Boshlangʻich sinflarda oʻquv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning qonun-qoidalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 71,04 Kb.
səhifə1/7
tarix25.06.2023
ölçüsü71,04 Kb.
#135018
  1   2   3   4   5   6   7
Boshlangich sinflarda oquv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilis


BOSHLANGʻICH SINFLARDA OʻQUV-TARBIYAVIY ISHLARGA RAHBARLIK QILISHNING QONUN-QOIDALARI
REJA:
I . Kirish
II. Asosiy qism
1. Boshlang‘ich sinflarning tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi.
2. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o‘tkazish usullari.
3. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining shaxsiga qo‘yilgan talablar va uning vazifalari.
4. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim
sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi
Shavkat Mirziyoyev1
Kurs ishining dolzarbligi: Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib bo0rish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o‘rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda. “Kelajak bugundan boshlanadi”-deydi dono xalqimiz. O‘zbekiston Respublikasining Qomusi sahifalarida har bir fuqaroning ilm olish, o‘z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangi-lanmoqda. Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qaytadan ko‘rib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi. Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlarni oladilar. Maktab yoshlarning dunyoqarashlariga poydevor hamda g‘oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, ularning irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt-saodati yo‘lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ishlab chiqiladi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘qituvchining yo‘naltiruvchi ta’siri ostidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o‘tkaziladigan mustaqil mashg‘ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda ta’limning moddiy bazasi: qo‘shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari, laboratoriya uskunalari, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish ko‘zda tutiladi. Ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi;
tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar tizimi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo‘limiga sinf rahbarlarining ishlari, maktab ma’muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muomilasi adolatli bo‘lishi, kerakli ta’sir ko‘rsata olishi kerak.
Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsni aqliy-axloqiy tarbiyalashda erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda bir qator pedagogik talablar qo‘yiladi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to‘garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo‘lishi kerak. To‘garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o‘rin tutadi. To‘garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo‘lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilishi kerak. Maktabdan tashqari ta’lim o‘qishlariga, xohishlariga asoslangan holda darsdan bo‘sh vaqtlarda o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak qatnashchilariga talablar qo‘yilishi kerak:
O‘quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo‘lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish muhimdir, bu esa ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim o‘quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki o‘quvchilarning o‘zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo‘llarini ancha yaxshi tushunadilar.
Bolalar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining aralashuvi maqbul emas. Chunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir.
O‘quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o‘z ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga bog‘liq qilib qo‘ygan paytda tobe holat vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham, mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud bo‘ladi.
Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o‘quvchilar toifasida majburiy ijro etish holati paydo bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular ko‘pincha sinf rahbarining yordamini so‘rab murojaat qiladilar, kuchli o‘quvchilarning qo‘llab-quvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar bunday qo‘llab-quvvvatlash bo‘lmasa, ishni davom ettirishda irodalarini ishga solmaydilar. Bunday o‘quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo‘lib qolsa, u o‘quvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham to‘sqinlik qilishi mumkin.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni ko‘ngildagiday olib borishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni etuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda oila va mahalla hamkorlikda ish olib orishi lozim deb o‘ylayman.

Yüklə 71,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin