11-Mavzu: Chiqindixona gazlaridan foydalanish



Yüklə 13,81 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü13,81 Kb.
#193642
11-ma\'ruza (1)


11-Mavzu:Chiqindixona gazlaridan foydalanish


Maishiy chiqindilardan olinadigan gaz. Qattiq maishiy chiqindilar uyumi kо‘milganida ularning organik tarkibi anaerob sharoitda chirishi natijasida chiqindixona gazlari hosil bо‘ladi. Chiqindixona gazi hosil bо‘ladigan davr taxminan 50-100 yilni tashkil etadi. Biroq eng samarali chiqindixona gazi 10-15 yil davomida hosil bо‘ladi. Bioreaktordan foydalanish ( -rasm) chiqindixona gazlarining hosil bо‘lishini nazorat qilish imkonini beradi, qattiq chiqindilar massasiga suv va boshqa moddalarning qо‘shilishi bu gazlarning hosil bо‘lishini tezlashtiradi. Chiqindixona gazi tarkibi kо‘milgan chiqindilar xususiyati, ularning kо‘milish muddati, iqlim sharoiti va boshqa omillarga bog‘liq holda о‘zgaradi. Odatda chiqindixona gazi tarkibida 50 foiz metan, 45 foiz uglerod dioksidi va ma’lum miqdorda azot, kislorod, vodorod sulfid, suv bug‘lari va qattiq zarrachalar bо‘ladi. Bu gazdan foydalanishdan avval u qattiq zarrachalardan va suvdan tozalanishi, sovutilishi va siqilishi (kompressiya qilinishi) lozim. Tо‘yintirilgan va siqilgan chiqindixona gazidan uning tozalanish darajasi va qiymatiga qarab, qozon yoki gorelka, bug‘ yoxud elektr energiyasi ish- lab chiqarish uchun yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin, shuningdek, gazni transportirovka qiladigan umumiy tizimga yetkazib beriladi. Tabiiy gazni yoqishga mо‘ljallangan gorelka uchun chiqindixona gazidan foydalanishda ushbu gorelkalar shaklini biroz о‘zgartirish talab etiladi. Negaki, chiqindixona gazi past issiqlik hosil qilish qobiliyatiga ega. Bug‘ ishlab chiqarishda esa u iste’mol qiluvchi qurilma о‘rnatilgan joy yaqinida joylashgan bо‘lishi lozim. Chunki yuqori bosimga mо‘ljallangan izolyatsiyalangan pо‘lat quvurlarni о‘rnatish qimmat turadi, boz ustiga bug‘ning transportirovkasi paytida issiqlik yо‘qotilishi mumkin. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun porshenli kompressorli dvigatellar, gaz va bug‘ turbinalari, shuningdek, sо‘nggi paytda joriy etila boshlangan mikroturbinalar va yoqilg‘i elementlaridan foydalanish mumkin.
Estoniya poytaxti - Tallin mamlakatdagi eng katta shahar hisoblanadi. Uning aholisi 411594 kishini tashkil eta- di. Bu yerda har yili 350-400 ming tonna organik chiqindi chiqariladi va Paaskuladagi qariyb 25 gektar maydonni tashkil etadigan chiqindixonaga joylashtiriladi. Chiqindixonadagi chiqindilar qatlamining о‘rtacha balandligi 35 metr. Chiqindilarni ajratishda asosiy tarkibiy qismini metan tashkil etadigan (65 foiz) chiqindixona gazi hosil bо‘ladi. 1994 yilda “Yesti Gaaz” mas’uliyati cheklangan jamiyat gaz kompaniyasi va bir qancha sarmoyadorlar Paaskuladagi chiqindixona gazlaridan foydalanish bо‘yicha loyiha taklif etdilar. Bu borada yangi “TERTS” mas’uliyati cheklan- gan jamiyati kompaniyasi tashkil etilib, u dastlab Skandinaviya mamlakatlari mutaxassislarining yordamida bio- gazning hajm va sifat tarkibini tekshirdi. 1995 yilda Paaskuladagi chiqindixonaga о‘rnatilgan kollektor konteyneriga ulash uchun 5200 metr gaz filtrla- ri va 2000 metr quvur ishga tushirildi. Har bir filtrdan ajratib olinadigan biogaz kollektor quvuri orqali kompressor stansiyasiga kelib tushadi. Bu stansiyada gaz siqiladi va tozalanadi. Sо‘ngra bu biogaz taqsimlash tarmoqlari orqali qozonxonaga kelib tushadi va bu yerda mazut yoqilg‘isining muqobili sifatida issiqlik energi- yasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Paaskula chiqindixonasi hududida sanitariya sharoitini yaxshilashda ul- kan hissa qо‘shdi. Skandinaviya mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda, bu loyiha foyda keltirishi kutilmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida yangi bunyodkorlik loyihalari bilan tanishar ekan, ularni takomillashtirish va qisqa muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. 
O‘tgan qariyb bir yil davomida mazkur loyihalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Kogon tumanida chiqindilarni saralash va qayta ishlash zavodi ish boshladi. 
Korxonaga tumandagi foydalanilmay yotgan bo‘sh bino va inshootlar investitsiya kiritish majburiyati bilan "nol" qiymatda berildi. Shartnomaga ko‘ra, 1,6 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, yordamchi binolar ta’mirlandi. 5,5 milliard so‘mlik investitsiya kiritilib, zavodning asosiy ishlab chiqarish binolari qurildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning viloyat filiali tomonidan ajratilgan 6 million AQSh dollaridan ziyod kredit hisobidan loyihaning birinchi bosqichi nihoyasiga yetkazildi. Xitoyda ishlab chiqarilgan chiqindilarni saralash liniyasi o‘rnatildi. U bir kecha-kunduzda 450 tonnagacha chiqindini qabul qilish quvvatiga ega. Zavodning chiqindilarni saralash liniyasi, aniqrog‘i, korxonasida konveyyer asosida dastlab og‘ir jismlar – metall, tosh va shisha, so‘ngra yaroqsiz rezina va avtoshinalar, yog‘och-taxta bo‘laklari, shox-shabba va xazon, makalatura, qurilish chiqindilari, plastmassa idishlar, yaroqsiz va qiyqim matolar saralanadi. Barcha jarayon to‘liq va yarim to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda boshqariladi. 
Chiqindilardan tayyorlanayotgan isitish qozonxonalarida foydalaniladigan muqobil piroliz yoqilg‘isi, briket, sintetik tola, qog‘oz karton, to‘qimachilik matosi, pishgan g‘isht, biogumus va boshqa mahsulotlar xaridorgir. Hademay, mato qiyqimlari va yaroqsiz matolardan to‘qimachilik gazlamasi ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. 
– Faoliyati ko‘pqirrali bo‘lgan loyihaning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ekologik ahamiyati ham katta, – deydi “Aholitrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Sohib Kenjayev. – U Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon tumanlarida hosil bo‘ladigan turli maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali mazkur hududlardagi atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Hozirgi paytda chiqindilarni tashish xizmati, saralash, qayta ishlash, qadoqlash sexlari va boshqa yordamchi bo‘linmalarda 350 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda.
Yüklə 13,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin