II.BOB.QO’SHMA GAP QISMLARINI BOG’LOVCHI VOSITALAR 2.1. Bog‘langan qo‘shma gaplar 1.Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari deb nomlanadi. 2.Qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar bog‘lovchi vositalar deyiladi. 3.Qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun quyidagi vositalar xizmat qiladi: a) bog‘lovchilar – teng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilar; b) bog‘lovchi vazifasidagi vositalar: -bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar -bog‘lovchi vazifasidagi bo‘lsa, esa, deb so‘zlari -nisbiy so‘zlar -ko‘makchili qurilmalar: shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois -fe’lning -sa shart mayli qo‘shimchasi c) ohang
4.Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 guruhga bo‘linadi4: a) bog‘langan qo‘shma gaplar b) ergashgan qo‘shma gaplar c) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar
Bog‘langan qo‘shma gapning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan mazmun, odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi., biri ikkinchisini izohlamaydi. Ammo qo‘shma gap qismlari mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan yoki bir turdagi tushunchalarni ifodalaydi. Qo‘shma gap qismlari umumiy bir fikrni, tushunchani, niyatni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu bir tushunaning, niyatning elementlari sanaladi. Bunday semantik aloqa ayiruv munosabati deyiladi.
Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu’lalar jim-jim o‘ynashadi, goh ko‘lankalar yonib ketadi, goh shu’lalarni ko‘lankalar yutadi. Ayiruv munosabatini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro ayiruv bog‘lovchisi va ba’zan, hali, bir kabi ayrim leksik elementlar yordami bilan bog‘lanadi.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining biri ma’lum voqea, hodisa, holatning ro‘y berishiga sabab bo‘lgan voqea, holatini ikkinchi qism esa shu sabab asosida ro‘y bergan voqea, hodisa. Holatini ifodalaydi. Sabab-natija munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar o‘zaro biriktiruv bog‘lovchisi yoki –u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi. Bundan tashqari, intonatsiya, mantiqiy urg‘u va modal so‘zlar orqali ham sabab-natija munosabati ifodalanadi. Qiz yalt etib Jamolga qaradi-yu, yuragi hovliqib ketdi. Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan gaplarning so‘nggisi oldingi aytilgan gaplarning mazmuniga qo‘shimcha umumiy izoh bo‘ladi, ular oldingi gaplarning mazmuniga aloqador bo‘lgan yoki shu mazmundan kelib chiqadigan biror qo‘shimcha xabarni ifodalaydilar. Tarkibiy qismlarining o‘zaro semantik munosabatiga ko‘ra, bog‘langan qo‘shma qo‘shma gapning bu tipii ikki turga bo‘linadi:
1. Izohlash munosabatini ifodalaydi. 2. Qo‘shimcha ma’lumot berish uchun xizmat qiladi. Bog‘langan qo‘shma gapning izohlash munosabatini ifodalovchi guruhida qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan umumiy mazmunni izohlaydi yoki so‘zlovchining birinchi qismning mazmuni haqidagi fikri, bahosi, munosabatini ko‘rsatadi.
Teng bog‘lovchilar orqali birikkan biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo‘lmagan, teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan shaklan mustaqil mazmunan o‘zaro bog‘langan gaplardan shakllangan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap sanaladi.
Bunday qo‘shma gap qismlarining bir-biriga bog‘liqligi ularning tuzilishida, kesimlarining semantik va grammatik munosabatda, umumiy gap bo‘laklarining mavjudligida ham ko‘rinadi. Shuning uchun ham bog‘langan qo‘shma gap, qancha gaplardan tashkil topmasin, yaxlit yagona bir qurilmani tashkil qiladi. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, zidlov munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar va bog‘lovchi vazifasida keluvchi –da, -u (-yu) yuklamalari orqali birikadi.
Bog‘langan qo‘shma gaplarda birinchi gap, odatda, erkin holda tuzilgan bo‘ladi, keyingi gap esa bog‘langan qo‘shma gap komponentlari orasidagi munosabatga bog‘liq holda shakllanadi. Shuning uchun ham bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda sodda gaplarni biriktirish uchun teng bog‘lovchilar qo‘llanadi. Ergash gapli qo‘shma gaplarda esa tobe bog‘lovchi va nisbiy so‘zlar (kim, nima, qanday, shunday) qo‘llanadi. 2. Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari har vaqt ma’lum shaxs, zamon ko‘rsatuvchi mustaqil shaklda bo‘ladi.
Ergash gapli qo‘shma gap kesimlari esa ravishdosh, sifatdosh, shart fe’li orqali ifodalangan tobe shaklda bo‘ladi. 3. Bog‘langan qo‘shma gapda sanash, qiyoslash intonatsiyasi bo‘lsa, ergash gapli qo‘shma gaplarda tobelantiruvchi yoki izoh intonatsiyasi bo‘ladi. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro aloqasi quyidagi mazmun munosabatlari ifodalanadi:
1. Qiyolash munosabati. 2. Biriktiruv munosabati. 3. Ayiruv munosabati. 4. Sabab va natija munosabati. 5. Izohlash munosabati. Har qanday grammatik shakl, shu jumladan bog‘langan qo‘shma gaplarning grammatik shakli ikki xil ma’noga – umumiy va xususiy grammatik ma’noga ega.
Biriktiruvchi bog‘lovchilar umumiylik vazifasini, ergashtiruvchi bog‘lovchilar xususiylik vazifasini bajaradi. Biriktiruvchi, ayiruvchi bog‘lovchilari orqali shakllangan bog‘langan qo‘shma gaplarda ochiq strukturali qo‘shma gaplardir. Zidlov bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari, faqat bog‘lovchisi, -u(-yu) yuklamalari yordamida shakllangan bog‘langan qo‘shma gaplar yopiq strukturali qo‘shma gaplardir. Ba’zan bog‘langan qo‘shma gaplarda –b (-ib) ravishdosh va –sa shart fe’li shakli grammatik shakl sifatida ishtirok etadi. Bunday qo‘shma gaplarning ham strukturasi yopiq struktura hisoblanadi.
Qiyoslash munosabatini ifodalagan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning intonatsiyasi bir xil bo‘lmaydi. Bunda qo‘shma gapning birinchi qismi ko‘tarilgan intonatsiya bilan, ikkinchi qismi esa pasaygan intonatsiya bilan talaffuz etiladi; har ikki qism o‘rtasida ancha sezilarli pauza bo‘ladi. Qo‘shma gap tarkibidagi qiyoslanayotgan bo‘laklarga kuchli mantiqiy urg‘u tushadi. Bu urg‘u bo‘lsa, esa fe’llari yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda kuchli bo‘ladi: Otabek dahshatlanib yonidigagi Aliga qaradi, Ali esa labini tishlab turar edi.
Qiyoslash mazmun munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar zidlash, qiyoslash, izohlash kabi turli ma’no ottenkalarini ro‘yobga chiqaradi. Qo‘shma gap qismlarining umumiy mazmun yoki gaplar tarkibidagi ayrim bo‘laklar biror tomondan bir-biriga zid qo‘yiladi.
Zidlash munosabatini ifodalovchi qo‘shma gap qimlari asosan ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari orqali birikadi. Kiyoslash orqali voqea, hodisa, predmet va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi farqlar ochiladi.
Qiyoslash mazmuni asosan bo‘lsa, esa fe’lari, yuklamalar, zidlov bog‘lovchilari vositasida ifodalanadi.
Bu xil qo‘shma gap qismlarining tuzilishida ma’lum parallelizm bo‘ladi. Qiyoslanayotgan bo‘laklarning xususiyatlaridagi farqlar ochiladi. Bog‘langan qo‘shma gap izohlash munosabatini ifodalaydi. Bunda qismlarning tarkibidagi ayrim bo‘laklarning ma’nosi birinchi qismning umumiy mazmuni izohlanishi mumkin. Izohlovchi gap ikkinchi o‘rinda kelib, birinchi gapning har bir bo‘lagi izohlanishi mumkin. Bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea, hodisa, harakatlarni biriktirib keladi va bu bilan uyushiq bo‘laklarni eslatadi. Bunday qo‘shma gaplarning qismlari biriktiruv bog‘lovchilari: va, ham, hamda; bo‘lsa, esa yordamchilari; yuklamalar yordami bilan bog‘lanadi. Biriktiruv munosabatiga kirishgan qo‘shma gaplarning qismlari ko‘pincha mazmunan o‘zaro jips bog‘lanadi, birining mazmuni ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi, turli mazmun ottenkalari, emotsional ma’nolar ifodalanadi. Biriktiruv munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda qanday qo‘shimacha mazmun ottenkasi ifodalanmasin, qo‘shma gap qismlaridan anglashilgan harakat, holat, xususiyat ma’lum bir paytda ro‘y beradi.
Bog‘langan qo‘shma gapning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan mazmun, odatda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi., biri ikkinchisini izohlamaydi. Ammo qo‘shma gap qismlari mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan yoki bir turdagi tushunchalarni ifodalaydi.
Qo‘shma gap qismlari umumiy bir fikrni, tushunchani, niyatni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu bir tushunaning, niyatning elementlari sanaladi. Bunday semantik aloqa ayiruv munosabati deyiladi. Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu’lalar jim-jim o‘ynashadi, goh ko‘lankalar yonib ketadi, goh shu’lalarni ko‘lankalar yutadi.
1.Qismlari teng bog‘lovchilar yoki teng bog‘lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikgan qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gaplar deyiladi.
2.Bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro quyidagi vositalar bilan bog‘lanadi: -teng bog‘lovchilar -teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar -teng bog‘lovchi vazifasidagi bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida 3. Bog‘langan qo‘shma gapga xos xususiyatlar: a) qismlari yani tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro teng aloqada bo‘ladi b) ular orasida tobe hokimlik bo‘lmaydi c) bosh gap, ergash gap atamalari ishlatilmaydi d) tarkibidagi sodda gaplar biri ikkinchisini aniqlab, izohlab kelmaydi e) bir gapdan boshqasiga savol berilmaydi 4.Bog‘langan qo‘shma gaplarning qolipi quyidagicha bo‘ladi: Teng bog‘lovchi 5.Qismlarning qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar o‘z ichida 4 guruhga bo‘linadi.
a) Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap
b) Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap