bilim o‗zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‗quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni,
milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni,
mehnat ko‗nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga
ongli munosabatda
bo‗lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‗rta ta‘lim tugallanganidan
keyin ta‘lim fanlari va ular bo‗yicha olingan baholar ko‗rsatilgan holda davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
Umumiy o‗rta ta‘limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish
uchun quyidagilar zarur:
maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli umumiy o‗rta ta‘lim
olishni
ta‘minlovchi davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan ta‘lim dasturlari
bilan mantiqiy bog‗liqlik hisobga olinishi lozim;
yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash;
hududlarning jug‗rofiy
va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va
davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta‘lim muassasalari tarmoqlarini
rivojlantirish;
o‗quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta‘limga
tabaqalashtirilgan yondashuvini joriy etish;
ta‘lim berishning ilg‗or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‗quv-
uslubiy majmualarni yaratish va o‗quv-tarbiya jarayonini
didaktik jihatdan
ta‘minlash;
o‗quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik jihatdan
maslahatlar oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: