Ko’makchi Ko’makchilar vosita,maqsad,vaqt,sabab,makon munosabatlarini ifodalash uchun xizmat qiladigan so’z turkumidir. Ko’makchilar - Bilan,uchun,kabi,sari,sayin,qadar,tomon,boshqa,sababli,orqali,tufayli,qarab,qaramay,so’ng,tashqari,beri,ko’ra,chog’li,uzra kabi so’zlar kiradi(bu so’zlar ot,sifat,ravish va fe’llardan ko’makchiga ko’chgan so’zlardir)
- Ko’makchilar dastlab ikkiga bo’linadi:
- Sof ko’makchilar;
- Ko’makchi otlar;
Sof ko’makchilar Asl ko’makchilar - Bu ko’makchilar leksik ma’noga ega emas. Bular: bilan,uchun,qadar,sari,sayin.
Ot ko’makchilar - Bular ot,ravish kabi so’z turkumlaridan ko’makchiga o’tgan so’zlardir:burun,ilgari,keyin,boshqa,tashqari kabi.
Fe’l ko’makchilar - Fe’lning ravishdosh va sifatdosh shakllaridan ko’makchiga o’tgan so’zlardir:qarab,ko’ra,qaraganda,yarasha,boshlab kabi.
Bilan ko’makchisi - Bu ko’makchi badiiy adabiyotda ba’zan birlan,birla,bila,-ila,-la shaklida qo’llaniladi.Masalan:Qo’shinlaring bo’ldi yer bila yakson.(H.Olimjon)
- Xalqing birlan bahodirsan,yana sen benahodirsan.(S.Abdulla)
Ko’makchi otlar - Ko’makchi otlar asosan mustaqil ma’noli so’zlar bo’lib,ma’lum o’rinlardagina ko’makchi sifatida qo’llaniladi. Ko’makchi otlar,odatda,jo’nalish,chiqish va payt kelishigi bilan turlangan bo’lib, o’zidan oldin kelgan so’zlarga nisbatan qaralmish holatida bo’ladi:binoning oldida,daryoning o’rtasida.
Ust ko’makchisi - Ko’makchi vazifasida kelgan ust so’zi past so’zining antonimi hisoblanadi.Masalan:Ovqat ustida Xadicha xola qishloqda bo’lib o’tgan hamma katta-kichik hodisalar to’g’risida gapirib berdi.(A.Qahhor)
Gorizontal yo’nalish bildiruvchi ko’makchilar - Bu ko’makchi otlarga old,orqa,yon,ich tomon kabi so’zlar kiradi.Masalan:Nizomjon uning oldiga jadal yurib ketdi.(S.Ahmad)
Aralash yo’nalish bildiruvchi ko’makchilar - Bular o’rta,ora,bosh kabi so’zlardir.Masalan:Dilnoza xola hovli o’rtasidagi supaga kelib,oppoq yostiqqa engashdi.(I.Rahim)
- Agar yaqin orada havo ochilmay surunkasiga yomg’ir yog’ib bersa, nima qilasiz?(N.Safarov)
- Asqar ota borib sag’ananing boshiga o’tirdi.(A,Qahhor)
Dostları ilə paylaş: |