O'quvchilarni jamoa ruhida tarbiyalashning pedagogik omillari.
Kishilarda bir necha asrlar davomida shakllangan munosabatlar va
odatlarni albatta, birdan yo‘q qilish uchun kishilarni tizimli ravishda jamoa
ruhida tarbiyalab borish, ularda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam munosabatlarini
hosil qilish zarurdir. Jamoa ruhida tarbiyalashda asosiy masala barcha
kishilarda onglilikni yangi jamiyatimiz qurilishi talablari darajasiga
ko‘tarishdan iboratdir. Yuqoridagilarga asoslanib yoshlarni jamoa ruhida
tarbiyalashning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
-
eng ilg‘or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, ham jihatlik,
jamoa va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar
hayotidan misollar keltirish;
-
kishilarning hayotida jamoa bo‘lib, bir-birlari bilan do‘stona
birodarlarcha munosabatda bo‘lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot
va turmushlarining doim go‘zal va xushchaqchaq o‘tishiga katta yo‘l ochib
berishni har tomonlama misollar asosida tushuntirish. Aksincha, kishilar o‘z
hayotida jamoaga va uning qo‘ygan talablariga to‘g‘ri baho bermay hayot
kechirsalar, turmush ko‘ngilsiz, shirasiz va ma‘naviy boyliksiz o‘tishini
uqtirish.
Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillarini falsafiy va pedagogik
jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Jamiyat va shaxs munosabatlari
muhim ahamiyatga ega.
Odamning shaxsligi esa, uning o‘zga odamlarga, jamiyatga, vatanga,
butun imkoniyatga munosabatlari bilan bog‘liqdir. Demak, odam biologik
tushuncha, shaxsiy ijtimoiy tushuncha. Insonlarning tabiiy ehtiyojlari
qoralanib,
faqat
ijtimoiy
mexanizaga
aylantirilishi,
tabiatni
ham
siyosiylashtirish, mafkuraviy shavqatsiz tazyiq insonni qadrsizlantirishni ham
sho‘rolar jamiyati misolida ko‘rib turibmiz.
Jamoaning umumiy manfaati bilan bolaning shaxsiy manfaati birlashib,
uyg‘unlashib ketadi. Va shu holda bola shaxsiy manfaatga nisbatan jamoaning
maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir kishi hammani (o‘z
jamoasidagi hamma odamlarni) o‘ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu
jamoadagi har bir odamni o‘ylashi, g‘amxo‘rlik qilishi zarurligini tushunish
bolalaning ongini o‘stiradi.
Yanada muhimrog‘i, jamoa a‘zolarining o‘zaro hurmatini do‘stlikka
aylanadi. Endi bola yoki o‘smir do‘stlarsiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz
o‘tishini anglaydi.
Shunday ekan, har bir sinf rahbari o‘z o‘quvchilariga jamoani qanday
qaysi yo‘l va vositalar yordamida shakllantirish mumkinligi, uning mohiyatini
tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bunda jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro
yordam to‘g‘risida aforizmlardan foydalanish, kitoblarni o‘qish, voqyealardan
misollar keltirish, tadbirlar o‘tkazish asosida o‘quvchi-larni jamoatchilik
ruhida tarbiyalash muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilar jamoatchilikning mohiyatini puxta bilgan taqdirdagina uni
amalga oshirish uchun samarali kurashishlari mumkin. Buning o‘qituvchi
o‘quvchilarga jamoatchilik jamoa va shaxsning rivojlanishi uchun asosiy
vosita ekanligini tarbiya jarayonida ishonarli va ta‘sirli amalga oshirish zarur.
Jamoa va shaxs muammosi yosh avlodni tarbiyalashning eng dolzarb nazariy
va amaliy masalalaridan biri xisoblanadi. Shu jihatdan ham o‘quvchilarni
jamoatchilik ruhiyatiga, jamoa hayotiga, jamoa bo‘lib uyushishga
odatlantirish, malaka hosil qilish, jamoatchilik ongini shakllantirish umumiy
o‘rta ta‘lim muassasalarining vazifasi xisoblanadi.
Shaxs faqatgina har tomonlama rivojlangan bo‘lib qolmasdan, balki u
ijtimoiy faol bo‘lishi, o‘zining borliq kuch va imkoniyatlarini Vatanga xizmat
qilish uchun zo‘r berish hamda jamiyatda o‘rnini topa olishi kerak. Bundan
tashqari shaxsning Vatanga xizmat qilishida uning shaxsiy imkoniyatlari,
qobiliyat va qobiliyatlaridan samarali darajada foydalaniladi.
Jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan biri o‘quvchilarda vatan-
parvarlikni shakllantirishdir.
Chunki, vatanparvarlik hissiyoti kishilarning o‘z ona-Vataniga,
taqdiriga g‘amxo‘rlikdir. Haqiqiy vatanparvar o‘z ona-Vatani, xalqining
gullab-yashnashi, erkinligi uchun kurashadi.
Demak, ona-Vatanimizning taqdiri, dastavval, butun mehnatkash
xalqning taqdiridir. Buning uchun kurash-har bir kishining burchidir.
Vatanparvarlik-bu kishining axloqiy xususiyatidir, o‘z ona-Vatanining
munosib fuqarosi bo‘lishi uchun tanmay intilishidir. Shuning uchun qadim
vaqtlardan beri vatanparvarlik asosida o‘z Vatanini sevish tushunilgan.
Millatlararo totuvlik ham jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan
xisoblnadi. Maktab jamoasida o‘quvchilarni millatlararo totuvlik ruhida
tarbiyalash adabiyot, geografiya, rus tili, chet tili va boshqa fanlarni o‘qitish
asosida amalga oshiriladi degan fikr noto‘g‘ri. Bola, dastlab, oilada ilk
yoshligidan, so‘ngra maktabning birinchi sinfidan boshlab vatanparvarlik
ruhida tarbiyalanadi. Oilada hamma katta-kichiklar birga bo‘lishib, radio,
televizordan bir necha millat o‘quvchilarining o‘zaro do‘stligi va o‘rtoqligi
haqidagi eshitirishlarini tinglaydilar, ko‘radilar va birgalikda muhokama
qiladilar. Bu esa juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bundan tashqari
maktab jamoasida olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham
o‘quvchilarning millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashiga ta‘sir ko‘rsatadigan
kuchli vositadir. Ayniqsa, maktab jamoasida o‘zbek, rus, ukrain, belarus,
gruzin, arman, qozoq, tojik, turkman, ozarbayjon, tatar, qoraqalpoq va boshqa
millat bolalarining bir-birlari bilan juda quvnoq va ahil bo‘lib
o‘qiyotganliklari,
yashayotganliklari
bu
millatlararo
totuvlikni
mustahkamlaydi va ular o‘rtasida do‘stlikni yanada rivojlanishi hamda
mustahkamlanishida katta rol o‘ynaydi.
Demak,
maktab
jamoasida
millatlararo
totuvlik
tarbiyaning
xususiyatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi:
1.
Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashda
ular e‘tiborini, albatta, bir millatning ikkinchi bir millatdan farq qiladigan urf-
odatlari, millatga xos xususiyatlariga emas, balki turli millat vakillarini bir
maqsad uchun birlashtiradigan va yaqinlashtiradigan umumiy an‘analarga
qaratish.
2.
Maktab jamoasi bolalarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga
bag‘ishlangan suhbatlarda turli millat xalqlarning hayotidan misollar keltirish,
ularning tinchlik, mehnat, ozodlik, tenglik, qardoshlik va baxt-saodat uchun
olib borayotgan kurshlarni ko‘rsatib o‘tish.
3.
Dunyodagi barcha millat xalqlarining birdamlik uchun kurashlari
natijasida millatlar o‘rtasida vujudga kelgan umuminsoniy qadriyatlarni
bolalar ongiga singdirish. Masalan, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va ota-
onalarni hurmat qilishlari singari milliy an‘analar bilan bolalarni tanishtirish.
4.
Maktab jamoasida o‘quvchilarni har bir millatning o‘zaro do‘stligi,
qardoshlarcha munosabati, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashi, o‘zaro hurmat
ruhida tarbiyalash baynalminal tarbiyaning birinchi vazifasidir.
Jamoatchilik tarbiyasining xususiyatlaridan yana biri o‘rtoqlarcha
yordamdir. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam hissi, dastavval, oilada, maktab
sharoitida, jamoa bo‘lib ishlash jarayonida singib boradi. Jamiyatimizda har
biri kishi o‘zaro o‘rtoqlarcha yordamlashishni, bunga ehtiyoj borligini
yoshlikdan, o‘quvchilik chog‘idan his eta boshlaydi. O‘qituvchi, ota-onalar bu
hisni qo‘llab-quvvatlashi, uning kengroq shakllanishiga barcha vositalar bilan,
pedagogik mahorati bilan yordam berishlari zarur. O‘quvchilarga bu sohada
ijtimoiy fanlar eng yaqin ko‘makchidir. O‘quvchilar kishilar, jamoalar,
davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro yordamni bilib, ularning ma‘nosini tushunib
boradilar. Kishilarning, o‘quvchilarning xat o‘qishda va o‘zaro
munosabatlarda o‘zaro o‘rtoqlashish, yordamlashishdek hissini tarbiyalashda
ajoyib manba bo‘lib hisoblanadi.
Bundan tashqari o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamning navbatdagi formasi
bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchining doimiy
biriktirib qo‘yilishidir. Xuddi shuningdek, guruhga, sinfga va boshqalarga
biriktirib qo‘yish ham o‘zaro yordam formasidir. O‘rtoqlarcha o‘zaro
yordamning yana bir formasini birlashtirib kichkina guruh sifatida dars
tayyorlashda namoyon bo‘ladi.
O‘rtoqlacha o‘zaro yordam o‘quvchilarning san‘at havaskorlari, sport
musobaqalariga o‘quvchilarni tayyorlashda, ularning rahbarlar ishlariga
yordam berishlarida ko‘rinadi. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam shanbalik,
yakshanbaliklarda o‘quvchilrni faol qatnashtirish yo‘lidir. Mehnatga ongli
munosabatda bo‘lish harakatlari, mamlakatimizda shanbaliklar va
yakshanbaliklar uyushtirish, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Shuni aytish kerakki, maktab jamoasi-o‘quvchilarda jamoatchilik
hissini tarbiyalashning asosiy manbai xisoblanadi.
Har qanday bolalar jamoasi, u qanday tarzda bo‘lishidan, uning oldiga
qanday o‘ziga xos vazifa qo‘yilishidan qatiy nazar tarbiyachi undan bolalarni
tarbiyalash manbai sifatida foydalanishi shart. Maktab-bolalar jamoasi
o‘quvchilarda tarbiyaning u yoki bu tarkibiy qismi va sifatlari manbai sifatida
xizmat qiladi.
Shunday qilib maktab jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini
tarbiyalashning manbai ekanligi dastavval o‘quvchilarning jamoa bo‘lib
ijtimoiy-foydali ishlarga qatnashishida, jamoa bo‘lib sayohatlarga borishida,
yozgi mehnat va dam olish lagerlarida, turli musobaqa va ko‘rik-tanlovlarda
ishtirok etishlarida yaqqol ko‘rish mumkin. O‘quvchilar bu tadbirlarda
qatnashishi bilan ularda birgalashib umummanfaat yo‘lida mehnat qilish
jamoa manfaati uchun qayg‘urish va umummanfaatni shaxsiy manfaatga
yuqori qo‘yish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam, hamkorlik, birlik, ahillik singari
axloqiy sifatlar shakllana boradi. Ayrim hollarda, ba‘zi o‘quvchilarda
jamoatchilikka zid bo‘lgan shaxsiyatparastlik, xudbinlik kabi salbiy-axloqiy
ko‘rinishlar ham paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bizning fikrimizcha, maktab
jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligini
belgilashda yuqoridagi kabi hollarni hisobga olishlari shart.
Demak, jamoatchilik tarbiyasi, dastavval, birgalikdagi jamoa bo‘lib,
ko‘pchilik foydasi uchun mehnat qilish, shaxsiy manfaatini umummanfaatiga
bo‘ysundirish, bir-birlariga beg‘araz va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam berishni
o‘quvchilar ongiga singdirish ko‘zda tutiladi.
O‘rta maktab o‘quvchilarini tarbiya jarayonida jamoatchilik va o‘rtoqlarcha
yordam ruhida tarbiyalashning xilma-xil yo‘l va vositalari mavjud.
Chunonchi, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashtrish sport musobaqalari,
sayohat, munozara va konferensiyalar, sinf soatlari, sinf majlisi, o‘rtoqlarcha
o‘zaro yordam haqida individual va jamoa suhbatlar o‘tkazish, maktab radiosi
va eshittirishlari va maktab devoriy gazetasi singari maktabda olib boriladigan
ish turlari o‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning eng asosiy
vositalari bo‘lib hisoblanadi.
O‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning jamoatchilik
haqida olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlarini aniq maqsad
asosida munozaralar o‘tkazish juda ahamiyatlidir. Ma‘lumki, sinf rahbari va
maktab tarbiya ishlarining tashkilotchisi vaqti-vaqti bilan o‘quvchilar
o‘rtasida turli mavzularda munozaralar o‘zining oldiga qo‘ygan vazifalari va
formasi bilan munozaralardan ma‘lum darajada farqlanadi.
Munozara o‘tkazishdan taxminan bir oy ilgari munozara mavzusi tanlanib,
o‘quvchilar diqqatiga havola qilinadi. Bunda munozara shartlari, talablari,
munozaraga tayyorlanish uchun kimlardan maslahat olish, qanday adabiyotlar
o‘qish hamda munozara mavzusining taxminiy rejasi va yo‘l-yo‘riqlari haqida
ma‘lumot beriladi.
Munozara o‘tkazish uchun ko‘proq jamoa, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam
ma‘nosini anglatishga yordam beradigan mavzular tanlanadi.
Biz tajriba olib borayotgan maktablarda to‘rt o‘quv yili davomida
quyidagi mavzularda munozaralar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Munozara vaqtida o‘quvchi shu mavzu bo‘yicha o‘z bilganlarini erkin
holda gapirib beradi. Munozara o‘quvchiga murakkab masalalarni tushunib
olishga, o‘z tushunchasini o‘rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim
doirasining kengayishiga yordam beradi.
Munozarada o‘quvchi o‘rtoqlarining qimmatli fikr va maslahatlaridan
bahramand
bo‘ladi.
Shuningdek,
munozarani
yakunlab
bergan
o‘qituvchilarning aniq fanlari o‘quvchilar bilimini to‘ldirishga yordam beradi.
Shuning uchun ham o‘quvchilar munozaraga katta qiziqish bilan
tayyorlanadilar va faol ishtirok etadilar.
Jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam dastavval kishilarning
umumiy maqsad yo‘lida birlashib mehnat qilishida namoyon bo‘ladi. Bizda
har qanday ongli ijodiy mehnat, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoat
sohasidagi mehnat kishilarining bilimi, aql-idrokini, irodasini ishga solish
orqali bajariladi.
Bularning asosida birlik, hamkorlik, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam yotadi.
Busiz mehnat sifati va unumdorligi ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Demak,
o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat o‘z bilim, his-tuyg‘u va irodasini
sarflab hamkorlikda o‘zaro yordamlashib ishlashlari jamoatchilik hissining
qaror topayotganligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchilarning
birgalashib ishlashi, umumiy
maqsadni ko‘zlab mehnat qilishi
jamoatchilikning asosiy omili bo‘lib hisoblanadi.
Jamoa,
ijtimoiy-foydali
mehnat
maktab
o‘quvchilarining
do‘stlashishiga, birlashishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi va shu bilan birga, barcha
o‘quvchilarning umummaktab jamoasi atrofida mahkam jipslashuviga yordam
beradi. O‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashishi ularda o‘zaro
munosabat, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamkorlik hislarining o‘sishiga yordam beradi.
Shuni aytish kerakki, o‘quvchilar bajaradigan ishning, vazifaning maqsadi
qanchalik aniq bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zaro aloqasi va birligi kuchaya
boradi.
O‘quvchilar biror ishni jamoa bo‘lib bajarishi bilan o‘sha ishidan qanoat
hosil qiladi, sinf va maktab jamoasi oldida o‘z burchini o‘tagani bilan
quvonadi. Binobarin, o‘quvchilarda mehnatga, umumxalq ishiga qiziqish
kuchayadi, yangicha ishlash va yashash, o‘qish va o‘rganishni hayotiy
zaruriyat sifatida tobora chuqur anglay boradi.
Umuman olganda, o‘quvchilarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish
ularga hozirgi zamon mehnat madaniyatining sinalgan yo‘llarini o‘rgatish
yo‘li bilan o‘quvchilarga mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish,
mehnat ahllarini hurmatlash, mehnat qilish orqali zavq-shavq olishga alohida
e‘tibor beriladi. Bu o‘quvchilarimizda mehnatsevarlik, o‘z ishining ustasi,
ijodkori bo‘lib tarbiyalanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Maktabda o‘quvchilarni
ijtimoiy-foydali mehnat qilishga jalb etishga jamoa bo‘lib mehnat qilishga,
mehnat bilan madaniy dam olish yo‘llariga ham alohida e‘tibor beriladi.
O‘quvchilarga mehnat haqidagi bilim va tushunchalarni singdirishda
mehnatning tagi rohat ekanligi, mehnat, faqat mehnatgina odamning hamma
orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishi mumkinligi tushuntiriladi. O‘quvchilarni
mehnatga o‘rgatish va mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishda har
qanday mehnatning ham qadrlnishiga alohida e‘tibor beramiz.
Hashar o‘zining tarixiy va ijtimoiy ildizlariga ega. O‘tmishda og‘ir
mashaqqatli mehnat natijasida kambag‘al dehqonlar o‘zlariga ajratilgan
еrlarni ishlashda yakkaligi sababli va imkoniyati bo‘lmaganligi hamda kelib
chiqqan. Hashar o‘zining mohiyati bilan jamoa mehnati bo‘lib, jamoa
tomonidan ma‘lum shaxs manfaati uchun bag‘ishlangan jamoa mehnati deyish
ham mumkin. Chunki shu yo‘l bilan ma‘lum bir shaxs, bir tomondan, moddiy
manfaatdor bo‘ladi, ikkinchi tomondan, ma‘naviy boyiydi.
Shunisi harakterliki, o‘quvchilarning hasharga borishi ularda yaxshi
kayfiyat tug‘diradi. Shuning uchun hashar o‘quvchilar uchun quvnoqlik, zavq-
shavq baxsh etishini sezish qiyin emas. Hashar orqali o‘quvchilar ota-onalari,
maktab ma‘muriyati, o‘quvchilar jamoasi, sinf jamoasi va, umuman, o‘zlarini
jamoatchilik oldidagi o‘quvchilik burchlarini bajarganday his qiladilar. Shu
bilan birga o‘quvchilar hasharda qatnashish orqali kishilar muhtojligini
qondirish bilan o‘zlarini yanada tetik, baquvvat va sadoqatlidek his etadilar.
O‘quvchilar hasharga qatnashish bilan umum manfaatiga xizmat qilish, oliy
maqsadlarni ko‘zlash kishilarning birinchi darajali vazifasi ekanligi anglab
еtadilar. Nihoyat, o‘quvchilar hasharda qatnashish yo‘li bilan yaqindan
aloqada bo‘lish, do‘stlashish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam berish,
hamchihatlik, birlik, fidoyilik singari jamoatchilikka xos sifatlarni tobora
ko‘proq shakllantiraboradilar.
Jamoa deyilganda umumiy maqsad sari intilgan va birgalikdagi
faoliyat uchun jipslashgan o'quvchilarning guruhlari tushuniladi. Uning
umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo'yish, faollarni
tarbiyalash, o'quv, mehnat, ijtimoiy- siyosiy va ommaviy madaniy
faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog'lom jamoatchilik fikrini
shakllantirish, ijobiy an'analarni yaratish va kuchaytirish.
Jamoada bir-biriga g'amxo'rlik qilish, o'zaro yordam, faqat o'zi
haqida emas, balki boshqalar haqida ham o'ylashga intilish, jamoa
manfaatini o'z qiziqishidan ustun qo'yish ko'nikmalari hosil bo'ladi.
Jamoada o'rtoqlik va do'stlik xissi tarkib topadi. O'quvchilar jamoasini
tuzayotib, tarbiyalayotib maktab o'qituvchilari uning har bir a'zosini
shaxsini shakllantiradi. Jamoadagi o'quvchilarning o'zaro munosabati
o'zaro javobgarlikni xis etish, topshiriqlarni bajarishda barcha a'zolarning
tengligi bilan ajrab turadi, chunki unda o'quvchilar o'zaro yaqin
muomalada bo'ladilar, hamma vaqt birgalikda harakat qiladilar, butun
jamoa qo'ygan maqsadni hal etishda qatnashadilar.
Har bir sinf kichik jamoa bo'lib, o'z faollariga ega bo'lsa-da, bu
jamoa maqsadlarning birligi va umumiy ishlarni tashkil etish bilan
bog'liq bo'ladi. Shuning uchun har bir o'qituvchi tarbiyaviy ishni sinfdagi
jamoa munosabatlarining rivojlanish darajasi(bosqichi, davri)ni aniq
belgilashdan boshlaydi. Sinf rahbari jamoasining o'z ish uslubi bilan
rivojlanishiga to'sqinlik qilmasligi uchun vaqti-vaqti bilan jamoaiing
rivojlanishi darajasini aniqlab turadi.
Tarbiya nazariyasi jamoa rivojlanishining uch daraja bilan belgilaydi.
Dastlab pedagogning kuch-g'ayrati natijasida sinfda o'rnatilgan muayyan
talablar; tartib, intizom bilan o'quvchilarning uncha katta bo'lmagan
qismi
sinf
rahbarining
harakatlarini
qo'llab-quvvatlashi
bilan
izohlanadi. Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yo'l uzoq bo'lib,
muayyan qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani
shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar juda qiziqarlidir.
Umuman o'quvchi tarbiyasining asosiy natijalari bu ish qanchalik
muvaffaqqiyatli o'tishiga bog'liq bo'ladi. Agar o'quvchilar jamoasi barpo
etilmagan bo'lsa, o'quvchi maktabni hyech afsuslanmay tark etadi. Xatto
keyinchalik maktab yillarini eslamaydi ham. O'quvchilarni inoq jamoaga
birlashtirgan mohir sinf rahbari qo'lida tarbiyalangan odam baxtlidir.
Ulg'ayayotgan kishi, fuqaroning hayotidagi mavqyeini shakllantirishda,
uning hayot yo'lini belgilashda o'z vazifasini anglash sinf rahbarining
bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boradigan faol va qat'iy
faoliyatining zarur sharti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |