Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi.
Bu bosqich uchunchi
bosqichning bevosita davomi bo‘lib, uning barcha a‘zolari jamoa oldida
turgan talablar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi.
To‘rtinchi bosqichda jamoa a‘zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy
talablar qo‘ya olishlari bilan xarakterlidir. Bu bosqichda amalgam
oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas‘uliyatlidir. Mazkur bosqichda
jamoa oldidagi istiqboli, yuksak va murakkab talablar qo‘yish uchun qulay
sharoit yaratiladi: Bugungi kunda pedagog olimlar bolalar jamoasi
rivojlanishi jarayonini tashkil qilar ekan, uni quyidagi ikki bosqichga bo‘ladi:
1.
Jamoani dastlabki jipslashtirish
2.
Jamoani shakllantirish- uning har bir a‘zosini individual rivojlantirishning
asosidir.
Jamoa hayotidagi har bir bosqichni ajratib ko‘rsatish yuqorida bayon etilgan
fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning еtakchi
ahamiyatini ta‘kidlaydi
Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga
katta ahamiyat bergan edi:
1.
Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorligi;
2.
O'z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun
g'ururlanish asosida qadr-qiymatini anglash;
3.
Uning a'zolari o'rtasidagi do'stona birlik;
4.
Jamoaning har bir a'zosidagi do'stona birlik;
5.
Tartibli, ishchan harakatga undovchi faollik;
6.
O'z hissiyot va so'zlarini boshqara olish ko'nikmasi.
4.
O‘quvchilar jamoasini tarbiyalash.
O‘quvchilar jamoasini
tarbiyalashning eng samarali yo‘li, ularning umumiy qiziqishlari asosida
talablar qo‘yish va istiqbolni belgilashdir. Talablar pedagogik jihatdan puxta
ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi:
1)
O‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablar har bir jamoa
a‘zosini hurmat qilish bilan qo‘shilishi kerak. Bu pedagogik
odobni muhim qismi bo‘lib, har bir sinf raxbari yoddan
chiqarmasligi shart. Sinfning ya‘ni jamoaning eng yaxshi
o‘quvchilariga ko‘proq talablar qo‘yiladi,bu bilan ularga alohida
ishonch va xurmat bildiriladi.
2)
Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan sinfning aniq sharoitini
hisobga olgan holda qo‘yadi. Har yili o‘quvchilarga ma‘lum bir
chorakda, yarim yillikda yoki o‘quv yili davomida qanday
talablar qo‘yish maqsadga muvofiqligi belgilab olinadi.
O‘quvchilardan erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib
qo‘yilgan narsani talab qilish kerak.
3)
Talablar aniq bo‘lib, bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
O‘quvchilar o‘zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq
tushunishlari lozim.
O‘quvchilarni talablar mazmuni bilan tanishtirib, ularning
ahamiyatini muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. O‘quvchilar
jamoasini tarbiyalashda istiqbollar qo‘yishning ahamiyati juda katta. Agar
jamoa oldida qiziqarli, aniq maqsad bo‘lmasa, uni tashkil etish va
jipslashtirish usulini topib bo‘lmayda. Istiqbollarni belgilashning ikki
asosiy usuli bor:
1. Asosiy pedagogik talabni o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilar oldiga qo‘yadi.
Bunda u ana shu vazifalarni xal etish yo‘llarini ko‘rsatadi va jamoa
a‘zolarini qiziqtirishga intiladi;
2. Jamoa a‘zolari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, sinf rahbari bu
tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi, hamda amalga oshirish usullarini
topishga yordam beradi.
Birinchi usul o‘quvchilar jamoasini tarkib toptirishning dastlabki
bosqichida qo‘yilib- yaqin kunlarga mo‘ljallangan istiqbol deyiladi.
Ikkinchisi ancha yuqoriroq bosqichda sinf faollari tomonidan qo‘yilib-
o‘rta kunlarga mo‘ljallangan istiqbollar deyladi. Agar belgilangan
istiqbolalrni jamoani barcha a‘zolari qo‘ysa- bu uzoq muddatli istiqbollar
deyilib, jamoani shakllanganligini bildiradi.
O‘quvchilar jamoasi o‘sib va mustahkamlanib borishi bilan jamoa
oldiga o‘rtacha va uzoq istiqbollar qo‘yiladi. Masalan: otaliqqa olingan
bog‘cha uchun o‘yinchoqlar yasash, hosil bayramini o‘tkazish, jonajon
o‘lka bo‘ylab yozgi sayohatni uyushtirish va boshqalar.
Jamoa doim faoliyatda olg‘a intilishda bo‘lishi uchun uning
oldiga yangi, qiziqarli istiqbollar qo‘yish talab etiladi. Jamoa hayoti
jo‘sh urib turmasa, keyin bu aloqalarni qaytadan tiklash juda qiyin
bo‘ladi.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an‘analar muhim o‘rin tutadi.
Jamoani hech bir narsa an‘anachalik mustahkamlay olmaydi. An‘analarni
tarkib toptirish, ularni saqlab qolish- tarbiya ishining muhim
vazifasidir.An‘analari bo‘lmagan maktab yaxshi maktab bo‘lishi mumkin
emas. Mavjud an‘analarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
A) kundalik turmush an‘analari,
B) bayram an‘analari
Kundalik turmush an‘analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini bir-
biriga o‘zaro yordamning har xil turlari, mehnat faoliyatini- yosh meva
ko‘chatlarini parvarish qilish, hayvonlarni boqish, yolg‘iz yashovchi
keksalarga yordamlashishni va boshqa yumushlarni o‘z ichiga oladi.
Bayram an‘analariga Navro‘z, Mustaqillik bayramlari, bitiruvchilar
kechasi, «Savodxonlik bayram»lari kiradi.
Har kanday holatda ham bayramlar yorqin, qiziqarli, quvnoq,
tantanavor o‘tishi kerak.Asosiy maqsad o‘quvchilar o‘tkazilayotgan
tadbirning ahloqiy mazmunini tushunsagina, ularga ongli munosabatda
bo‘lsagina, uning ta‘siri kuchli bo‘ladi.
Jamoani rivojshlanish bosqichlarida, jamoa a‘zolarini xilma-xil
faoliyati jarayonida har bir maktabda o‘ziga xos an‘analar yuzaga keladi. Bu
yangi an‘analar shu maktabda olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlar bilan
bog‘liq bo‘ladi, uning hayotini jonlantiradi va bezaydi. Shuning uchun yangi
an‘ananing kelib chiqishida bolalarning faol ishtirok etishiga katta
imkoniyatlar beriladi.
Maktab rahbarlari va o‘qituvchilar o‘quvchilar jamoasiga u yoki
bu ortiqcha an‘anani yuklamasliklari, majburan singdirmasliklari kerak.
Ularning vazifasi jamoa a‘zolariga sezdirmay va ularni tashabbusini
buzmay, an‘analarni yaratash zarurligini tushuntirish, an‘analarni tayyorlash
hamda o‘tkazishda birgalikda ish olib borish, o‘quvchilarni ana shu
an‘analarni davom ettirishga o‘rgatishdan iborat. An‘anaga har doim
yangi pedagogik talablarni aks ettiruvchi, uning tarbiyaviy ahamiyatini
oshiruvchi yangiliklar kiritib borilishi talab etiladi.
An‘analar yildan - yilga ko‘payib borib, asta-sekin maktabning o‘ziga
xosligini ta‘miilaydi. Shunday qilib, o‘quv-bilish faoliyati bilan bog‘liq
istiqbol va an‘analar jamoa rivojlanishining barcha darajalarida muhimdir.
Rivojlanishning yuqori darajasida sinfda obro‘li faollar, sog‘lom ijtimoiy
fikr mavjud bo‘lganida, bunday istiqbol va an‘analar o‘quvchilarning
darsdagi va darsdan tashqari faoliyatini qamrab olishi, xilma-xil,
ba‘zan murakkab shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Bu istiqbol va
an‘analarni amalga oshirish o‘quvchilar ko‘z o‘ngida ham, boshqa sinf
o‘quvchilari, o‘qituvchilar, ota-onalar ko‘z o‘ngida ham jamoa obro‘sini
oshiradi. Ko‘pgina maktablarda sinf jamoalari har yili bilish va
ko‘ngilochar dasturlari bo‘lgan mavzuli maktab kechalari, fan xaftaliklari
tayyorlaydilar. Bu faqat baquvvat jamoanigina qo‘lidan keladi. Bu
tadbirlarni tayyorlashda odatda jamoaning har bir a‘zosi band bo‘ladi.
Bunday istiqbol va an‘analarning alohida tarbiyalovchi ta‘siri shundan
iboratki, sinf jamoasi uni yordamida umummaktab jamoalari bilan
bog‘lanadi.
Kishilarda bir necha asrlar davomida shakllangan munosabatlar va odatlarni
albatta, birdan yo‘q qilish uchun kishilarni tizimli ravishda jamoa ruhida
tarbiyalab borish, ularda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam munosabatlarini hosil
qilish zarurdir. Jamoa ruhida tarbiyalashda asosiy masala barcha kishilarda
onglilikni yangi jamiyatimiz qurilishi talablari darajasiga ko‘tarishdan
iboratdir. Yuqoridagilarga asoslanib yoshlarni jamoa ruhida tarbiyalashning
asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
-
eng ilg‘or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, ham jihatlik,
jamoa va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar
hayotidan misollar keltirish;
-
kishilarning hayotida jamoa bo‘lib, bir-birlari bilan do‘stona
birodarlarcha munosabatda bo‘lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot
va turmushlarining doim go‘zal va xushchaqchaq o‘tishiga katta yo‘l ochib
berishni har tomonlama misollar asosida tushuntirish. Aksincha, kishilar o‘z
hayotida jamoaga va uning qo‘ygan talablariga to‘g‘ri baho bermay hayot
kechirsalar, turmush ko‘ngilsiz, shirasiz va ma‘naviy boyliksiz o‘tishini
uqtirish.
Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillarini falsafiy va pedagogik
jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Jamiyat va shaxs munosabatlari
muhim ahamiyatga ega.
Odamning shaxsligi esa, uning o‘zga odamlarga, jamiyatga, vatanga,
butun imkoniyatga munosabatlari bilan bog‘liqdir. Demak, odam biologik
tushuncha, shaxsiy ijtimoiy tushuncha. Insonlarning tabiiy ehtiyojlari
qoralanib,
faqat
ijtimoiy
mexanizaga
aylantirilishi,
tabiatni
ham
siyosiylashtirish, mafkuraviy shavqatsiz tazyiq insonni qadrsizlantirishni ham
sho‘rolar jamiyati misolida ko‘rib turibmiz.
Jamoaning umumiy manfaati bilan bolaning shaxsiy manfaati birlashib,
uyg‘unlashib ketadi. Va shu holda bola shaxsiy manfaatga nisbatan jamoaning
maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir kishi hammani (o‘z
jamoasidagi hamma odamlarni) o‘ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu
jamoadagi har bir odamni o‘ylashi, g‘amxo‘rlik qilishi zarurligini tushunish
bolalaning ongini o‘stiradi.
Yanada muhimrog‘i, jamoa a‘zolarining o‘zaro hurmatini do‘stlikka
aylanadi. Endi bola yoki o‘smir do‘stlarsiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz
o‘tishini anglaydi.
Shunday ekan, har bir sinf rahbari o‘z o‘quvchilariga jamoani qanday
qaysi yo‘l va vositalar yordamida shakllantirish mumkinligi, uning mohiyatini
tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bunda jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro
yordam to‘g‘risida aforizmlardan foydalanish, kitoblarni o‘qish, voqealardan
misollar keltirish, tadbirlar o‘tkazish asosida o‘quvchilarni jamoatchilik
ruhida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilar jamoatchilikning mohiyatini puxta bilgan taqdirdagina uni
amalga oshirish uchun samarali kurashishlari mumkin. Buning o‘qituvchi
o‘quvchilarga jamoatchilik jamoa va shaxsning rivojlanishi uchun asosiy
vosita ekanligini tarbiya jarayonida ishonarli va ta‘sirli amalga oshirish zarur.
Jamoa va shaxs muammosi yosh avlodni tarbiyalashning eng dolzarb nazariy
va amaliy masalalaridan biri xisoblanadi. Shu jihatdan ham o‘quvchilarni
jamoatchilik ruhiyatiga, jamoa hayotiga, jamoa bo‘lib uyushishga
odatlantirish, malaka hosil qilish, jamoatchilik ongini shakllantirish umumiy
o‘rta ta‘lim muassasalarining vazifasi xisoblanadi.
Shaxs faqatgina har tomonlama rivojlangan bo‘lib qolmasdan, balki u
ijtimoiy faol bo‘lishi, o‘zining borliq kuch va imkoniyatlarini Vatanga xizmat
qilish uchun zo‘r berish hamda jamiyatda o‘rnini topa olishi kerak. Bundan
tashqari shaxsning Vatanga xizmat qilishida uning shaxsiy imkoniyatlari,
qobiliyat va qobiliyatlaridan samarali darajada foydalaniladi.
Jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan biri o‘quvchilarda vatan-
parvarlikni shakllantirishdir.
Chunki, vatanparvarlik hissiyoti kishilarning o‘z ona-Vataniga,
taqdiriga g‘amxo‘rlikdir. Haqiqiy vatanparvar o‘z ona-Vatani, xalqining
gullab-yashnashi, erkinligi uchun kurashadi.
Demak, ona-Vatanimizning taqdiri, dastavval, butun mehnatkash
xalqning taqdiridir. Buning uchun kurash har bir kishining burchidir.
Vatanparvarlik-bu kishining axloqiy xususiyatidir, o‘z ona-Vatanining
munosib fuqarosi bo‘lishi uchun tanmay intilishidir. Shuning uchun qadim
vaqtlardan beri vatanparvarlik asosida o‘z Vatanini sevish tushunilgan.
Millatlararo totuvlik ham jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan
xisoblnadi. Maktab jamoasida o‘quvchilarni millatlararo totuvlik ruhida
tarbiyalash adabiyot, geografiya, rus tili, chet tili va boshqa fanlarni o‘qitish
asosida amalga oshiriladi degan fikr noto‘g‘ri. Bola, dastlab, oilada ilk
yoshligidan, so‘ngra maktabning birinchi sinfidan boshlab vatanparvarlik
ruhida tarbiyalanadi. Oilada hamma katta-kichiklar birga bo‘lishib, radio,
televizordan bir necha millat o‘quvchilarining o‘zaro do‘stligi va o‘rtoqligi
haqidagi eshitirishlarini tinglaydilar, ko‘radilar va birgalikda muhokama
qiladilar. Bu esa juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bundan tashqari
maktab jamoasida olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham
o‘quvchilarning millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashiga ta‘sir ko‘rsatadigan
kuchli vositadir. Ayniqsa, maktab jamoasida o‘zbek, rus, ukrain, belarus,
gruzin, arman, qozoq, tojik, turkman, ozarbayjon, tatar, qoraqalpoq va boshqa
millat bolalarining bir-birlari bilan juda quvnoq va ahil bo‘lib
o‘qiyotganliklari,
yashayotganliklari
bu
millatlararo
totuvlikni
mustahkamlaydi va ular o‘rtasida do‘stlikni yanada rivojlanishi hamda
mustahkamlanishida katta rol o‘ynaydi.
Demak,
maktab
jamoasida
millatlararo
totuvlik
tarbiyaning
xususiyatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi:
5.
Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda
ular e‘tiborini, albatta, bir millatning ikkinchi bir millatdan farq qiladigan urf-
odatlari, millatga xos xususiyatlariga emas, balki turli millat vakillarini bir
maqsad uchun birlashtiradigan va yaqinlashtiradigan umumiy an‘analarga
qaratish.
6.
Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga
bag‘ishlangan suhbatlarda turli millat xalqlarning hayotidan misollar keltirish,
ularning tinchlik, mehnat, ozodlik, tenglik, qardoshlik va baxt-saodat uchun
olib borayotgan kurshlarni ko‘rsatib o‘tish.
7.
Dunyodagi barcha millat xalqlarining birdamlik uchun kurashlari
natijasida millatlar o‘rtasida vujudga kelgan umuminsoniy qadriyatlarni
bolalar ongiga singdirish. Masalan, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va ota-
onalarni hurmat qilishlari singari milliy an‘analar bilan bolalarni tanishtirish.
8.
Maktab jamoasida o‘quvchilarni har bir millatning o‘zaro do‘stligi,
qardoshlarcha munosabati, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashi, o‘zaro hurmat
ruhida tarbiyalash baynalminal tarbiyaning birinchi vazifasidir.
Jamoatchilik tarbiyasining xususiyatlaridan yana biri o‘rtoqlarcha
yordamdir. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam hissi, dastavval, oilada, maktab
sharoitida, jamoa bo‘lib ishlash jarayonida singib boradi. Jamiyatimizda har
biri kishi o‘zaro o‘rtoqlarcha yordamlashishni, bunga ehtiyoj borligini
yoshlikdan, o‘quvchilik chog‘idan his eta boshlaydi. O‘qituvchi, ota-onalar bu
hisni qo‘llab-quvvatlashi, uning kengroq shakllanishiga barcha vositalar bilan,
pedagogik mahorati bilan yordam berishlari zarur. O‘quvchilarga bu sohada
ijtimoiy fanlar eng yaqin ko‘makchidir. O‘quvchilar kishilar, jamoalar,
davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro yordamni bilib, ularning ma‘nosini tushunib
boradilar. Kishilarning, o‘quvchilarning xat o‘qishda va o‘zaro
munosabatlarda o‘zaro o‘rtoqlashish, yordamlashishdek hissini tarbiyalashda
ajoyib manba bo‘lib hisoblanadi.
Bundan tashqari o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamning navbatdagi formasi
bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchining doimiy
biriktirib qo‘yilishidir. Xuddi shuningdek, guruhga, sinfga va boshqalarga
biriktirib qo‘yish ham o‘zaro yordam formasidir. O‘rtoqlarcha o‘zaro
yordamning yana bir formasini birlashtirib kichkina guruh sifatida dars
tayyorlashda namoyon bo‘ladi.
O‘rtoqlacha o‘zaro yordam o‘quvchilarning san‘at havaskorlari, sport
musobaqalariga o‘quvchilarni tayyorlashda, ularning rahbarlar ishlariga
yordam berishlarida ko‘rinadi. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam shanbalik,
yakshanbaliklarda o‘quvchilrni faol qatnashtirish yo‘lidir. Mehnatga ongli
munosabatda bo‘lish harakatlari, mamlakatimizda shanbaliklar va
yakshanbaliklar uyushtirish, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Shuni aytish kerakki, maktab jamoasi- o‘quvchilarda jamoatchilik
hissini tarbiyalashning asosiy manbai hisoblanadi.
Har qanday bolalar jamoasi, u qanday tarzda bo‘lishidan, uning oldiga
qanday o‘ziga xos vazifa qo‘yilishidan qatiy nazar tarbiyachi undan bolalarni
tarbiyalash manbai sifatida foydalanishi shart. Maktab bolalar jamoasi
o‘quvchilarda tarbiyaning u yoki bu tarkibiy qismi va sifatlari manbai sifatida
xizmat qiladi.
Shunday qilib maktab jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini
tarbiyalashning manbai ekanligi dastavval o‘quvchilarning jamoa bo‘lib
ijtimoiy-foydali ishlarga qatnashishida, jamoa bo‘lib sayohatlarga borishida,
yozgi mehnat va dam olish lagerlarida, turli musobaqa va ko‘rik-tanlovlarda
ishtirok etishlarida yaqqol ko‘rish mumkin. O‘quvchilar bu tadbirlarda
qatnashishi bilan ularda birgalashib umummanfaat yo‘lida mehnat qilish
jamoa manfaati uchun qayg‘urish va umummanfaatni shaxsiy manfaatga
yuqori qo‘yish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam, hamkorlik, birlik, ahillik singari
axloqiy sifatlar shakllana boradi. Ayrim hollarda, ba‘zi o‘quvchilarda
jamoatchilikka zid bo‘lgan shaxsiyatparastlik, xudbinlik kabi salbiy-axloqiy
ko‘rinishlar ham paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bizning fikrimizcha, maktab
jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligini
belgilashda yuqoridagi kabi hollarni hisobga olishlari shart.
Demak, jamoatchilik tarbiyasi, dastavval, birgalikdagi jamoa bo‘lib,
ko‘pchilik foydasi uchun mehnat qilish, shaxsiy manfaatini umummanfaatiga
bo‘ysundirish, bir-birlariga beg‘araz va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam berishni
o‘quvchilar ongiga singdirish ko‘zda tutiladi.
O‘rta maktab o‘quvchilarini tarbiya jarayonida jamoatchilik va o‘rtoqlarcha
yordam ruhida tarbiyalashning xilma-xil yo‘l va vositalari mavjud.
Chunonchi, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashtrish sport musobaqalari,
sayohat, munozara va konferensiyalar, sinf soatlari, sinf majlisi, o‘rtoqlarcha
o‘zaro yordam haqida individual va jamoa suhbatlar o‘tkazish, maktab radiosi
va eshittirishlari va maktab devoriy gazetasi singari maktabda olib boriladigan
ish turlari o‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning eng asosiy
vositalari bo‘lib hisoblanadi.
O‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning jamoatchilik
haqida olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlarini aniq maqsad
asosida munozaralar o‘tkazish juda ahamiyatlidir. Ma‘lumki, sinf rahbari va
maktab tarbiya ishlarining tashkilotchisi vaqti-vaqti bilan o‘quvchilar
o‘rtasida turli mavzularda munozaralar o‘zining oldiga qo‘ygan vazifalari va
formasi bilan munozaralardan ma‘lum darajada farqlanadi.
Munozara o‘tkazishdan taxminan bir oy ilgari munozara mavzusi tanlanib,
o‘quvchilar diqqatiga havola qilinadi. Bunda munozara shartlari, talablari,
munozaraga tayyorlanish uchun kimlardan maslahat olish, qanday adabiyotlar
o‘qish hamda munozara mavzusining taxminiy rejasi va yo‘l-yo‘riqlari haqida
ma‘lumot beriladi.
Munozara o‘tkazish uchun ko‘proq jamoa, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam
ma‘nosini anglatishga yordam beradigan mavzular tanlanadi.
Biz tajriba olib borayotgan maktablarda to‘rt o‘quv yili davomida
quyidagi mavzularda munozaralar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Munozara vaqtida o‘quvchi shu mavzu bo‘yicha o‘z bilganlarini erkin
holda gapirib beradi. Munozara o‘quvchiga murakkab masalalarni tushunib
olishga, o‘z tushunchasini o‘rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim
doirasining kengayishiga yordam beradi.
Munozarada o‘quvchi o‘rtoqlarining qimmatli fikr va maslahatlaridan
bahramand
bo‘ladi.
Shuningdek,
munozarani
yakunlab
bergan
o‘qituvchilarning aniq fanlari o‘quvchilar bilimini to‘ldirishga yordam beradi.
Shuning uchun ham o‘quvchilar munozaraga katta qiziqish bilan
tayyorlanadilar va faol ishtirok etadilar.
Jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam dastavval kishilarning
umumiy maqsad yo‘lida birlashib mehnat qilishida namoyon bo‘ladi. Bizda
har qanday ongli ijodiy mehnat, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoat
sohasidagi mehnat kishilarining bilimi, aql-idrokini, irodasini ishga solish
orqali bajariladi.
Bularning asosida birlik, hamkorlik, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam yotadi.
Busiz mehnat sifati va unumdorligi ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Demak,
o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat o‘z bilim, his-tuyg‘u va irodasini
sarflab hamkorlikda o‘zaro yordamlashib ishlashlari jamoatchilik hissining
qaror topayotganligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchilarning
birgalashib
ishlashi,
umumiy
maqsadni
ko‘zlab mehnat qilishi
jamoatchilikning asosiy omili bo‘lib hisoblanadi.
Jamoa,
ijtimoiy-foydali
mehnat
maktab
o‘quvchilarining
do‘stlashishiga, birlashishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi va shu bilan birga, barcha
o‘quvchilarning umummaktab jamoasi atrofida mahkam jipslashuviga yordam
beradi. O‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashishi ularda o‘zaro
munosabat, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamkorlik hislarining o‘sishiga yordam beradi.
Shuni aytish kerakki, o‘quvchilar bajaradigan ishning, vazifaning maqsadi
qanchalik aniq bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zaro aloqasi va birligi kuchaya
boradi.
O‘quvchilar biror ishni jamoa bo‘lib bajarishi bilan o‘sha ishidan qanoat
hosil qiladi, sinf va maktab jamoasi oldida o‘z burchini o‘tagani bilan
quvonadi. Binobarin, o‘quvchilarda mehnatga, umumxalq ishiga qiziqish
kuchayadi, yangicha ishlash va yashash, o‘qish va o‘rganishni hayotiy
zaruriyat sifatida tobora chuqur anglay boradi.
Umuman olganda, o‘quvchilarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish
ularga hozirgi zamon mehnat madaniyatining sinalgan yo‘llarini o‘rgatish
yo‘li bilan o‘quvchilarga mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish,
mehnat ahllarini hurmatlash, mehnat qilish orqali zavq-shavq olishga alohida
e‘tibor beriladi. Bu o‘quvchilarimizda mehnatsevarlik, o‘z ishining ustasi,
ijodkori bo‘lib tarbiyalanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Maktabda o‘quvchilarni
ijtimoiy-foydali mehnat qilishga jalb etishga jamoa bo‘lib mehnat qilishga,
mehnat bilan madaniy dam olish yo‘llariga ham alohida e‘tibor beriladi.
O‘quvchilarga mehnat haqidagi bilim va tushunchalarni singdirishda
mehnatning tagi rohat ekanligi, mehnat, faqat mehnatgina odamning hamma
orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishi mumkinligi tushuntiriladi. O‘quvchilarni
mehnatga o‘rgatish va mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishda har
qanday mehnatning ham qadrlnishiga alohida e‘tibor beramiz.
Hashar o‘zining tarixiy va ijtimoiy ildizlariga ega. O‘tmishda og‘ir
mashaqqatli mehnat natijasida kambag‘al dehqonlar o‘zlariga ajratilgan
еrlarni ishlashda yakkaligi sababli va imkoniyati bo‘lmaganligi hamda kelib
chiqqan. Hashar o‘zining mohiyati bilan jamoa mehnati bo‘lib, jamoa
tomonidan ma‘lum shaxs manfaati uchun bag‘ishlangan jamoa mehnati deyish
ham mumkin. Chunki shu yo‘l bilan ma‘lum bir shaxs, bir tomondan, moddiy
manfaatdor bo‘ladi, ikkinchi tomondan, ma‘naviy boyiydi.
Shunisi harakterliki, o‘quvchilarning hasharga borishi ularda yaxshi
kayfiyat tug‘diradi. Shuning uchun hashar o‘quvchilar uchun quvnoqlik, zavq-
shavq baxsh etishini sezish qiyin emas. Hashar orqali o‘quvchilar ota-onalari,
maktab ma‘muriyati, o‘quvchilar jamoasi, sinf jamoasi va, umuman, o‘zlarini
jamoatchilik oldidagi o‘quvchilik burchlarini bajarganday his qiladilar. Shu
bilan birga o‘quvchilar hasharda qatnashish orqali kishilar muhtojligini
qondirish bilan o‘zlarini yanada tetik, baquvvat va sadoqatlidek his etadilar.
O‘quvchilar hasharga qatnashish bilan umum manfaatiga xizmat qilish, oliy
maqsadlarni ko‘zlash kishilarning birinchi darajali vazifasi ekanligi anglab
еtadilar. Nihoyat, o‘quvchilar hasharda qatnashish yo‘li bilan yaqindan
aloqada bo‘lish, do‘stlashish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam berish,
hamchihatlik, birlik, fidoyilik singari jamoatchilikka xos sifatlarni tobora
ko‘proq shakllantiraboradilar.
Demak, hashar o‘quvchilarga jamoatchilik ruhini tarbiyalashdagi asosiy
vositalardan biri hisoblanadi.
O‘quvchilarni jamoa ruhida tarbiyalashda o‘qitish jarayoni bilan birga
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning ahamiyati benihoya muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |