Leksikografiyaning vazifa
doirasiga quyidagilar kiradi:
a) lug’at tuzish printsiplari va metodikasini ishlab
chiqish;
b) lug’at tiplari va turlarini aniqlash;
v) lug’atshunoslarning ishini tashkil qilish;
g) lug’at tuzish uchun asos bo’ladigan kartoteka
fondini yaratish;
d) lug’atchilik tarixini o’rganish;
e) lug’at tuzish bilan shug’ullanish.
Lug’atlar ko’zlangan maqsadga ko’ra dastlab
ikki tipga
bo’linadi: 1.Entsiklopedik (qomusiy) lug’atlar; 2.Lisoniy
(lingvistik) lug’atlar.
www.arxiv.uz
1
.Entsiklopedik lug’atlarda
tabiat va
jamiyatdagi narsa-hodisalar, tarixiy voqea-
jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi
kashfiyotlar, davlatlar, shaharlar haqida
ma’lumot beriladi. Demak, bu tipdagi lug’atlarda
asosiy e’tibor tildagi so’zlarga emas, balki shu
so’zlar yoki so’z birikmalari vositasida nomlangan
hodisalarga qaratiladi.
Entsiklopedik lug’atlar o’z
navbatida ikki
turga bo’linadi.
www.arxiv.uz