3 I bob. Qo’shma gaplar uslubiyati



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə1/7
tarix11.07.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#136371
  1   2   3   4   5   6   7
Qo\'shma gapni bog\'lovchi vositalar.



MUNDARIJA
Kirish...........................………….............................................................................3
I BOB. QO’SHMA GAPLAR USLUBIYATI
1.1. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonimimyasi. ……………..6
1.2 Ravishdosh oborot va qo‘shma gap stilistikasi ………………………….…16
II.BOB.Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar
2.1. Bog‘langan qo‘shma gaplar …………………………………….28
2.2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi………..33
Xulosa ………………………………………………………36
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………37
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi. Mavzuning dolzarbligi: Qo‘shma gap sintaktik birlikning eng yuqori shaklidir. Qo‘shma gaplar uchun sodda gaplar qurilish materiali sanaladi. Qo‘shma gaplar mustaqil sodda gaplardan emas, balki mazmun va grammatik jihatdan bir-biriga bog‘liq birliklardan tashkil topadi. Mazmuni, gramm1atik tuzilishi hamda intonatsiyaga ko‘ra bir butunlikni tashkil etgan, turli xil grammatik, leksik-grammmatik va leksik vositalar yordamida birikkan tuzilmalar qo‘shma gap deyiladi. Demak, qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplar mazmun va intonatsiyasi jihatidan yaxlitlikni, bir butunlikni tashkil etadi. Qo‘shma gap muammosi o‘zbek tilida XX asrning 30-yillaridan keyin ma’lum darajada o‘rganila boshlandi. Qo‘shma gaplar dastlab ikki asosiy turga bo‘linib kelingan. V.A.Bogorodskiy1 ham qo‘shma gap gaplarni ergashgan va bog‘langan deb ikkiga ajratish birmuncha sun’iy ekanligi, u tildagi jonli turli-tumanlik, xilma-xillikni o‘zida aks ettira olmasligini aytgan.
I.A.Batmanov2 o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarni uchga bo‘lib tekshiradi: shart ergash gap, o‘zgalar gapi, bog‘langan qo‘shma gaplar. A.K.Borovkov3 qo‘shma gapning ikki asosiy turi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Xuddi shu xildagi fikr A.N.Kononov4 ishida ham ta’kidlangan. M.Asqarova5 qo‘shma gaplarni ikki guruhga bo‘lib qrganadi. G’.A.Abdurahmonov6 esa qo‘shma gaplarni uch turga bog‘lovchisiz qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma
N.A.Baskakov7 qo‘shma gaplarni uch guruhga bo‘lib tekshiradi: bog‘langan qo‘shma gaplar, (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) ergashgan qo‘shma gaplar (bog‘lovchili, bog‘lovchisiz) va ko‘chirma gaplar ergashgan qo‘shma gap. Keyingi yillarda qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning qurilish qolipiga ko‘ra tasniflash tavsiya etiladi. Qo‘shma gaplarni tasniflaganda ularning tarkibidagi sintaktik aloqa va munosabatlarni ham hisorbga olish lozim bo‘ladi. Sintaktik aloqaning tenglashish aloqasi, tobelanish aloqa kabi oppozitsiyalarini hosil qiluvchi qutblari mavjud. Tenglashish aloqasining xarakteri uning birinchi bosqich paradigmasini belgilashda oppozitsiya asosi vazifasini bajaradi. Tenglashish aloqa tarkibida ikki ko‘rinishni farqlash mumkin: a) yopiq qatorli tenglashish; b) ochiq qatorli tenglashish. Yopiq qatorli tenglashishda ma’nosiga ko‘ra biriktiruv, zidlov aloqasi o‘z aksini topadi, vazifaga ko‘ra qo‘shma gap hosil qiladi. Ochiq qatorli tenglashishda ma’nosiga ko‘ra ayiruv-chegaralov, inkor aloqa o‘z aksini topadi, vazifasiga ko‘ra qo‘shma gap hosil bo‘ladi. Qo‘shma gapni hosil qiluvchi ayiruv, inkor bog‘lovchilari ishtirok etadi. Tobelanish aloqasi tobelikning yo‘nalish xususiyatiga ikki xil aloqa hosil qiladi: a) koordinativ aloqa; b) subordinativ aloqa. Koordinativ aloqa vazifasiga ko‘ra nominativ va kommunikativ birlik hosil qiladi. Tuzilishiga ko‘ra qo‘shma gaplar hosil qiladi. Subordinativ aloqa qo‘shma gaplarni hosil qiladi, bu qo‘shma gaplar tarkibidagi aloqa sodda gaplar tarkibidagi boshqaruv aloqasini eslatadi.
Qo‘shma gap tasnifida sntaktik aloqa mezonlarinigina emas, balki sintaktik munosabat mezonlarini ham hisobga olish kerak. Sodda gaplar tarkibida monopredikativ sintaktik munosabat mavjud bo‘lsa, qo‘shma gaplarda polipredikativ sintaktik munosabatlar mavjud. Polipredikativ sathda sintaktik munosabatlarning to‘rt xili vujudga keladi: predikativ munosabat, atributiv munosabat, posessiv munosabat, situativ munosabat. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplar ma’lum mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi, qurilish qolipi va intonatsiyasiga ko‘ra bir necha ko‘rinishga ega. Ular quyidagilardan iborat:
1.Bog‘langan qo‘shma gaplar.
2. Ergash qo‘shma gaplar.
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
4. Ko‘chirma qurilmali qo‘shma gaplar.
Qo‘shma gap qismlarining birikish usullari mavjud bo‘lib, ular parataksis va gipotaksis sanaladi. Parataksis so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, bog‘lanish, qator tuzish degan mazmunni ifodalaydi.
Qo‘shma gapning tarkibidagi qismlar o‘zaro bir-biriga intonatsiya va yordamchi vositalar bilan bog‘lanadi. Intonatsiya qo‘shma gapning hamma turida ishtirok qiladigan universal vosita sanaladi. Qo‘shma gapning shakllanishidagi ishtirokiga ko‘ra, intonatsiya bosh va yordamchi rolni o‘ynaydi va mavzuni dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin