Ko‘p tuklilar asosan, dengiz va okeanlarda yashovchi 5300 ga yaqin turlarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida suvda erkin suzib yuruvchi, dengiz tubida o‘rmalab yuruvchi, ayniqsa ingichka nay ichida o‘troq yashovchi turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Qum chuvalchangi sohilga yaqin sayozliklardagi balchiqli qumga ko‘milib yashaydi. Qumni ichagi orqali o‘tkazib, undagi organik moddalar bilan oziqlanadi. Ko‘pchilik ko‘p tuklilar, jumladan nereida, qum chuvalchangi, palolo ovlanadigan baliqlar uchun oziq hisoblanadi.