3
Optik kuchaytirgichlarni ishi signallarni uzatish tezligiga bog‘liq emas,
regeneratorlarda esa aksincha. Regeneratorlar bitta signal bilan ishlaydi.
Optik
kuchaytirgichlar esa kuchaytirish zonasining berilgan oraliq chegarasida turli to‘lqin
uzunlikli (WDM signal) bir necha optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi.
Retranslyator – regeneratorning umumiy tuzilish sxemasi 8.2-rasmda keltirilgan.
11.2-rasm. Raqamli retranslyatorning umumlashgan tuzilish sxemasi.
Sxemada:
OK – optik kabel (stansiya yoki liniya kabeli);
OEO‘ – optoelektron o‘zgartirgich. Optik signalni elektr signaliga o‘zgartiradi.
OEO‘ sifatida p-i-n fotodiod yoki lavin fotodiod ishlatiladi;
DK – dastlabki kuchaytirgich;
AK – amplituda korrektori, optik kabelda birinchi
navbatda dispersiya tufayli
hosil bo‘ladigan buzilishlarni qisman bartaraf etadi;
QQF – qabul qiluvchi filtr, foydali chastota oralig‘idan tashqaridagi shovqin va
buzilishlarni bartaraf etish maqsadida signal spektriga bog‘liq ravishda chastota
oralig‘ini chegaralaydi;
SAB – sathni avtomatik boshqaruvchi qurilma, elementlarning eskirishi, xarorat
natijasida kabel va OEO‘ xususiyatlarini o‘zgarishidan qurilma
kirishidagi signallar
o‘zgarganda regenerator kirishidagi kirish signallari sathini doimiyligini ta’minlaydi;
BQ – boshqaruvchi qurilma, SAB qurilmasidan berilayotgan signallar ta’sirida
OEO‘ uzatish parametrlari o‘zgarishini ta’minlaydi;
Reg – regenerator, elektr impulslari shaklini tiklaydi;
EOO‘ – elektron optik o‘zgartirgich, elektr impulslari
ketma-ketligini optik
impulslar ketma-ketligiga o‘zgartiradi. EOO‘ sifatida yorug‘lik yoki lazer diodlari
qo‘llaniladi.
Raqamli retranslyatorning asosiy elementi regenerator hisoblanadi.