11-laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix15.04.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#98316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lab mashg\'ulot 11-15

14.2 – rasm. TOA tizimining tuzilish sxemasi 


16 
TOA tizimining tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
UT – uzatish tizimi; 
MQ – moslashtiruvchi qurilma; 
OUz – optik uzatgich; 
OT – optik tola; 
OR – optik regenerator; 
KOK – kvant optik kuchaytirgichi; 
OQq – optik qabul qilgich. 
UT, MQ, OUz va UT, MQ, OQq mos ravishda A va B oxirgi stansiyalarining 
uzatish va qabul qilish traktlarini tashkil etadi. Oraliq stansiyalarda OR, KOK 
o‘rnatiladi. Tolali optik liniya traktiga OUz, OT, OR, KOK, OQq kiradi.
6.2 – rasmda ko‘rsatilganidek, uzatuvchi stansiyadan N birlamchi elektrik signallar 
uzatish tizimiga tushadi. UT chiqishidan ko‘p kanalli elektr signali moslashtiruvchi 
qurilmaga beriladi. MQ da bu signal tolali optik liniya trakti bo‘ylab uzatiladigan 
ko‘rinishga o‘zgartiriladi. Optik uzatgichda elektr signali optik tashuvchini 
modulyatsiyalash yo‘li bilan optik signalga aylanadi. So‘ng bu optik signal optik tola 
bo‘ylab uzatiladi. Optik signal tola bo‘ylab tarqalganda so‘nadi va buziladi. Optik
signallarni uzoq masofalarga uzatish maqsadida ma’lum oraliqlarda signallarni
buzilish darajasiga qarab regeneratorlar yoki kvant optik kuchaytirgichlar
o‘rnatiladi. Regenerator kirishida optik signallar elektr signaliga, chiqishida esa
elektr signaldan optik signalga aylantiriladi, ya’ni regeneratorlarda elektr signallar
kuchaytiriladi, sozlanadi va boshlang‘ich formasi tiklanadi. Kvant optik 
kuchaytirgichlari qo‘llanilganda esa so‘ngan optik signallar elektr signaliga
aylantirib o‘tilmasdan kuchaytiriladi. Qabul quluvchi B oxirgi stansiyada teskari 
jarayon amalga oshiriladi. OA da optik tashuvchini informatsion signal bilan 
modulyatsiyalash uchun chastota modulyatsiyasi (ChM), faza modulyatsiyasi (FM), 
amplituda modulyatsiyasi (AM), qutblangan modulyatsiya (QM), intensivlik
bo‘yicha modulyatsiyalash va modulyatsiyaning boshqa turlarini qo‘llash mumkin. 
Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash turi ko‘proq qo‘llaniladi. 
Bunga sabab, bu modulyatsiya turi keng chastota diapazonida optik ÿtkazgichlarda 
qo‘llaniladigan oddiy texnik qurilmalar yarim o‘tkazgich nurlanish manbalari 
(yorug‘lik diodi, lazer diodlar) uchun bajariladi. Yarim o‘tkazgich manbaning 
nurlanish jadalligini boshqarish uchun modulyatsiyalaydigan signal bilan mos xolda 
injeksiya tokini o‘zgartirish yetarlidir. Bu tok kuchaytirgich ko‘rinishidagi elektron 
sxema yordamida oson amalga oshiriladi. Optik nurlanishning intensivlik bo‘yicha 
modulyatsiyasi teskari jarayon optik signalni elektr signaliga aylanish masalasini 
yengillashtiradi. Darxaqiqat, fotoqabul qilgich tarkibiga kiruvchi fotodetektor 
kvadratik asbob xisoblanib, uning chiqishidagi tok optik maydon amplitudasining 
kvadratiga proporsional. 
Intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalangan optik signalni bevosita fotodetektorga 
berib, osongina uni boshlang‘ich signal ko‘rinishini saqlagan elektr signaliga 


17 
aylantirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
fotodetektorlash usuli deyiladi. 
Xozirgi kunda OA ning oxirgi qurilmalari sifatida raqamli uzatish tizimlari (RUT)dan 
foydalanilmoqda. Chunki RUT analog uzatish tizimlariga qaraganda quyidagi 
afzalliklarga ega: shovqin bardoshliligi yuqori, signalni uzatish sifati liniya trakti 
uzunligiga kam bog‘liq, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori va boshqalar. Kanallari 
chastota bo‘yicha bo‘lingan analog uzatish tizimlarining bir qancha kamchiliklari 
tufayli, ularning OA da qo‘llanilishi chegaralangan.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin