Bosqichlitezliklar. Katta telefon stansiyalarini ulash planida T-1 kanali multipleksorlashning juda bо‘sh va moslashuvchanligi kam vosita sifatida namoyon bо‘ladi, shuning uchun bosqichli tezliklari bor kanal g‘oyasi joriy etilgan. Tо‘rtta T-1 turidagi kanalni birlashtirib keyingi raqamli bosqich T-2 hosil qilinadi, u axborotlarni 6,312 Mbit/s tezlik bilan uzatadi. T-3 kanali yettita T-2 kanalini birlashtirish orqali hosil qilingan va u 44, 736 Mbit/s tezlikka ega. T-4 kanali oltita T-3 kanalini birlashtirish orqali olingan va natijada 274 Mbit/s tezlikka ega bо‘ladi. Bu texnologiya T-kanallartizimi nomini olgan.
T-kanallar tizimi texnologiyasi Amerikaning milliy standartlar instituti (American National Standard Institute, ANSI) tomonidan standartlashtirilgan va Plesiochronous Digital Hierarchy (PDH) nomini oldi. Standartlashtirish davrida amerika va xalqaro PDH standart versiyalarining о‘rtasida mos emaslik yuzaga keldi. Xalqaro standartda T-kanal tizimiga о‘xshashi YE-1, YE-2 va YE-3turidagi kanallardir, mos ravishda 2,048, 8,488 va 34,368 Mbit/s tezlik bilan farqlanuvchi. Amerika va xalqaro raqamli bosqich texnologiyasiningfarqlanishiga qaramay bosqichli tezliklarni belgilashni bir xil qilib qabul qilingan DSn (Digital Signal n).DS0 tezlik elementarkanaltezligi 64 Kbit/s tezlikka mos keladi.