11 ma’ruza. Mahalliy va global tarmoqlar Reja: Birlamchi tarmoqlar. Frame Relay. Tayanch iboralar



Yüklə 26,73 Kb.
səhifə3/9
tarix27.09.2023
ölçüsü26,73 Kb.
#149362
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11 ma’ruza. Mahalliy va global tarmoqlar Reja-www.hozir.org

inxronishtartibli TDM(TDM qisqartmasi ishlatilganda ish tartibini aytib о‘tilmasa, u holda har doim TDM sinxron ish tartibili bо‘ladi)kanallarnikommutatsiyalash tarmoqlarida о‘z tatbiqini topadilar, ularga PDH tarmoqlari ham kiradi. Bu holda barcha axborot oqimlari kanalga ega bо‘lishini sinxronlash quyidagicha amalga oshiriladi, har bir axborot oqimi davriy ravishda kanalni о‘z ixtiyoriga ma’lum belgilangan oraliqdagi vaqtga oladi.
TDM qurilmalarini sinxronlash qurilmaning ishlash siklida kadrni vaqtdagi holatini boradigan manzili sifatida ishlatishga imkon beradi – shu jihati bilan TDM tarmoqlari paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlaridan farqlanib turadi. Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarida jо‘natiladigan manzili kadrda aniq kо‘rsatilishi kerak bо‘ladi.
Bu texnologiya asosida T-1 qurilma ishini 20.2-chizma namoyish etadi, unda ikki multipleksordan (M1 va M2) (TDMmultipleksorlari multipleksorlash va demultipleksorlash vazifalarini bajarib, bir qurilma sifatida ishlab chiqariladi) va bir kommutatordan S1 (shuningdek u yana kross-konnektorham deb ataladi) tashkil topgan tarmoqning bir qismi keltirilgan.
20.2-chizma. PDHtarmoqlarida kanallarni kommutatsiyalash.

TDM tarmoq qurilmalari – multipleksorlar va kommutatorlar – vaqt bо‘yicha taqsimlangan ish tartibida о‘zining ishlash sikli davomida barcha abonent kanallariga navbat bilan xizmat kо‘rsatish orqaliishlaydilar. Ish sikli 125 mks, bu raqamli abonent kanalida о‘lchangan tovushning kelish davriga mos keladi. Demak, multipleksor yoki kommutator harqanday abonent kanaliga о‘z vaqtida xizmat kо‘rsatib va uni navbatdagi о‘lchamini tarmoq bо‘ylab uzatibulguradi. Har bir ulanishga qurilmaning ishlash sikl vaqtining bir kvanti ajratiladi, uni shuningdek taym-slotham deb ataladi. Taym-slot davri (davomiyligi) multipleksor yoki kommutator tomonidan xizmat kо‘rsatiladigan abonent kanallari soniga bog‘liq.


Chizmada kо‘rsatilgan tarmoqda, kommutatsiyalash orqali 24 kanal hosil qilindi va ularning har biri juft abonentni ulaydi. Xususan, 1 kirish kanaliga ulangan abonent, 24 chiqish kanaliga ulangan abonent bilan bog‘langan, 2 kirish kanaliga ulangan abonent, 1 chiqish kanaliga ulangan abonent bilan bog‘langan, xuddi shu kabi 24 kirish kanal abonenti 2 chiqish kanal abonenti bilan kommutatsiyalangan. M1 multipleksori kirish kanali bо‘yicha ulangan abonentlardan axborot oladi, ularning har biri 1 bayt axborotni har bir 125 mks (64 Kbayt/s) oladi. Har bir siklda multipleksor quyidagi xarakatlarni amalga oshiradi:
1. Har bir kanaldan navbatdagi axborot baytlarini qabul qiladi.
2. Qabul qilingan baytlardan kadrni tuzish.
3.Chiqish kanaliga kadrlarni bit tezligida uzatish, u teng 24 64 Kbit/s, bu taxminan 1,5 Mbit/s ni tashkil etadi.
Kadrda baytning kelish tartibi kirish kanalining nomeriga mos keladi. S1 kommutator multipleksordan kadrni tezkor kanal orqali oladi va undan har bir baytni о‘z bufer xotirasining alohida yacheykasiga yozadi, yozilish tartibi zichlab joylashtirilgan kadrdagi tartib bо‘yicha amalga oshiriladi. Kommutatsiyalash operatsiyasini bajarish uchun baytlarni bufer xotirasidan kelish tartibida olinmaydi, tarmoqda abonentlarni ulanish tartibidagi tartibga mos ravishda amalga oshiriladi. Kо‘rilayotgan misolda S1 kommutator kirish 1,2 va 24 kanallarini chiqish 24,2 va 1 kanallari bilan mos ravishda kommutatsiyalaydi. Bu operatsiyani bajarish uchun bufer xotiradan birinchi bо‘lib 2 bayt olinishi kerak, ikkinchi bо‘lib 24 bayt va oxiri 1 bayt olinishi kerak bо‘ladi. Kommutator kadrlardagi baytlarni kerakli darajada “aralashtirib” tarmoqdagi abonentlarni talab etilgan ulanishlarni taminlaydi.
M2 multipleksori teskari masalani hal qiladi – u kadr baytlarini tanlab oladi va ularni о‘zining bir necha chiqish kanallariga taqsimlaydi, bunda u baytning kadrdagi tartib nomeri chiqish kanalining nomeriga mos debxisoblaydi.
Sinxronlikni buzilishi abonentlarning talab etilgan kommutatsiyasini buzib yuboradi, bu holda slotning nisbiy joylanishi о‘zgaradi, demak manzillangan axborot yо‘qoladi. Shuning uchunTDM qurilmasida turli kanallar о‘rtasida taym-slotlarni operativ ravishda qayta taqsimlashni amalga oshirib bо‘lmaydi. Hatto, agarda multipleksorning qaysidir ishlash siklida kanallardan birining taym-sloti ortiqchalik qilsa ham, chunki hozirgi vaqtda bu kanalning kirishida uzatish uchun axborot yо‘q (masalan,telefon tarmoq abonenti sukutda), bu holda u bо‘sh uzatiladi.
Umumiy holda TDM tarmoqlari dinamik kommutatsiyalash ish tartibini yoki doimiy kommutatsiyalash ish tartibini quvvatlashlari mumkin, ba’zida esa bu ikki ish tartibini ham quvvatlaydilar. Raqamli telefon tarmoqlari tarmoq abonentlarning tashabbusi bilan dinamikkommutatsiyalashniquvvatlaydilar.
PDH tarmoqlarining asosiy ish tartibi bu doimiykommutatsiyalash bо‘lib (kross-konnektor nomi ham doimiy ulanishni aks ettiradi). Odatda PDH ulanishlarini о‘zgartirish (konfiguratsiyalashtirish) boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi, katta bо‘lmagan tarmoqlarda esa uni qо‘lda amalga oshiriladi.



Yüklə 26,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin