Unda nazorat savollar berish, qoidalar, ta‘riflarga oid ma‘lumotlar keltirish,
berilgan materiallarni tahlil etish, mavzularning mazmunini ochib berish, qisqa
muddatli munozaralar tashkil etish, o‘quv topshiriqlarini bajartirish kabi
metodlardan foydalaniladi. Joriy nazorat qisqa muddatda o‘tkazilishi bilan
harakterlanadi.
Oraliq nazorat
-o‘quv fanining bir bo‘limi, katta qismi o‘tib
bo‘lingandan keyin tashkil etiladigan tekshirishdir. Unga alohida o‘quv soati
ajratiladi. Oraliq nazoratda o‘rganilgan bo‘lim mazmuniga mos savollar tizimiga
javob olinadi, o‘quv tizimi topshiriqlari bajartiriladi, uzoq muddatni oladigan
munozara o‘tkaziladi. Savollar, o‘quv topshiriqlar tizimi, uzoq muddatli munozara,
og‘zaki yoki yozma hisobot kabilar davriy nazorat metodlari hisoblanadi.
Yakuniy - nazorat
- o‘quv fani to‘liq o‘rganilgach, chorak oxirida, o‘quv
yili so‘ngida tashkil etiladi. Unda o‘quv fani mazmunini o‘ziga to‘liq qamrab
oladigan metodlardan foydalaniladi. O‘quv fani doirasida qo‘llangan termin va
tushunchalarga (og‘zaki yoki yozma) izoh yozish, o‘quv faniga oid еtakchi
g‘oyalarni hayotga, ishlab chiqarish, amaliyotga tatbiq etish, o‘quv fanining inson
hayotida tutgan o‘rnini baholash, o‘quv fani doirasida o‘rganilgan nazariy va
amaliy bilimlariga o‘z munosabatini bildirish kabi metodlar nazoratning
samaradorligini oshiradi.
O‘quvchilar miqdoriga ko‘ra nazorat metodlari
O‘quvchilar mikdoriga ko‘ra nazoratning uch xil ko‘rinishi farqlanadi:
individual tekshirish-alohida o‘quvchiga mo‘ljallangan nazoratdir. A‘lochi
o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv topshirig‘i o‘rtacha tayyogarlikka ega bo‘lgan
bola uchun qiyin bo‘lganidek, o‘rta o‘zlashtiradigan o‘quvchi uchun tuzilgan o‘quv
topshirig‘i a‘lochi o‘quvchi uchun juda ko‘p sanaladi. Ko‘rinadiki, individual
nazorat har bir o‘quvchining bilimi, tayyorgarlik darajasiga qarab tayerlanadi.
Demak, individual nazorat metodi sifatida tanlangan suhbat, savol, topshiriq,
mustaqil ish, laboratoriya mashg‘uloti va Shu kabilarning bajaruvchisi-ijrochisi
oldindan belgilanadi.
Tabaqalashgan nazorat-sinf jamoasini bilim, malakalarni o‘zlashtirish
darajasi, real bilish imkoniyatlariga qarab kichik jamoalarga ajratish va
jamoalarning har biriga mos metod, vosita tanlab tekshirishni o‘tkazishdir. Sinf
o‘quvchilari, ularning individual hususiyatlari asosida kichik jamoalarga ajratiladi.
Eng yuqori o‘zlashtiruvchi bolalar o‘ta murakkab, yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilar
jamoasi nisbatan oson, past o‘zlashtiruvchilar jamoasi esa yanada osonroq
topshiriqlarni, mustaqil ishlarni bajaradi.
Dostları ilə paylaş: