O‘zbekistonda demokratik qoidalar asosida rivojlanayotgan xalq
ta‘limi, o‘quvchilarga badiiy ta‘lim va estetik tarbiya berishni, go‘zallikni xis
qilishni tarbiyalash, yuksak estetik did, san‘at asarlari, tarix, me‘morchilik
yodgorliklari, jonajon tabiat va boyligini tushunish hamda qadrlay bilishga
o‘rgatishni nazarda tutadi. Shu bilan bir qatorda yosh avlodni vatanimiz va
jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavq olib, estetik
tarbiyalashni amalga oshirishi zarur.
Estetik zavqlanish kishida mehnat ilhomini yanada jo‘sh urdiradi, insonni
ulug‘laydi va uning turmush sharoitini bezaydi. Umuman estetik
tarbiya yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalariga
qaratilgan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: