11-amaliy mashg‘ulot Elektr ta'minoti tizimiga energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish samaradorligini tahlil qilish va baholash usullarini o'zlashtirish.
Energiyani tejashni hisoblash
Elektr motorni kuchlanishini almashtirishdan, elektr uzatish liniyasida elektr energiyasini tejash va samaradorlikni aniqlash. Nimstansiyadan dvigatelgacha bo'lgan havo liniyasining uzunligi, elektr dvigatelining quvvati va bir yillik ish vaqti 1 -jadvaldaberilgan.
1-jadval
I.Elektr motorni almashtirishdan oldin yillik quvvat isrofini aniqlash
1.Buning uchun biz liniyadagi yo'qotishlarni hisoblaymiz
ΔRl =3*I²*Rl Bu yerda I– yuklamaning nominal toki
Rl – liniyaning aktiv qarshiligi
2.Yuklamaning nominal tokini hisoblaymiz.
R =U*I; I1 = P/U1; I = 315/0.38 =828.95 A
3.Liniyani qarshiligini hisoblaymiz.
Rl = g*L/S
g –O‘tkazgichning solishtirma qarshiligi
L –liniiya uzunligi
S– o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzasi
Rl =300g/S
4.Liniyadagi yo‘qotishlarni hisoblaymiz.
ΔR1=3*828.95²*300g/S =618442292g/S kVt
5.Yillik elektr energiya isroflarini hisoblaymiz
ΔW1 =ΔP1*Ty ΔW1 = (618442292g/S)*5600 =3.4632768*1012g/S kVt*yil
II.Elektr motorni almashtirishdan keyin yillik quvvat isrofini aniqlash
6. Yuklamaning nominal tokini hisoblaymiz
I2 = P/U2 I = 315/6=52.5 A
7. Liniyadagi yo‘qotishlarni hisoblaymiz.
ΔR2=3*52.52*300g/S=2480625g/S kVt
8. Yillik elektr energiya isroflarini hisoblaymiz
ΔW2=(2480625g/S)*5600 = 1.38915*1010 g/S kVt*yil
9. Elektr motorni kuchlanishini 380 V dan 6kV ga almashtirishdan so‘ng tejalgan elektr energiya
ΔW =ΔW1 -ΔW2 ΔW = 346.32768*1010g/S –1.38915*1010g/S = 344.93853*1010g/S kVt*yil
10.Iqtisodiy samaradorlik.
ΔE =ΔW* Sen , bu yerda Sen = 450 so‘m/kVt*soat
ΔE =344.93853*1010g/S*450 = 155235,8385*1010 g/S so‘m/kVt*soat
Agar simning kesmasi ma'lum bo'lsa, eng aniq natijaga erishiladi.
7.Gigiena va sanitariya uchun zarur bo‘lgan issiq suv ta’minoti uchun o‘rnatilgan ARISTON suv isitgichini quyosh kollektoriga almashtirishdan tejalgan elektr energiya: 1200 Vt isitish elementi bilan 80 litr uchun Ariston 80V 1,2 K to‘liq quvvatini 0,00116 * 80 * (60-15) / 1,2 = 3,48 soat davomida isitadi. 1 kuniga elektr energiya iste’moli 250/80*3,48*1,2 = 13,05 kVt, oyiga 391,5 kVtni tashkil etadi.
Wtejalgan EE= 391,5 kVt*soat;
ISiqtisodiy samara= Wtejalgan EE*SUMEE=391,5*450=176175 so‘m
Bir chorak uchun bu ko‘rsatkichlar 1 ga ko‘paytirib olinadi. Chunki tadbir 3 chorakni yakunida amalga oshirilgan.
Wtejalgan EE=391,5 kVt*soat; ISiqtisodiy samara=176175 so‘m