9. Musobaqalarda bayroq ko‘tarish;
11. Gazeta-jurnal va radio-televidiniyelarda e‘lon berish.
Har qanday rag‘batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda
qo‘llanishi lozim. Ya‘ni rag‘batlantirish haqiqiy xizmatga muvofiq bo‘lishi,
ketma-ket bo‘lmasligi,
haddan oshirib maqtash, boshqa o‘quvchilarga taqqoslab,
ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, rag‘batlantirishga bo‘lgan talabchanlikni
bo‘shashtirmaslik va hokazo.
Jazolash-bu tarbiyalanuvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho
berishdir.
Jazo ham o‘quvchining va butun sinf manfaati uchun qo‘llanadigan oxirgi
tarbiya metodi. Jazo choralarini qo‘llashda jismoniy jazo: urish,
kaltaklash
mumkin emas, bolani qo‘rqitish, g‘azablantirish ham yaxshi natija bermaydi,
o‘quvchi qo‘rqqanidan yolg‘on gapirishga o‘rganadi, ikkiyuzlamachi bo‘lib
qoladi.
Maktablarda qo‘llashi mumkin bo‘lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:
Tanbeh berish eng еngil jazo chorasidir. O‘qituvchi bolaga yuzma-yuz turib
tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Ogohlantirish-noma‘qul xatti-harakatlarning oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Hayfsan berish-agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa,
o‘quvchi belgilangan intizomni buzaversa, o‘quvchining
aybi qay darajada va
uning intizomni qanday sharoitda buzganini e‘tiborga olib, unga hayfsan e‘lon
qilish mumkin.
Uyaltirish-qizartirish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus,
sharm-hayodir. Odatda odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo
o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni
tarbiyalashda shu hislarni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb
uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida
foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Jazo yaxshi o‘ylab qo‘llanishi lozim, qiziq ustida tinimsiz jazolash ham
mumkin emas. Jazolar yakka harakterli, ya‘ni bitta bo‘lsin, o‘quvchilarning aybiga
mos, muvofiq bo‘lsin, tez-tez qo‘llanilmasin, jazolanuvchi ongida jazoni haqqoniy
ekanligi aniq bo‘lsin va ular o‘z ayblarini sezsinlar. Jamoada muhokama qilish va
jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan
jazo berilsa, uning ta‘sir kuchi yana
oshadi. Barcha hollarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azob-
uqubatlarga solmasligi, uni taxqirlamasligi, sha‘nini bukmasligi kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida ta‘riflab berilgan tarbiyaning
umumiy metodlari o‘quvchilarga pedagogik ta‘sir ko‘rsatish
metodlarini
hammasini qamrab olmaydi.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya
jarayoni ham takomillashib boraveradi.
Tarbiyaning metodini muvaffaqiyatli qo‘llanishiga, bu metod mazkur sinf
jamoasining tarbiya tizimidan qanchalik o‘rin olganiga, qo‘llanilayotgan tarbiya
vositalari qanchalik javob berishiga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: