5.Tarbiya qonuniyatlarini sharhlab bering Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barqaror aloqalar. Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud: ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi; tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi; faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai; tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’siri, o’zaro munosabatlari amda faol faoliyati o’rtasidagi bog’lanish; tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning intensivligi; tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi; tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish..
6.Tarbiya tamoyillarini izohlang. Tarbiya tamoyillari - bu tarbiyaviy ishning yo’nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo’yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir. Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi: maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi; tarbiyaning insonparvarlashuvi; tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog’liqligi; tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv; jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko’rish; shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo’shib olib borish; o’qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi; tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish; tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.