11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Yüklə 2,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/225
tarix06.09.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#141650
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   225
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи (1)

 
O‘qituvchi (pedagog)
– pedagogik, psixologik va mutaxassislik 
yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma‘lumot, kasbiy tayyorgarlik va 
ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega hamda ta‘lim muassasalarida 
faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs.
 
O‘qish – 
ma‘lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o‘rganish 
jarayoni; o‘quvchilar tomonidan o‘quv faoliyati usullarini egallab 
olishga yo‘naltirilgan faoliyat. 
O‘quv dasturi
– muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va 
malakalar mazmuni, umumiy vaqtning mavzularni o‘rganilishi 
bo‘yicha taqsimlanishi, mavzularning ketma-ketligini belgilash 
hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me‘yoriy hujjat. 
 
O‘quv rejasi – 
ta‘lim muassasida o‘qitiladigan o‘quv fanlarining tartibi, 
ularning o‘quv yili bo‘yicha taqsimlanishi, har bir o‘quv faniga 
ajratiladigan haftalik va yillik o‘quv soatlari, shuningdek, o‘quv yili 
tuzilishini belgilovchi me‘yoriy hujjat. 
O‘quv fani
– ta‘lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish 
imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha 
umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirishni ta‘minlovchi manba. 
 
O‘quvchilar jamoasi
– ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy 
maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o‘quvchilar 
birlashmasi, guruhi. 
O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishi
- o‘quvchilarning jamoa 
faoliyatini uyushtirish va boshqarishdagi faol ishtiroklari. 
 
O‘quv qo‘llanmasi – 
1) ma‘lum o‘quv fanlari bo‘yicha metodik materiallar, 
tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o‘qituvchi yoki 
o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan manba; 2) muayyan fan bo‘yicha 
tayyorlangan hamda metodik jihatidan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda 
bevosita foydalanish imkonini beruvchi qo‘shimcha o‘quv 
materiallari. 

Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin