11-amaliy mashg‘ulot mavzu: pishloq ishlab chiqarish texnologiyasini o’rganish pishloq texnologiyasi



Yüklə 16,5 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü16,5 Kb.
#186019
1   2
amaliy 12

Pishloqni yetiltirish — Pishloqni yetiltirish pishloq ishlab chiqarishda oxirgi jarayon hisoblanadi. Yetiltirish natijasida pishloqda o'tkir, shu turga xos bo'lgan ta'm-hid, har xil rasmchalar (ko'zchalar) paydo bo'ladi. Bunday o'zgarishlar pishloq tarkibida moddalarning o'zaro ta'siri ostida boradi. Pishloqda ko'zchalarning paydo bo'lishi shu moddalarning o'zaro ta'sir natijasida hosil bo'lgan va to'plangan karbonat angidrid gazi hisobidan boradi. Pishloqni turiga qarab yetiltirish bir oydan olti oygacha davom etadi. Pishloq yuzasi parafinlovchi apparatlarda olib boriladi. Pishloqni tuzlash-pishloqlar natriy xlor(osh tuzi) bilan tuzlanadi.
Tuzlash mahsulotga o'ziga xos,maxsus tam va o'tkirlik beradi, mikrobiologik va fermentiv jarayonlari muvozanatlashtiradi. Natriy xlor miqdori turli pishloqlar uchun 1,2-7,0% ni tashkil etadi. Pishloqni tuzlashda ikki fizik-kimyoviy jarayon bir vaqtning o'zida sodir bo'ladi: pishloqda tuzning diffuziyalanishi va pishloqdan zardobni osmotik namakobga o'tishi. Birinchisi natriy xlor konsentratsiyasining farqi hisobidan, ikkinchisi pishloq massasi va namakobdagi osmotik bosimining farqi hisobidan boradi. Osh tuzi faqatgina pishloq ta'mini yaxshilovchi to'ldirgichgina emas, balki u pishloqning yetilishini normal borishini ta'minlaydi va biokimyoviy jarayonlarning borishiga ta'sir ko'rsatadi.Pishloqni tuzlash uchun turli usulllar qo'llaniladi: pishloq donalarini presslashdan oldin tuzlash; tuzlash, quruq tuzlash; aralash holda tuzlash. Pishloqni tuzlash usullaridan eng ko'p tarqalgani turli eritmada tuzlash hisoblanadi.
Yüklə 16,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin