini tuzishda 4.2.1- tasvirda keltirgan.
Professor A.A.Ionin va uning shogirdlari tomonidan tuzilgan va o‘rganilib chiqilgan gaz sarfining yillik grafigining axamiyati kattadir.
Tasvirdan ko‘rinib turibdiki, turli xil istemolchilarga gazning sarflanish tartibi turlichadir. Yil da'vomida istemolchilarga isitish