11-mashg’ulot: Turkiya va Singapur ta'lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari (2s) Reja: Turkiya ta’lim tizimi



Yüklə 28,93 Kb.
səhifə2/3
tarix19.08.2023
ölçüsü28,93 Kb.
#139840
1   2   3
17 sem

2.Turkiya litseylari.
Litseylar o‘z turlariga va jumhuriyat ehtiyojiga ko‘ra quyidagicha ixtisoslashtirilgan:
— umumiy litseylar — o‘quvchilarni oliy ta’limga tayyorlaydi, 3 yil;
— fan litseylari — alohida fanlardan iqtidorli va ijodkor o‘quvchilar bilimini va qobiliyatini takomillashtiradi, 5 yil;
— kichik litseylar — kunduzgi litseylarda o‘qish imkoniyati bo‘lmaganlar uchun, o‘qish 4 yil;
— kasb-hunar litseylari —o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari 6o‘yicha turli kasb-hunar o‘rgatadi, o‘qish muddati 3 yil;
— nafis san’at litseyi — ona tili va adabiyoti, rasm, musiqa kabi bo‘limlarga ega;
— o‘qituvchilar litseylari — boshlang’ich ta’lim bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlaydi. O‘qish muddati 1 yil tayyorlov kursini hisobga olganda 4 yil;
— tijorat va turizm ta’limi litseylari — maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo, umumiy ovqatlanish shahobchalariga va boshqa sohalarga mutaxassislar tayyorlab beradi;
— diniy ta’lim maktablari — imom-xatib hamda din darsini o‘tuvchi o‘qituvchilar tayyorlaydi;
— maxsus ta’lim maktablari — ular korrekstion maktablar bo‘lib, jismoniy-aqliy jihatdan nuqsoni bor bolalar uchun mo‘ljallagan;
— texnik litseylar — o‘quvchilarga umumiy fanlar bilan bir qatorda industrial kasb-hunar ta’limini beradi.
Bundan tashqari Turkiyada qizlar kasb litseyi, qizlar texnik litseyi, qizlar san’at o‘rta maktablari, qizlar, o‘g’il bolalar xususiy maktablari mavjud.
3.Turkiya litseylari va ularda ta’lim dasturlarining bajarilishi.
O‘rta ta’lim boshlang’ich ta’limga tayanib, kamida uch yillik ta’lim beruvchi umumiy, kasbiy va texnik ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi.
Uning asosiy maqsadi barcha o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim va shunga muvofiq umumiy madaniyat, inson va jamiyat muammolarini o‘rgatish, ularni oliy ta’lim bosqichiga, hayotga, kasb-kor sohalariga tayyorlashdir.
Bu maqsadlar o‘rta umumiy ta’lim, turli dasturlarda kasb-kor o‘rgatuvchi texnik-qurilish qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi litseylarda amalga oshiriladi.
O‘quvning har bir bosqichi bo‘yicha alohida-alohida dasturlar mavjud.
By dasturlar quyidagilardir:
— ta’limning oliy bosqichiga tayyorlash dasturi;
— kasbga va oliy ta’limga tayyorlash dasturi;
— hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash dasturi va xokazolar.

Yüklə 28,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin