11-mashg’ulot: Turkiya va Singapur ta'lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari (2s) Reja: 1. Turkiya ta’lim tizimi. 1992 yilda Turkiyada 131023 bolani qamrab olgan 7763 bog’cha ishladi. Bu maktabgacha tarbiya ishidagi umumiy bolalar sonining 5 foizini tashkil etadi.
2. Boshlang’ich maktabda esa bolalar 6 yoshdan 14 yoshgacha ta’lim oladilar. Bu bosqichdagi maktab quyidagi maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi;
a) har bir turk farzandiga yaxshi inson bo‘lib kamol topish, bilimli bo‘lish, uni milliy iftixor ruhida tarbiyalash va fikrlashga o‘rgatish;
6) har bir turk farzandiga qiziqishi, qobiliyati va iste’dodlariga ko‘ra ta’lim berish, ularni hayotga, o‘qishning keyingi bosqichlariga puxta tayyorlashdan iborat.
Boshlang’ich ta’lim muassasalari maktabgacha tarbiya bosqichidan so‘ng ikki qismga: 5 yillik boshlang’ich va 3 yillik o‘rta maktablar bosqichiga bo‘linadi. Har ikki bosqich maktabini bitirganlik haqida o‘quvchilarga attestat beriladi.
Bu ikki bosqich maktab sharoitiga qarab bir maktab bazasida yoki alohida-alohida ikki maktab tarkibida tashkil qilinishi mumkin.
Aholi siyrak va tarqoq qishloqlarda maktab markaziy qishloqlardan birida ochiladi, guruhlashtirish imkoniyati bo‘lmagan tumanlarda esa bu ta’lim bosqichi internatlar tipidagi o‘quv muassasalari shaklida amalga oshiriladi.
3. O‘rta ta’lim boshlang’ich ta’limga taya’nib, kamida uch yillik ta’lim beruvchi umumiy, kasbiy va texnik ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi.
Uning asosiy maqsadi barcha o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim va shunga muvofiq umumiy madaniyat, inson va jamiyat muammolarini o‘rgatish, ularni oliy ta’lim bosqichiga, hayotga, kasb-kor sohalariga tayyorlashdir.
Bu maqsadlar o‘rta umumiy ta’lim, turli dasturlarda kasb-kor o‘rgatuvchi texnik-qurilish qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi litseylarda amalga oshiriladi.
O‘quvning har bir bosqichi bo‘yicha alohida-alohida dasturlar mavjud. Bu dasturlar quyidagilardir:
— ta’limning oliy bosqichiga tayyorlash dasturi;
— kasbga va oliy ta’limga tayyorlash dasturi;
— hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash dasturi va xokazolar.