Tanlangan tillar miqdoriga ko’ra
lug’atlar bir tilli, ikki tilli va ko’p tilli bo’ladi:
"Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati" (h.homidiy, SH.Abdullaeva, S.Ibrohimova, 1967)
bir tilli; "Ruscha-o’zbekcha va o’zbekcha-ruscha geografiya terminlari lug’ati"
(h.h.Xasanov, 1964), "Adabiyotshunoslikdan qisqacha ruscha-o’zbekcha terminologik
lug’at" (N.T.hotamov, 1969), "Ruscha-o’zbekcha botanika terminlarining qisqacha
izohli lug’ati" (Q.Z.Zokirov, M.N.Nabiev, o’.Pratov, h.A.Jamolxonov, 1963), "Ruscha-
o’zbekcha lug’at" (V.V.Reshetovning umumiy rahbarligida, 1972) kabilar ikki tilli;
"Lotincha-o’zbekcha-ruscha normal anatomiya lug’ati" (A.A.Asqarov, h.Z.Zohidov,
1964). "Botanikadan ruscha-o’zbekcha entsikopedik lug’at"ga (Q.Z.Zokirov,
h.A.Jamolxonov) ilova qilingan "Botanik nom va terminlarning o’zbekcha-ruscha-
lotincha so’zligi" (201-254-betlar) hamda "Botanik nom va terminlarning
lotincha-ruscha-o’zbekcha so’zligi" (255-294-betlar), "Zoologiya entsiklopediyasi"ga
(T.Z.Zohidov) ilova qilingan "Sut emizuvchilarning o’zbekcha-lotincha-ruscha nomlari"
(1960, 210-228 betlar) hamda "Suvda va quruqlikda yashovchilar va sudralib
yuruvchilarning o’zbekcha-lotincha-ruscha nomlari" (1969, 195-226 betlar) esa
ko’p tilli lug’atlardir.
Ikki tilli va ko’p tilli lug’atlardan asosan tarjimachilikda foydalaniladi. SHu sababli ular
tarjima lug’atlari deb ham yuritiladi.
www.arxiv.uz
So’z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko’ra
lug’atlar
izohli va izohsiz turlarga bo’linadi: so’z yoki terminlarning imlosini,
tushunchalarning ruscha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-ruscha nomlarini
berish bilan cheklangan lug’atlar
izohsiz lug’atlar
deb, shunday so’z
yoki terminlarning ma’nolariga izoh beradigan lug’atlar
izohli
lug’atlar
deb ataladi. CHunonchi: "o’zbek tilining qisqacha imlo
lug’ati" (F.Kamolov va Z.Ma’rufov tahriri ostida, 1962), "o’zbek
tilining chappa lug’ati" (R.Qo’ng’irov, A.Tixonov, 1968) kabilar
izohsiz lug’atlar, "o’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati" (Azim
hojiev, 1974), "o’zbekcha-ruscha lug’at" (Bosh muharrir-
prof.A.K.Borovkov, 1959), "o’zbek tilining izohli lug’ati", ikki tomli
(1981 y.) kabilar izohli lug’atlardir.
www.arxiv.uz
Ob’ekti (materiallarning qaysi sohaga yoki nimaga oidligi) jihatidan ham lug’atlar
xilma-xil bo’ladi. CHunonchi:
a)
Dostları ilə paylaş: |