Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganida ish beruvchi
va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillari tarkibida ish
beruvchining buyrug‘i bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan N-1 shaklidagi dalolatnoma
komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir sutka ichida
komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ikki — to‘rt kishining o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi buyrug‘iga
asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan olib boriladi:
rais — O‘zbekiston Respublikasi (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi;
a’zolar — yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbarlaridan biri,
ish beruvchi, kasaba uyushmasi
qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi.
O‘zbekiston
Respublikasi
«Sanoatgeokontexnazorat»
davlat
inspeksiyasi
yoki
«O‘zenergonazorat» agentliklari organi nazorati ostida bo‘lgan korxona (ob’ekt)dagi shunga
o‘xshash baxtsiz hodisa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston
Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi yoki «O‘zenergonazorat»
agentliklari organining buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya tomonidan yuqori turuvchi xo‘jalik
organi rahbari ishtirokida tekshiriladi. Komissiya raisi qilib, O‘zbekiston Respublikasi
«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi yoki «O‘zenergonazorat» agentliklari organining
rahbarlaridan biri tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi (bosh) davlat mehnat texnika
nazoratchisi komissiya tarkibiga kiradi.
Besh va undan ziyod kishi o‘lgan baxtsiz hodisalar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi,
korxona (bo‘linma,ssex)dagi mehnatni muhofaza qilish ahvolini, agar zarur bo‘lsa, tarmoqning
boshqa korxonalarida ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi
hamda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Komissiya a’zolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil
etadilar, zarur bo‘lsa tegishli organlarga takliflar kiritadilar yoki
ijtimoiy tusdagi yordam
masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o‘lganning oila a’zolariga ularning
huquqlarini tushuntiradilar.
(Bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi maxsus tekshirish komissiyasi chiqargan
xulosalardan norozi bo‘lsa, shuningdek, u zarur deb hisoblagan boshqa hollarda o‘z xulosasini
chiqaradi.
Komissiya a’zosi maxsus tekshirish o‘tkazayotgan komissiya xulosasidan norozi bo‘lganda
o‘zining alohida fikrini bildirishi mumkin.
Maxsus tekshirish komissiyasi talabiga ko‘ra ish beruvchi:
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun o‘zlarining oralaridan ekspert guruhi
tuzish mumkin bo‘lgan ekspert-mutaxassislarni taklif qilishi;
texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan o‘tkazish va boshqa ishlarni amalga
oshirishi;
baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olishi va boshqa zarur
hujjatlarni taqdim etishi;
tekshirish uchun zarur bo‘lgan transport va aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh, maxsus
poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi;
komissiya a’zolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berishi;
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish materiallarini mashinkada yozishni va etarli miqdorda
ko‘paytirishni ta’minlashi shartdir.
Texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari sinovdan o‘tkazish
va taklif qilingan
mutaxassislar amalga oshirayotgan boshqa ishlar, shuningdek, transport va aloqa vositalari
harajatlarini baxtsiz hodisa yuz bergan korxona to‘laydi.
Komissiya a’zolari tekshirish davomida ish beruvchidan, korxona va uning tarkibiy
bo‘linmalari rahbarlari, guvohlar va boshqa shaxslardan yozma va og‘zaki tushuntirishlar olishga
haqlidirlar.
Dostları ilə paylaş: