Ijtimoiy ongni shaklantiruvchi metodlar
Bu guruhga o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e‘tiqodni, ma‘naviy va
siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta‘sir
ko‘rsatish metodlari kiradi.
Bu guruh metodlarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o‘quvchilar
ongiga qanday talablar qo‘yayotgani еtkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini
shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish maqsadida
ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar ishlatiladi.
O‘quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya‘ni davlatni ichki va
xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim.
Tushuntirish- bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan
metoddir. Tushuntirishning mohiyati o‘quvchiga qo‘yilgan talabni, voqyealarni,
harakatlarning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini yoritadi va o‘quvchilarga
duyoviy bilimlarni egallashda, ongli intizomni, yuksak madaniyatni milliy
g‘ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga
nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog‘langanligi, u yashash va axloq
me‘yorlariga ongli rioya qilishi, mehnat va jamoada faollikni, ma‘naviy etuklik
haqida axborot beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi,
konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli
o‘quvchilarga bayroq, madhiya, konstitutsiya haqida tegishli ma‘lumotlar beriladi.
O‘quvchilarga xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya‘ni o‘zining Vatan
oldidagi huquq va burchlarini bilish, ularga qat‘iy amal qilish, qonunchilik,
umumbashariy axloq me‘yorlari buzilishiga murosasiz munosabatda bo‘lish
tushuniladi.
Suhbat va hikoya. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va axloqiy shakllantirishda
o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta‘sirli metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu
tanlashda uning mazkur sinf uchun dolzarbligi, bolalarda axloqiy ishonch
uyg‘otishning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlarini va suhbatdan
kutilayotgan natijani hisobga olish lozim.
Suhbat jonli, ommaviy, ishonarli bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Suhbat
metodi sifatida o‘quvchilarning hayoti, fan va texnika, etika-yestetika va boshqa
sohalardagi tasavvur va tushunchalari doirasini kengaytirishga yordam beradi.
Suhbat samarasini o‘quvchilarning ijobiy yoki salbiy javoblariga qarab bilish
mumkin.
Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etik mavzular (kishilarning
jamiyatdagi axloq mezonlari, o‘zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat
go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi), siyosiy mavzularda
(davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqyealari), ta‘lim va bilishga oid
mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi).
Suhbat davomida o‘quvchilarning dilidagini aytish jasoratini uyg‘otish,
ularning fikrlarini tinglash, suhbatda faol qatnashishga erishish, ya‘ni
o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish, mavzu bo‘yicha o‘z
bilimlarini tahlil qilishga, tortishishga va haqiqatni anglashga erishishlari juda
muhimdir.
Hikoya. O‘quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan aniq
misollar bilan to‘liq hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix
qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, ajoyib mehnatkash kishilari, tarix,
adabiyot, san‘at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio,
televideniye, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli manba bo‘ladi.
Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular
tushunadigan so‘zlar orqali o‘tkazilishi kerak. Eng yaxshisi, suhbat va hikoya
mavzusini o‘quvchilarning o‘zlari tanlasin, bunda suhbatning zavqliligi
ta‘minlanadi, o‘quvchilar mavzuga befarq qaramaydilar. O‘qituvchi suhbat
mavzusini oldindan e‘lon qilib, masalan: mehnatsevarlik yoki rostgo‘ylik, halollik
mavzularida suhbat o‘tkazish uchun mavzuga oid maqolalar, matallar va maqolalar
to‘plashni topshiradi, bunda o‘quvchilarning o‘tkaziladigan tadbirda faolliklari
yanada ortadi.
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni
ko‘rishlari, o‘qituvchilari, ota-onalari, oilaning katta yoshli a‘zolari va
boshqalarning fe‘l-atvor, yurish-turishida bolalarga еtarli darajada namuna
ko‘rsatishlari nihoyatda muhimdir.
O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar
bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib
yuradilar.
O‘quvchilar yaqin kishilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvorlar
bolalarda yaxshi sifatlarning, ba‘zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga
ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham
o‘zlarini tuta bilishlari kerak, chunki qayerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar
borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turish va xatti-
harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak. Katta yoshdagi kishilarning, o‘qituvchi va
tarbiyachilarning bolalarga yaqin bo‘lishlari, ularni o‘zlariga moyil qila
bilishlari, ular bilan yaqin aloqaga ko‘nika olishlari ham ularning o‘rnak
bo‘lishdagi kuchini oshirishga yordam beradi.
Respublikamizdagi ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan yorqin
ma‘lumotlar, adabiy asarlardagi, kinofil‘mlardagi va spektakllardagi qahramonlar
xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta‘sir qiladi.
Maktablarda
ishlab
chiqarish
ilg‘orlari
bilan
uchrashuvlar
o‘tkaziladi.O‘quvchilar o‘z otalari va onalarining ishlab chiqarishdagi
muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar.
Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan.
Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamma yaxshilardan, donolardan, ulug‘
kishilardan ibrat olishga da‘vat qilib kelganlar. Masalan: "Qush uyasida
ko‘rganini qiladi". Juda oddiy ibora ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini
hamisha ham faxmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq, uyingda tartibli bo‘l, aks
holda bolang ko‘chada tartibsiz bo‘ladi. Bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma,
bolang g‘iybatchi bo‘ladi, demoqchi.
Bunga o‘xshash fikrlarni yana ko‘plab keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |