11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

Sinkveyn
tuzish-murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina 
so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. 
Sinkveyn
tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi. 
Quyida uni tuzish qoidalarini keltiramiz. 
1-qator: 
mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi(odatda ―ot‖ tanlanadi). 
2-qator: 
mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi). 
3-qator: 
mavzu doirasidagi sifat bilan ifodalanadi(3ta fe‘l yoki ravishdosh 
yoziladi). 
4-qator: 
mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan 
iborat bo‘lgan fikr yoziladi(4 ta so‘zdan iborat jumla yoziladi). 
5-qator: 
mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma‘nosi unga yaqin bo‘lgan bitta 
so‘z yoziladi(mavzuga sinonim so‘z yoziladi). 
―Intervyu‖ o‘yini 
Mavzu: Ekologik tarbiya. 
O‘qituvchi vaqtni rejalashtiradi va talabalardan to‘rt kishidan iborat ekspert 
guruhi tuzadi, qolgan talabalardan esa ikki guruhni tashkil etadi. Ya‘ni : 
1-guruh:‖O‘zbekiston‖ telekanali. 
2-guruh: ―Yoshlar ‖ telekanali (eksperiment guruh). 
1-guruh:‖O‘zbekiston‖ telekanali muxbiri ―Ekologik tarbiya‖ bo‘yicha 
quyidagi savollar orqali intervyu oladi: 
1.Ekologiya deganda nimani tushunasiz? 
2.Ekologik tarbiya deganda nimani tushunasiz? 


3.Tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanganda qanday 
oqibatlarga olib keladi? 
4.Atmosfera havosining ifloslanishi nimaning natijasida deb o‘ylaysiz? 
5.Ekologik bilim nima?
6. Ekologik ta‘lim va tarbiyani qachon boshlagan ma‘qul deb o‘ylaysiz? 
7. Ekologik tarbiyaning maqsadi nima? 
8.Havoning ifloslanishi qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi? 
9.Muhammmad alayhissalom daraxt ekish savobi haqida o‘z hadislarida : 
―Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoim bo‘lib 
qolishi aniq bo‘lganda ham ulgursangiz, uni ekib qo‘ying‖ so‘zlarini qanday 
izohlaysiz? 
10.Abu Ali ibn Sinoning ―Dunyoda chang va tutun bo‘lmaganida, odamzot 
ming yil umr ko‘rishi mumkin edi‖, - degan hikmatli so‘zini izohlab bering! 
2-guruh ―Yoshlar ‖ telekanali muxbiri ham ―Ekologik tarbiya‖ mavzusidagi 
tayyorlab kelgan savollari bo‘yicha intervyu oladi: 
1.Atrof-muhitning tozaligini ta‘minlash deganda niani tushunasiz? 
2. ―Bog‘ni boqsang bog‘ bo‘ladi‖ maqolini izohlang? 
3.Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, A.Navoiy, Bobur Mirzolarning yaratgan 
bog‘lari, obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab bering? 
4.Azon qatlami еmirilishi qanday oqibatlarni keltirib chiqarmoqda? 
5.Hayvonot dunyosini asrab-avaylash haqida fikr yuriting? 
6. ―O‘rmon sanitari‖ vazifasini o‘tuvchi qanday hayvonlarni bilasiz va ushbu 
hayvonlarning qanday foydasi bor? 
7.Biror jonzotning qirilib ketishiga yo‘l qo‘yilsa, qanday vaziyatlar vujudga 
keladi? 
8.Abu Rayhon Beruniy ―Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib 
boraveradi‖ so‘zini izohlang. 
9.Yer qimirlashi hodisasi nimaning natijasida sodir bo‘ladi, deb o‘ylaysiz? 
10.Ichimlik suvini ayovsiz ishlatilishining oldini olish haqida nimalarni 
bilasiz? 
O‘qituvchi o‘yin jarayonini kuzatib, talabalarning o‘yin qoidasini 
buzmasliklarini nazorat qilib borishadi. 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin