11 amaliy sotsiolingvistik tadqiqot metodlari



Yüklə 22,72 Kb.
səhifə2/3
tarix02.06.2023
ölçüsü22,72 Kb.
#123929
1   2   3
11 amaliy (5)

Tadqiqot dasturi ikki: metodologik va prosedura (yoki tashkiliy- texnik) boiimdan tashkil topadi. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida sotsiolingvistik tamoyillar va metodlar belgilanadi. Prosedura boMimida tadqiqotning ikki xil strategik rejasi ishlab chiqiladi. Sotsiologiyada ular surishtirib biluvchi va tahliliy rejalar, deb rfomlanadi. Tadqiqotning surishtirib bilish rejasiga quyidagilar kiradi: 1) tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish; 2) tanlangan muammplarni sotsiolingvist olimlar bilan muhokama qilish, sotsiologlardan, shuningdek, tilshunoslardan maslahat olish; 3) aholirii ro‘yxatga olish bo‘yicha statistik dalillar va boshqa tegishli ma’lumotlarni o‘rganish; 4) dastlabki kuzatuvlarni o‘tkazish va ishchi taxminlarni chiqarish; 5) ma’lumotni tahiil qilish usullarini taniash. Tadqiqotning tahliliy rejasi quyidagilardan tashkil topadi: 1) sotsiolingvistik anketa, test yoki suhbatni ishlab chiqish; 2) dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish; 3) anketaning oxirgi variantini ishlab chiqish; 4) tanlov turi va hajmini aniqlash; 5) materialning haqqoniyligi vataqdimot bopiigini ta'minlash; 6) anketa so‘rovlarini o‘tkazish; 7) to‘plangan ma’lumotlarni ishlab chiqish; 9) olingan natijalarni tahlil qilish va bayon etish. Tadqiqot jarayonida quyidagi usullar qoilaniladi: a) anketa so‘rovnomalari (bilvosita va bevosita); b) suhbat usuli; d) kuzatish yoki bevosita kuzatish; e) statistik tahlil; f) korrelatsion tahlil. Sotsiolingvistik tadqiqot oldiga qo‘yiladigan bunday shart-sharoitlar va rejani amalga oshirish o‘z navbatida qator muhim masalalarni yechishni talab qiladi. Mazkur kuzatuvning muvaffaqiyatli chiqishi uchun ko‘p vaqt va kuch sarf qilinadi. Qator xorijlik tadqiqotchilar (masalan, Yevropa, Amerika maktablari) vaqt va kuchlardan unumli foydalanish uchun eng muhim savollarni (shu jumladan, sinov savollarini ham) oldindan tuzib olishni maslahat berishadi. Bu usul ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida mavzuni shakllantirishdan tortib, to olingan ma’lumotlarni ishlash yoki ishni xulosa qilishda juda qo‘l keladi.


  • Yüklə 22,72 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin