18-mavzu: Ekologik va jismoniy tarbiya.
REJA:
1. Ekologik tarbiyaning mazmun va mohiyati.
2. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi.
3. Jismoniy madaniyat tarbiyaning tarkibiy qismidir.
Tayanch so‘z va iboralar:
ekologiya, ekologik tarbiya, ekologik ta‘lim, tabiiy
boylik, atrof-muhit, iqlim, ekologik muvozanat, ekologik madaniyat.
1.
"Ekologiya" - yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va
tevarak-atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga
keladigan qonuniyatlarni o'rganadigan fandir.
O'zbekiston Respublukasi Konstitusiyasining 18-moddasida
еr va еr osti
boyliklarini, suv manbalarini, o'simlik va hayvonot dunyosini qo'riqlash, bu
boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy
boyliklarni uzluksiz ko'paytirib borishni ta'minlash,
insonning atrof-muhitni
yaxshilash uchun chora va tadbirlar ko'rishi zarurligi ta'kidlangan.
O'zbekiston Respubilikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni
muhofaza qilish to'g'risida»gi qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis
etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim tarbiya konsepsiyasi»ning
ishlab
chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi mamlakatda ekologik
muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolatdir.
Ayniqsa, umumta'lim maktablarida ham ekologik yo'nalishdagi
sinflarning
tashkil etilishi, bu asosda lisey maktablarining shakllanishi
yosh avlodga maktab
partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganini
ko'rsatadi. Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo'ygan har bir yosh, qanday
ixtisos egasi bo'lishidan qat'i nazar, ekologiya va tabiatni
muhofaza qilishga oid
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'lishi kerak.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning
tabiatga ta'sir etish darajasi ham shunchalik ko'p bo'lar ekan. Aholi sonining tez
o'sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko'payib bormoqda. Ayniqsa,
еr, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muamolar butun dunyo
(global) muammolariga aylanib bormoqda. Yer bag'ridan har yili 120 mlrd.
tonnadan ortiq turli xildagi xom ashyo, qurilish materiallari, yoqilg'ining qazib
olinishi va sarf qilinishi tabiiy boyliklar miqdorining
kamayib borishiga sabab
bo'lmoqda. Ko'pgina zararli korxonalar, zavodlarning
ham oqar suvga yaqin
joylashganigi sababli suv havzalarini toza saqlash muammo bo'lib borayotir.
Markaziy Osiyoda yashayotgan fuqarolarning salomatligi yomonlashib,
kasalliklar ko'paymoqda. Yer kurrasida insonning
yashab qolish-qolmasligi
masalasi endi ekologik muammolarni еchishga bog'liq bo'lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: