11 fevral Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni


Tanlovning maqsad va vazifalari



Yüklə 372,8 Kb.
səhifə36/161
tarix12.02.2023
ölçüsü372,8 Kb.
#84010
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161
Tanlov nizomi

Tanlovning maqsad va vazifalari
Andijon davlat universitetida 11 fevral - Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayoniga xotin-qizlarni ijodiy yondashishga, mustaqil fikrlash va izlanishga yo‘naltirish, universitet xotin-qizlari o‘rtasida ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorini yuzaga chiqarishdan iborat.
Tanlovning vazifalari:
- xotin-qizlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, mavjud muammoni hal etishga ijodiy yondoshishga, nostandart fikrlashga o‘rgatish.
- xotin-qizlarni keyingi ilmiy faoliyatga bo‘lgan rag‘batini oshirish va ularni ilmiy hamda ijodiy faoliyatga yo‘naltirish.


Tanlov nominatsiyalari


Universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida:

  1. “Eng yaxshi ixtirochi talaba qiz”

  2. “Eng yaxshi maqola muallifi”

  3. “Eng yaxshi innovasion g‘oya (loyiha) muallifi”

  4. “Eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi”



Olima va tadqiqotchi xotin-qizlar o‘rtasida:

  1. “Eng yaxshi ixtiro muallifi”

  2. “Eng yaxshi foydali model muallifi”

  3. “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar ba’zasi muallifi”

  4. “Eng yaxshi innovasion loyiha (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha) muallifi”

4. Tanlovni o‘tkazish va baholash
4.1. Tanlov ikki bosqichda o’tkaziladi. Birinchi bosqichda e’lon qilingan nominasiyalar bo‘yicha talabgorning ishi va uni asoslovchi materiallar fakultetning Ilmiy-uslubiy kengashida baxolanadi. Ishtirokchilarni baholashda talabgorning ilmiy faoliyati, ilmiy izlanishlarining yangiligi, dolzarbligi, tadqiqot doirasida e’lon qilingan maqolalari, olgan patentlari, ilmiy konferensiyalardagi ishtiroki hamda talabgorning universitet miqyosida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki xisobga olinadi.
4.2. Tanlov nominasiyalari bo‘yicha aniqlangan g‘oliblar fakultetning Ilmiy-uslubiy kengashi bayonnomasi bilan rasmiylashtirilib, tanlovning universitet bosqichida qatnashishga tavsiya qilinadi.
4.3. Universitet bosqichida ishtirokchilarning faoliyati 4.1 bandda keltirilgan mezonlar asosida baholanadi. Universitet kengashi nominasityalar bo’yicha g’oliblarni aniqlaydi.
4.4. Tanlov yakunlari bo‘yicha 8 nafar tanlov g‘oliblari taqdirlanadilar.



Yüklə 372,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin