Boshlangʻich sinflarda oʻquv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning qonun-qoidalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ma’naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarining shaxsiga qo`yilgan talablar va uning vazifalari



Yüklə 71,04 Kb.
səhifə4/7
tarix25.06.2023
ölçüsü71,04 Kb.
#135018
1   2   3   4   5   6   7
Boshlangich sinflarda oquv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilis

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ma’naviyat ishlari bo`yicha
direktor o`rinbosarining shaxsiga qo`yilgan talablar va uning vazifalari

O‘quvchilar jamoasi – sinf rahbarining tayanchi. O‘quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o‘quvchi-larning bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Ularning bir-biriga ko‘rsatadigan o‘rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga xizmat qiladi, ularda xulq madaniyatini, odatini, ko‘nikmasini hosil qiladi. Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul harakat qilishni o‘rgatishi lozim.10
Sinf rahbari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalar ekan, u o‘z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:
– sinf rahbari o‘quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim;
– sinf rahbari bolalarga axloqiy me‘yorlarni o‘rgatishi kerak;
– gerdayish, manmanlik, ta’magirlik, nodonlik kabi illatlar o‘qituvchi axloqiga yot sifatlardir;
-xalq nazarida olim hisoblanadigan o‘qituvchilar yomon ishlardan, fisq-u fasoddan o‘zlarini tiya bilishlari zarur.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan to‘g‘ri muomala qila olishi murakkab, nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning ko‘pchiligi o‘rta yoki oliy ma’lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televideniya, radio orqali ko‘pgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar. Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, o‘g‘il yoki qiz bola maktabda o‘zboshimchalik qiladi, lekin oilada hushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qo‘pol, o‘zboshimcha, maktabda esa o‘zini xushmuamala, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab va to‘g‘ri javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir xil bo‘lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo‘lmaydi.
Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida o‘z aksini topadi. Tarbiyachi pedagog nimaga intilayotgani ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo‘lmaydi, balki tarbiyada o‘tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo‘lib, buning uchun ajratilgan vaqtni to‘ldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holda to‘la qimmatli tarbiya yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog‘liq bo‘lib, bu talablar o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tuzimini takomillashtirishda boshlang‘ich maktab muhim o‘rin egallaydi. Ma’naviy axloqiy tarbiya – ma’naviy ongni bir maqsadni ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Sinf rahbari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning quyidagi vazifalarini hal etishi kerak:
Tug‘ilib o‘sgan joyiga, O‘zbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat tuyg‘ularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari to‘g‘risida, ota-bobolarimiz, ularni dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalari to‘g‘risida ko‘proq bilishga intilishni tarbiyalash.
O‘quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek, boshqa mamlakatlar to‘g‘risida, tinchlik uchun kurash haqida, chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qilish.
Bolalarda o‘rtoqlik tuyg‘usini, boshqalarga yordam ko‘rsatish ishtiyoqini, umumiy foyda yo‘lida birgalikda faoliyat ko‘rsatishga intilishni tarkib toptirish. Bolalar o‘rtasida, o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rag‘batlantirish, soxta o‘rtoqlik ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim.
O‘z so‘zi va va’dasi uchun, o‘qituvchi va jamoa topshiriqlarining bajarilishi uchun mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalash.
Bolalarda kishilarga to‘g‘ri munosabatni, keksalar, bemorlar, nogironlarga nisbatan e’tibor va g‘amho‘rlikni, xushfe’l va batartib, kamtar va haqgo‘y bo‘lishni tarbiyalash.
O‘quvchilarni barcha kishilarning yaxshi va yomon xatti-harakatlarini farqlay olishga, o‘z xatti-harakatlariga va o‘rtoqlarining xatti-harakatiga adolatli baho berishga o‘rgatishi hamda o‘z kuch-g‘ayratini o‘quvchilarda nopoklik, adolatsizlik, kishilarga rahm-shafqatsiz bo‘lishga nisbatan salbiy munosabatni tarkib topshtirishga qaratishi kerak.11 O‘quvchilarni tarbiyalash o‘qitishga qaraganda ancha qiyin degan fikrni o‘qituvchilar orasida tez-tez eshitish mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiya, ta’lim berish bilan mustahkam aloqada bo‘lgani holda, o‘zining xususiyatlariga ega. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashning barcha jarayonlarini bilim berish va o‘rgatish bilan birga qamrab oladi. Bunday ikkita o‘zaro bog‘langan tomon: hayotni bilish va unga bo‘lgan munosabatni tarkib toptirish protsesslari ajralib turadi. Hayotni bilish ma’lumot olishning asosiy funksiyasi, unga bo‘lgan munosabatni tarkib toptirish tarbiyaning asosiy vazifasini tashkil etadi.
Sinf rahbari faqat ta’lim-tarbiyaning birligini emas, balki ularning xususiyatlarini ham ko‘ra bilishi muhimdir. Maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan ulkan ishining bir qismi xolos, u bolaning ilgarigi tajribalarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, undagi barcha yaxshi sifatlarni o‘stirib, noto‘g‘ri tasavvurlar, odatlarni tuzatib borishi va bo‘lajak sifatga zamin tayyorlashi kerak. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o‘quvchi maktabni tamomlagandan keyin ham tugallanmaydi, u butun umr bo‘yi davom etadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya, ta’lim berish bilan bog‘liq bo‘lgani holda, o‘z xususiyatlariga, o‘ziga xos vazifalari, uni tashkil etishning forma va metodlariga ega bo‘lib, maxsus ravishda o‘rganilishi lozim. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim sharti ularning o‘quv va o‘qishdan tashqi xilma-xil faoliyatlarining birligi to‘g‘risidagi tushunchalar bilan bog‘liqdir.
O‘quv va ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyati bir-birlarini to‘ldirishi lozim. Sinf rahbari tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina tarbiyada biror maqsadga qaratilganlik bo‘lishi mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash,avvalo, tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish protsessiga rahbarlik qilishni taqozo etadi. Biror maqsadga qaratilgan tarbiya protsessida tarbiyalanuvchilarning jismoniy hamda ma’naviy-axloqiy yetukligi o‘sib borishiga qarab ularning mustaqilligi va ijodiy aktivligi ortib boradi. O‘quvchilar jamoasining ongliligi ortib borishi bilan tarbiyachining vazifalari o‘zgaradi. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topadi.
Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi, bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi.Tarbiyaga kompleks yondashish, biror o‘quvchini ham e’tibordan qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya obyekti bo‘lgan bolani yaxshi bilishi, uni yaxlit idrok etishi kerak. Ko‘pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada sportchi sifatida, ya’ni har bir aniq ish sharoitidan kelib chiqib idrok etadi va shunga ko‘ra muomala qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor. Tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbari o‘z o‘quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, xulqida vujudga kelayotgan holatlarning sababini, irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo‘l topa oladi va bolaga ta’sir etishning to‘g‘ri yo‘lini aniqlaydi. Ana shunday sifatlarga e’tibor bergan sinf rahbari tarbiyada yetakchi o‘rinni egallaydi.
Shuni ham unitmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar hozirgi davrda g‘oyat darajada ko‘paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya, kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbarining bolaga tarbiyaviy ta’sir etishdagi yetakchilik, birdamlik rolini tarbiyaviy ta’sirning bu qadar ko‘p tarmoqlari orasida saqlab qolish g‘oyat qiyinlashib boryapti. Ba’zan bolaga tarbiyachidan ko‘ra o‘rtog‘i, qo‘shnisi, ko‘chadagi do‘stlari kuchliroq ta’sir etishi hollariga duch kelamiz. Ammo buning aksi bo‘lgan taqdirdagina tarbiyada muvaffiqiyatga erishiladi. Bunga esa tarbiyachining nuqtai nazari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki, har bir bolada ma’lum kurtaklar: yaxshilik va poklik bilan bir qatorda salbiy, aktivlik va passivlik sifatlari mavjud.12 U munosabatlarga e’tibori jihatidan ham har xil sifatlarga ega. Agar tarbiyachi unga optimistik nuqtai nazardan yondashsa, bola yaxshilikka intilib, uning umidini oqlaydi va aksincha, bolaga oldindan noshud, yalqov, tartibsiz deb qaralsa hamda o‘jarlik va terslik bolaning sifati deb hukm chiqarilsa, u holda tarbiyalanuvchi o‘zini xuddi shunday qilib ko‘rsatadi. Natijada u bu borada ham tarbiyachining «umidini oqlaydi»
Sinf rahbari bolalarni yaxshi bila olishi uchun ularni o‘rganish darsda, darsdan tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti o‘tadigan barcha sharoitlarda amalga oshiriladi. Bolani o‘rganish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.
Bolaning individual xususiyati uning xulqiga, o‘zlashtirishiga, munosabatlariga, jamoadagi o‘rniga ta’sir etadi. Shu boisdan ham jamoadagi individlar tarbiyalanayotganda alohida o‘quvchini unutish yaramaydi. Chunki sinf rahbari ko‘pgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish, kimga qanday vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam berish kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina bexato aniqlaydi. Demak, individual munosabat bolaga tarbiyaviy ta’sir etishning eng samarali yo‘lini topish imkoniyatini beradi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari butun sinf jamoasini ham o‘rganishi kerak. Sinf rahbari o‘ziga berilgan sinfni qabul qilib olishi bilan bolalar haqida ko‘pgina ma’lumotlarni aniqlaydi. Bu ma’lumotlar bolaning oilasidan, o‘qituvchilaridan, o‘rtoqlaridan olinadi va tarbiyaga yagona ta’sir birligi ham shu asosda vujudga keladi.
Mana shu o‘rinda bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Bu uchlik markazida bola, ya’ni o‘quvchi turadi, maktab va oila esa unga ikki tomondan ta’sir etadi. Ayni vaqtda bola maktab bilan oilasidagi aloqani ta’minlovchi vosita rolini ham bajaradi. Lekin uning maktab haqidagi oilaga yetkazadigan ma’lumotlari hamisha ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi va u hatto kundalik orqali beriladigan axborotlarni ham o‘zicha talqin etib beradi. Ko‘pincha oila bilan maktab o‘rtasida vujudga keladigan anglashilmovchilik ham mana shu tufayli ro‘y beradi. O‘quvchi kattalarning o‘zi bilan muomola qilayotgan vaqtdagi pozitsiyasini solishtirib ko‘rish orqali ma’lum xulosaga keladi va o‘ziga hukm chiqaradi. Xuddi shu hol uning xulqida o‘z aksini topadi va u bir gal o‘qituvchining, boshqa vaqt ota-onasining tarbiyasini oladi. Hatto eng vijdonli bolada ham bu holning ro‘y berishi tabiiydir.
Ana shu holatning vujudga kelmasligi uchun ota-onaga yordam berish, o‘qituvchi bilan ota-ona o‘rtasidagi hamkorlikning to‘g‘ri bo‘lishida oila tarbiyasiga rahbarlik qilish zarur. Buning uchun u har bir oilani har tomonlama o‘rganishi kerak. Sinf rahbari har bir o‘quvchisi oilasiga individual munosabatda bo‘lishi uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan dasturga ega bo‘lishi kerak:
1. Oila haqida umumiy ma’lumot: oila tarkibi, kattalarning ish joyi, kasbi, oilaning moddiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi, uy-joy sharoiti.
2. Oilaning madaniy darajasi: oila a’zolarining ma’lumoti, oilaviy kutubxona bor-yo‘qligi, qanday matbuotga yozilishi, an’analari va oilaviy bayramlar.
3. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari: ota-onaning bolaga va bolaning ota-onaga munosabati, ularning insoniy yetukligi, bolalarning o‘z ota-onalarining kasbi haqidagi tushunchalari, oilada salbiy ta’sirning bor-yo‘qligi.
4. Bolaga oiladan tashqarida ko‘rsatilayotgan ta’sirlar va ota-onalarning ularda munosabati, o‘rtoqlari, hovli, ko‘cha, qo‘shnilar, ota-onaning tanishlari, qarindoshlar va boshqalar
Sinf rahbari tarbiyaviy ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning bolalar ichki dunyosiga chuqur singib kirishiga, ularning kechinmalari hamda xulq-atvorini tushunishiga bog‘liqdir.13 O‘quvchining nima bilan yashayotganligini, uning qiziqishi va mayllari qandayligi, irodasining o‘ziga xosligi hamda xarakteri xususiyatlarini o‘rganish uning qalbiga mumkin qadar ishonchli yo‘l topish, unga tarbiyaviy ta’sir etishning maqbul metodlaridan foydalanish demakdir.
Tarbiyachi o‘quvchining individual xususiyatlarini yaxshi o‘rgangan va tushungan taqdirdagina, bu o‘quvchi shaxsini muvaffaqiyatli tarbiyalab yetishtira oladi. O‘quvchilarni o‘rganish o‘qituvchining, ayniqsa sinf rahbarining vazifasidir. U o‘quvchilarni faqat darsdagina emas, balki sinfdan tashqi vaqtda ularga tarbiya berish davomida ham, o‘quvchilar uylariga borganda ham, har xil ekskursiyalar vaqtida ham o‘rganadi.
Sinf rahbari sinfni qabul qilib olgandan keyin, uning birinchi ishi, odatda, o‘quvchilarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu ish uning o‘ziga biriktirilgan sinfdagi butun ish faoliyati mobaynida davom etadi va uning tarbiyaviy ishi tizimida muhim bir tomonni tashkil etadi.
O‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning xulqlari va mayllarini, ular olgan tarbiya darajasini bilgan holda, ma’lum maqsadga qaratilgan va ta’sirchan reja tuzish oson bo‘ladi. O‘quvchilarni o‘rganish ko‘p vaqt va kuch talab etadi. Ammo keyinchalik bular hammasi katta natijalar beradi. Sinf rahbari o‘quvchilarni, ularning xususiyatlarini bilgan holda, ular kamoloti jarayonini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga solib ketishi mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarni o‘rganishga boshqa o‘quvchilar, yetakchilar va ota-onalar jalb etiladi.
Bunda o‘qituvchilar hamda sinf rahbarlari ishidagi munosiblikka rioya qilish juda muhimdir. O‘quvchilarni o‘rganish natijalari bilan barcha o‘qituvchilarni tanishtirib borish zarur. Shu bilan birga ularning har qaysi o‘quvchi to‘g‘risida bilganlarini ham hisobga olish lozim. Bular o‘quvchilarga tarbiya berish jarayonida ularga bir xilda talablar qo‘yish va ularga bir xil muomola qilishga erishishga yordam beradi. O‘quvchilarni o‘rganish ularga induvidual yondashishining zarur shartidir. O‘quvchilarni ularga ta’lim va tarbiya berish jarayonida har qaysi o‘quvchiga indivudual yondashishga erishish maqsadida o‘rganish lozim. O‘quvchilar o‘z xarakteriga, qiziqishi va mayliga ko‘ra bir xil emas. Ulardan bir xillari bir muncha chaqqon, boshqa bir xillari esa sustkash, uquvsiz, ba’zi o‘quvchilar jasur va shijoatkor, boshqa birlari esa uyatchan va tortinchoq bo‘lishadi. Ba’zi bir o‘quvchilar o‘z tashkilotchiligi va qa’tiyligi bilan ajralib tursa, boshqa birlarida esa bu xususiyatlar mavjud emas. Xullas, sinf bir biriga o‘xshamagan, turli xususiyatdagi bolalardan tashkil topgan bir jamoadir. Sinfda tashqi ko‘rinish jihatidan bir-biriga o‘xshash bolalar bo‘lmagani singari, o‘z ichki xususiyatlari jihatidan bir biriga o‘xshaydigan bolalar ham bo‘lmaydi. Ularning xarakteri, qiziqishlari, kayfiyatlari va xohishlari, ularning xulq-atvorlari sabablari, ko‘nikma va malakalari, odatda, turlicha bo‘ladi. Har qaysi o‘quvchi o‘ziga xos, boshqalarga o‘xshamaydigan xususiyatga ega bo‘ladi. U alohida shaxs sifatida kamol topib boradi.Odatda sinf rahbari sinfdagi barcha o‘quvchilarga nisbatan yagona tarbiyaviy vazifalar qo‘yadi va hal etadi. Masalan, u o‘zining barcha o‘quvchilarini mehnatsevarlikka, bir jon, bir tan bo‘lishiga, haqqoniylikka o‘rgatishga harakat qiladi. Ammo bu vazifalarni hal etish yo‘llari, vosita va metodlari o‘quvchilarning induvidual xususiyatlariga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning ba’zilarini o‘z vaqtida rag‘batlantirish, ba’zilariga buyurish, xulq-atvor qoidalarini buzgan o‘quvchilarni jazolash darkor. Buning uchun esa ularni chuqur va har tomonlama o‘rganmoq zarur. Sinf rahbari o‘z o‘quvchilarini bilmasa, u o‘quvchilarga yondashishda, pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini tanlashda katta xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin.O‘quvchilarga individual yondashishning amalga oshirishi tarbiya va ta’lim berish prinsiplaridan biridir.

Yüklə 71,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin