11-mavzu. Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab ergash gapli qoʻshma gap Mavzu rejasi



Yüklə 19,55 Kb.
tarix12.06.2023
ölçüsü19,55 Kb.
#128883
11-mavzu.Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab ergash gapli qoʻshma gap


11-mavzu. Hol ergash gapli qoʻshma gaplar. Payt, oʻrin, sabab ergash gapli qoʻshma gap
Mavzu rejasi:
1.Tashkiliy qism.
2. Mavzuga oid talabalar bilimini savol-javob va mashqlar orqali tekshirish va mustahkamlash.
3. Test topshiriqlari asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash.
4. LTQ texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
5. Mashgʻulotni yakunlash.
Adabiyotlar:1) 16-21 b; 2)5-25b;
Tavsiya etiladi:
1. M.Hamroyev. Ona tili Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 15-22
2. M.Hamroyev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. Toshkent: TDPU. 2019. 6-11
444-mashq. 1-topshiriq. Berilgan qo‘shma gaplar tarkibidagi ergash gaplarni aniqlab, bosh va ergash gapni bog‘lovchi vositalarni belgilang.

1. Oyimxon sirni baralla ochib gapira boshlagan edi, Gulsum uyalganidan mulo­yim ovoz bilan kuldi. (P. Tursun) 2. Qayerdaki intizom mahkam, u yerda ish yirik. Qayerdaki intizom buzildi, u yerda ish rasvo. (Uyg‘un) 3. Chaqimchilik yomon illatdir, chunki u tufayli odamlar o‘rtasi buziladi. 4. Har kishi ter to‘kib qiladi meh­nat, xalqimning turmushi obod bo‘lsin deb. (G‘. G‘ulom) 5. Tosh shu qadar silliqki, go‘yo haykaltarosh xo‘p hafsala bilan yo‘ngan. (H. Nazir) 6. Agar odamlar bir-biri uchun mehnat qilsa, yer yuzining o‘zi jannat bo‘ladi. (A. Qahhor) 7. Issiq birmuncha bo‘shashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida edi. (M. Ismoiliy) 8. Azimboy shunday zulm o‘tkazdiki, oqibatda xalqning sabr kosasi to‘ldi. (S. Ahmad) 9. Daraxtning bo‘yi qancha cho‘zilsa, ildizi ham shuncha chuqur ketishi kerak. (E. Usmonov)

2-topshiriq. Yuqoridagi qo‘shma gaplardan kengaygan hol birikmali sodda gap-lar hosil qiling.
Namuna: Intizom mahkam yerda ish yirik.
3-topshiriq. Yuqoridagi hol ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gap-ning qaysi jihatini ochib berayotganini aniqlang.

445-mashq. 1-topshiriq. O‘qing. Payt ergash gaplarni topib, bosh gapga bog‘lovchi vositalarini aniqlang.

1. Ilon bilanglab qocha boshlagan edi, xoda bilan urdim. (S. Anorboyev) 2. Asqar polvon o‘ylanib, hali javob berganicha yo‘q edi, og‘ir bulutli havoni artilleriya dahshatli gumburlatib yubordi. (Oybek) 3. U shaloplatib suv olar ekan, qamishzor-lar­ning narigi chetidan qaqag‘lagan tovush eshitildi. (S. Siyoyev) 4. Oybodoq keta boshlagan edi, Otabek uni to‘xtatdi. (A. Qodiriy) 5. Sanobar javon oldida ko‘ylak tanlar ekan, yana o‘y surib ketdi. (M. Xayrullayev) 6. O‘sha to‘polon tinchigandan keyin bir hafta o‘tuvdi hamki, men uy poylab qoldim. (E. Raimov) 7. Orif ota gul­larning ta’rifini hikoya qilgudek bo‘lsa, hamsuhbatining og‘zini ochirib qo‘yadi. (R. Fay­­ziy) 8. G‘ishtlarni birma-bir olishgan edi, oltin to‘la xumning og‘zi ko‘rindi. (S. Yunusov) 9. Yomg‘ir yog‘a boshlasa, ish taqqa to‘xtaydi. (H. G‘ulom)

2-topshiriq. Yuqoridagi qo‘shma gaplarni sodda gapga aylantiring.
3-topshiriq. Payt ergash gapli qo‘shma gapga 4 ta misol yozing.

446-mashq. 1-topshiriq. Berilgan o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh va ergash gapni aniqlang. Bosh va ergash gap tarkibidagi bir-biriga ishora qiluvchi vositalarni ko‘rsating.

1. Odamzod kindik qoni to‘kilgan joyni tark etsa, qushmijoz bo‘lib qolarkan. 2. Qayerda yashash qulay bo‘lsa, o‘sha yerga in quraverar ekan. ( “Yoshlik” jurnali-dan) 3. Siz qayerda bo‘lsangiz, biz ham o‘sha yerda bo‘lamiz. (B. Rahmonov) 4. Qayerdaki hayot mavjud ekan, o‘sha yerda hayotiy jarayonlarning muntazam rit-mi, maromiyligi mavjud. (“Tafakkur” jurnalidan) 4. Tabiat hamma narsani bir-biriga mos, mutanosib qilib yaratgan. Qayerdaki bu mutanosiblik buzilsa, fojia ke-lib chiqadi. (S. Siyoyev)
2-topshiriq. Yyqoridagi qo‘shma gaplarni sodda gapga aylantiring.
3-topshiriq. 4 ta o‘rin ergash gapli qo‘shma gap tuzib yozing.

447-mashq. 1-topshiriq. Berilgan sabab ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh va ergash gapni aniqlang. Sabab ergash gapning bosh gapga nima yordamida bog‘langanini ayting.

1. O‘qituvchiga kibr-u havo va takabburlik aslo yarashmaydi, chunki yosh avlod undan ibrat oladi. (R. Usmonov) 2. Bolalar chana uchishgan bo‘lsa kerak, anhor ustidagi ko‘prik yaxmalak bo‘lib ketibdi. (H. G‘ulom) 3. Qishloqqa bahor ilgariroq keldi, shekilli, Vasila Nazarovna tanaffus paytida yo‘lakda yugurib ketayotgan bir qizaloqning qo‘lida gunafsha ko‘rib qoldi. (O‘. Hoshimov) 4. Biz tabiatni muhofaza qilishga yetarli e’tibor bermadik, shuning uchun ba’zi qushlar va hayvonlar kam­­­­­­­­­­yob bo‘lib qoldi. 5. Lekin azalda taqdirimiz qora bitilgan ekanmi, tez kunda boshimizga og‘ir kunlar tushdi. (Oybek) 6. Tut beor emasmi, tez tutib, o‘sa bosh­ladi. (T. Ashu­rov)



2-topshiriq. Yuqoridagi qo‘shma gaplarni sodda gapga aylantiring.
3-topshiriq. 4 ta sabab ergash gapli qo‘shma gap tuzib yozing.
448-mashq. Berilgan qo‘shma gaplardagi shuning uchun bog‘lovchisini chunki bog‘lovchisi bilan, chunki bog‘lovchisini shuning uchun bog‘lovchisi bilan almashtiring. Bunda ular tarkibidagi sodda gaplar tartibi, ergash va bosh gaplarning munosabatida qanday o‘zgarish ro‘y berayotganini izohlang.

1. Yog‘och yengil, shuning uchun u suvda cho‘kmaydi. 2. Dangasa bahona iz-laydi, chunki unga mehnat yoqmaydi. 3. Badantarbiya odamni so‘g‘lom qiladi, shuning uchun doimiy ravishda badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim. 4. Ma’ri-fatli inson hayotda adashmaydi, chunki ma’rifat insonni to‘g‘ri yashashga o‘rga-tadi. 5. Choyni damlaganimga ancha bo‘ldi, shuning uchun sovib qolgan bo‘lsa kerak. 6. Yolg‘on gapirmanglar, chunki yolg‘on iymonga ziddir.
Yüklə 19,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin