11 - mavzu: Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari va uning xususiyatlari.
Test
1. Valyuta tizimi deganda, ....
a) valyuta munosabatlarini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakli tushuniladi.
b) mamlakatda valyuta munosabatlarini boshqarish va tartibga solish jarayoniga bevosita bog’liqligi tushuniladi.
c) valyutalar oʻrtasidagi munosabatlarga ta’sir koʻrsatuvchi toʻlov balansida yuzaga keladigan nomutanosibliklar tushuniladi;
2. Valyuta tizimining shakllari to'g'ri ko'rsatilmagan javobni ko'rsating.
a) milliy valyuta tizimi, jahon valyuta tizimi
b) milliy valyuta tizimi, umumiy valyuta tizimi
c) mintaqaviy valyuta tizimi, xalqaro valyuta tizimi
3. Milliy valyuta tizimi – bu ...
a) mamlakatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan, instrumentlar, shartnomalar, tartib-qoidalar va tashkilotlarning majmuasidir.
b) muayyan bir mintaqa doirasidagi mamlakatlar tashabbusiga koʻra tashkil etilgan valyuta tizimini ifodalaydi.
c) ma’lum bir mamlakat hududida valyuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga solish bilan bog’liq tadbirlar majmuasini ifodalaydi.
4. Jahon valyuta tizimi bajardigan funksiyalari to'g'ri ko'rsatilgan javob qaysi?
a) tartibga solish, likvidlilik, boshqarish
b) tartibga solish, likvidlilik, nazorat
c) tartibga solish, likvidlilik, riskni kamaytirish
5. Likvidlilik funksiyasi - bu ...
a) valyutalar oʻrtasidagi munosabatlarga ta’sir koʻrsatuvchi toʻlov balansida yuzaga keladigan nomutanosibliklarni bartaraf etish;
b) zaxira birliklarini aniqlash hamda toʻlov balansining nomutanosibliklarini qoplash uchun ularni qoʻllash imkoniyatlari va tashkil etish shakllarini belgilash;
c) xalqaro moliyaviy institutlarni tashkil etish va ularning vakolatlari orqali hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlab borish.
6. Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
a) mamlakatlar milliy valyutasi barqarorligini ta’minlashni qo’llab-quvvatlash; ijtimoiy sohani moliyaviy ta'minlab borish;
b) jahon ishlab chiqarishi umumiy hajmining o’sishiga va aholi bandlik darajasining oshishiga erishish; qonun ustuvorligini ta'minlash;
c) milliy iqtisodiyotlarda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash; mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash;
7. Jahon valyuta tizimi rivojlanishiga sezilarli ta’sir koʻrsatgan omillar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
a) mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi;
xalqaro mehnat taqsimoti jadallashuvi darajasi;
b) jahon bozori rivojlanish darajasi; mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ko'payishi;
c) xoʻjalik yuritishning tizimlari rivojlanish darajasi, bank kredit foizlarini pasaytirishi;
8. Parij valyuta tizimida yagona jahon puli sifatida qaysi to'lov vositasi shakli asos sifatida qabul qilingan?
a) qog'oz pullar
b) oltin
c) elektron pullar
9. Oltin andozasining afzalliklariga quyidagilarning qaysi biri kiritib bo'lmaydi?
a) valyuta kurslari keskin tebranishining mavjud emasligi;
b) past inflyatsiya darajasi;
c) muomaladagi pul massasi bilan oltin qazib olish va ishlab chiqarish oʻrtasida bog’liqlikni yuzaga kelishi;
10) Zamonaviy jahon valyuta tizimi bo‘lib, alohida mamlakatlarning valyuta tizimlariga emas, balki huquqiy mustahkamlangan davlatlararo tamoyillarga asoslangandir. Ta'rif qaysi jahon valyuta tizimi haqida?
a) Yamayka valyuta tizimi
b) Genuya valyuta tizimi
c) Bretton Woods valyuta tizimi
Savollar:
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Javoblar:
|
A
|
B
|
C
|
A
|
B
|
C
|
A
|
B
|
C
|
A
|
Dostları ilə paylaş: |