Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik,
estetik, pedagogik kabi yo'nalishlari mavjud. Bu yo'nalishlar ichidan pedagogik
yo'nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson
faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi.
Ekologik ta'lim deganda o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan
inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga
nisbatan munosabatini
tarbiyalashdir.
Ekologik ta'lim-tarbiya umumiy ta'lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy
qismi bo'lib, maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda
tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit
va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz
boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o'rgata boriladi. Atoqli
pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar
«Alifbe»
ni ochib, birinchi so'zini xijjalab o'qishlariga qadar avval dunyodagi
eng ajoyib kitob-tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» deb
ta'kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichiklagidanoq boshlash
maqsadga muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o'quvchilarni o'z maktabini; yashaydigan muhiti-shahar
va qishloq ko'chalarini ko'kalamzorlashtirish, mevalli va manzarali daraxt
ko'chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga
qarash kabi ishlarda kuchi еtgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga
ega.
Ekologik
savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. ekologik
duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog'liqdir.
Agar bu masala oilada to'g'ri yo'lga qo'yilmagan bo'lsa, uni maktablarda,
keyingi ta'lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin
bo'ladi.
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e'tibor bilan qaraganlar va bu
borada ibratli an'analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go'daklik chog'laridanoq
ahloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat,
atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko'kalamzorlashtirish xissi sabot bilan
singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik
uchun axlatlarni alohida
chuqurchalarga tashlash; xojatxonalarni ariiq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq
joyda kovlash; yong'in chiqmasligi chorasini ko'rish; turli ehtiyojlar uchun
yashnab turgan daraxtda emas, balki ko'rib
qolganlaridan foydalanish;
nihollarni sindirib, payxon qilmaslik; qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti-
harakatlar shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uini
iflos qilma, Chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Gullab turgan
mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o'zing iste'mol
qilasan", "Pishib
еtilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish
bo'ladi, Chunki unda ahli mo'minning nasibasi bor" deb pandu-
nasixatlar qilganlar.
Islomdan avval zardushtiylik dinida tabiatni, xususan, suvni iflos yoki isrof
qilgan kishi 400 darraga maxkum etilgan. Suvga hurmat islom
dinimizda ham saqlanib qolgan. Mana shu hurmat ta'sirida xalqda ko'plab
maqollar, rivoyatlar, ibratli hikoyatlar, ertaklar vujudga kelgan.
Ekologik ta'lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog'chalarida,
umumiy
ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarlda hamda mehnat
jamoalarida davom ettiriladi. Bu o'rinda hayotiy misollar orqali hozirgi
paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastliligi uqtiriladi. Masalan,
hozir ko'plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog'larda xatto mevali va
manzarali daraxtlarga bog'lab boqadigan bo'lib qolishmoqda. Axir
o'tmishda xalqimiz qaramog'idagi hayvonlariga
maxsus podachi saqlagan-
ku. Buning ustiga hozirgidek hayvonlarni duch kelgan еrda emas, alohida
ajratib qo'yilgan yaylovlarda o'tlatgan yoki oilaviy dam olishga
chiqilganda o't-o'lanlar payxon qilinmagan, qir-adirlarda shisha siniqlari,
ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o'simliklar olamiga,
hayvonlarga zarar keltirilmagan. Ma'lumki,
inson aqli uning umumiy
rivojlanishning dastlabki 3-4 yilida 50 foizni, 4-8 yilida 30 foizini, 8-17 yilda
esa 20 foizni tashqil qiladi. Shuni hisobga olib, ekologik ta'lim-tarbiyani;
asosan, bog'cha va maktablarda amalga oshirish zarur.
Bog'cha bolalarida avval ekologik ta'lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5
sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o'qituvchilarga ekologik
ta'lim-tarbiya beriladi.
O'lkamizming tabiiy o'simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni
muhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bilan yoshlarni maktab
Dostları ilə paylaş: