11-ma’ruza. Baxtsiz hodisalarning tasniflanishi. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning sabablari Reja



Yüklə 306,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix18.04.2023
ölçüsü306,92 Kb.
#99657
1   2   3   4   5
11-маъруза

Izoh: Ekspert guruhi tekshirish komissiyasi raisining farmoyishiga muvofiq tuziladi. Ekspert 
xulosasini talab qiluvchi masalalar va ekspert guruhi xulosasi bo‘lgan materiallar yozma 
ravishda rasmiylashtiriladi. 
Maxsus tekshirish materiallariga quyidagilar kiradi: 
maxsus tekshirish dalolatnomasi; 
har bir jabrlanuvchiga alohida tuzilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma; 
rejalar, sxemalar, tekshirish protokoli va baxtsiz hodisa yuz bergan joyning fotosuratlari
yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joy sxemasi; 
so‘roqlar protokoli, jabrlanuvchining va baxtsiz hodisani ko‘rgan guvohlar va boshqa 
aloqador shaxslarning, shuningdek, GOST, SSBT standartlari, mehnatni muhofaza qilish 
qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishiga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning 
tushuntirishlari, ekspert guruhi tuzish to‘g‘risidagi farmoyish va boshqalar; 
jabrlanuvchilarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitilganligi va yo‘riqnomalar olganligi 
haqidagi qayd daftarlaridan ko‘chirmalar; 
jabrlanuvchiga etkazilgan jarohatning xususiyati va og‘irligi, o‘limi sabablari to‘g‘risidagi 
tibbiy xulosa; 
ekspert guruhining (zarur bo‘lganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, 
laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar va hokazolarning natijalari
avariya tufayli ko‘rilgan moddiy zarar haqidagi ma’lumotnoma; 
maxsus tekshirish komissiyasi tuzish haqidagi buyruq yoki qaror; 
yo‘riqnomalar, nizomlar, buyruqlardan va mehnat xavfsizligi me’yorlarini va unga mas’ul 
bo‘lgan shaxslarni belgilovchi boshqa dalolatnomalardan ko‘chirmalar; 
korxona (bo‘linma,ssex)da mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirish to‘g‘risidagi 
maxsus tekshirish komissiyasining dalolatnomasi; 
zarur bo‘lgan hollarda (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisining xulosasi. 
o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma — etkazilgan zararni qoplash summasini 
hisoblab chiqish uchun;
boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan etkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi buyruq 
nusxasi — o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuz berganda.
Maxsus tekshirish tugaganidan so‘ng 15 kun mobaynida (bosh) davlat mehnat texnika 
nazoratchisi O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi organi 
yoki «O‘zenergonazorat» organi nazoratchisi) tekshirish materiallarini:
guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy 
ichki ishlar organiga yuboradi;
maxsus tekshirishning barcha materiallari nusxalarini viloyat (Toshkent shahar) mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, shuningdek tegishli vazirlikka (xo‘jalik boshqaruvi 
organiga), korxonaga va uning yuqori turuvchi xo‘jalik organiga, jabrlangan xodimni yuborgan 
tashkilotga yuboradi;
Maxsus 
tekshirish 
materiallari 
nusxalari 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi organiga yoki «O‘zenergonazorat» organiga, agar 
baxtsiz hodisa nazorati ostidagi korxona (ob’ekt)da yuz bergan bo‘lsa yuboriladi.
Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi (yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbari) 
maxsus tekshirish materiallarini zudlik bilan ko‘rib chiqishga, baxtsiz hodisa kelib chiqishi 
sabablarini bartaraf etish to‘g‘risida komissiya taklif qilgan chora-tadbirlarni bajarish haqida, 
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha lavozimi va kasbiga oid vazifalarning 
bajarilmasligi (buzilishi)ga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida buyruq 
chiqarishga majburdir. 


Ish beruvchi maxsus tekshirish komissiyasi taklif qilgan chora-tadbirlarning bajarilganligi 
haqida maxsus tekshirish o‘tkazishni boshqargan (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisiga, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» yoki «O‘zdavenergonazorat» 
inspeksiyasi davlat inspeksiyasining ob’ektlar nazorati ostida bo‘lgan mahalliy organlariga 
yozma ravishda axborot beradi. 
Agar jabrlanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotgan davrda shu 
baxtsiz hodisa sababli o‘lib qolsa, ish beruvchi bu haqda darhol davlat mehnat texnika 
nazoratchisiga ko‘rsatilgan tashkilotlarga habar berishga majburdir. 
Ushbu baxtsiz hodisa o‘lim sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab o‘lim bilan tugagan baxtsiz 
hodisa sifatida hisobga olinishi kerak.
 

Yüklə 306,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin